Abduxoliqova durdonaning


O‘zbekistonda yangi ta’lim tizimi



Yüklə 162,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix18.06.2023
ölçüsü162,03 Kb.
#132153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
mustaqillik yillari.docx

O‘zbekistonda yangi ta’lim tizimi
Eng samarali investitsiya - bu ta’limga qilingan investitsiyadir. Chunki
jamiyat taraqqiyotini, uning ertangi kunini yetuk malakali kadrlar belgilab beradi.
Ta’lim tizimini takomillashtirish - ularning bilimini oshirish, sifat darajasini
ko‘tarishdir.
So‘ngi yillarda ta’limga ajratilayotgan mablag‘ mamlakat yalpi ichki
mahsulotining (YIM) 10–12 foizini tashkil etib, davlat byudjetining 35 foizidan
ko‘proq qismini tashkil qilmoqda. Ta’limning barcha bosqichlarida Davlat
dasturlari amalga oshirilib, yoshlarga puxta bilim olishlari uchun barcha shart-
sharoitlar yaratib berilmoqda.


Yurtimizda uzluksiz va uzviylik tamoyillariga tayangan ta’lim tizimi
yaratilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyatda ma’naviy va intellektual
salohiyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash, davlatimizning ijtimoiy va
ilmiy-texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning
barqaror rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Jumladan O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasining 41-moddasida ta’lim sohasiga alohida
to‘xtalib o‘tilgan: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish
davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.
Ta’limga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari sifatida uning milliy
g‘oyaga yo‘naltirilgani, ta’limning uzluksizligi, umumiy, o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limining majburiyligi, o‘rta maxsus, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida
ta’lim olishda tanlash erkinligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim siyosatining asosiy tamoyillari Yurtboshimiz tamonidan 12 (9+3)
yillik bepul ta’lim tizimi joriy etilganligi, barcha bepul bilim olishi, 9 yillik
majburiy umumiy o‘rta ta’lim 7 ta tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz,
turkman va tojik tillarida bo‘lib, uni tamomlagan yoshlar qiziqishlari bo‘yicha
istagan o‘rta maxsus ta’lim muassasasisini tanlashlari va o‘qishlarini keyingi
bosqichda davom ettirishlari mumkin. Iqtidorli yoshlar uchun umumiy ta’limdan
so‘ng keyingi bosqich o‘qishlarini akademik litseylarda davom ettirishlari, bu esa
yanada chuqurroq, keng ko‘lamda tahsil olishlariga imkoniyat yaratib beradi.
Mamlakatimizda bugungi kunda 9733 ta umumta’lim mussasasi, 143 ta
akademik litsey, 1414 ta kasb-hunar kolleji mavjud bo‘lib, yoshlarning sifatli
ta’lim olishlarida xizmat qilmoqdalar. Ularning moddiy-texnik bazasi jahon
standartlariga to‘la mos kelishi, umumiy fanlar bo‘yicha nafaqat to‘liq bilimlar
hajmini egallash, ayni vaqtda ushbu o‘quv yurtlaridagi zamonaviy texnika va
texnologiyalarni o‘zlashtirish imkonini ham beradi. 2015-yil ma’lumotlariga ko‘ra,
hozirda maktablarda 4540 mingta, akademik litseylarda 108.5 mingta, kasb-hunar


kollejlarda esa 1451 mingta o‘g‘il-qizlar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha taqsil
olmoqdalar.
Shu bilan bir qatorda, yoshlarning kasbga bo‘lgan ehtiyojini jamiyat va
iqtisodiyotning manfaatlariga moslashtirishning eng muhim mexanizmi bo‘lgan
bakalavriatning milliy ta’lim tizimimiz va modelimizga kirib kelishi mazkur
sohadagi islohotlar orasida alohida o‘rin tutadi. Malakali kadrlarni tayyorlash va
ularni yetuk mutaxassis kadr qilib tayyorlashda oliy o‘quv yurtlarining o‘rni
beqiyosdir. 2012 yil da oliy ta’lim muassasalarini soni 64 ta bo‘lib, bu ko‘rsatkich
bugungi kunga kelib 68 tani tashkil etadi. Unda taqsil oladigan yoshlar soni esa
261.3 ming kishini tashkil etadi.
Yurtimizda aholining qariyb 60 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil
etishini hisobga oladigan bo‘lsak, ayni ularning 72 foizi maktabgacha ta’lim,
umumiy o‘rta ta’lim, litsey, kollej va universitetlarda taqsil olmoqdalar. Bu esa
ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning roli va ahamiyati o‘z-o‘zidan
tushunarli va ravshan bo‘ladi.
Hech kimga sir emaski, ta’lim sohasi kun sayin rivojlanib bormoqda.
Kechagi ilg‘or texnologiyalarni ham bugungi kunda fan tan olmaydigan darajada
shahdam qadamalar bilan olg‘a bormoqda. Bu borada jahon tan olgan ta’lim
maskanlarining o‘rni beqiyosdir. Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlari ham ana
shunday xorijiy universitetlarda ta’lim olayotgani ko‘zni quvontiradi. Ular
egallgan bilimlar yurtning ravnaqi, kelajak poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yüklə 162,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin