Abduxoliqova durdonaning


Yangi renessons davrida pedagogika sohasining rivojlanishi



Yüklə 162,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix18.06.2023
ölçüsü162,03 Kb.
#132153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
mustaqillik yillari.docx

2.2.Yangi renessons davrida pedagogika sohasining rivojlanishi.
O‘zbekiston mustaqillikga erishgan so‘ng, ta’lim sohasini isloh qilish, yangi
ta’lim maskanlarini barpo etish, xususan, xorijiy davalatlar universitetlarining
filliallari yurtimizda ochilishi, bu borada qilingan ishlarning yorqin namunasi
bo‘ldi desak hech ham mubolag‘a bo‘lmagan bo‘ladi. Bu oliy o‘quv yurtlarida,


iqtidorli, salohiyatli, Yurtboshimiz aytganidek kuchli, aqlli, hech kimdan kam
bo‘lmagan yoshlar tahsil olmoqda. 
"YAngi O'zbekiston" gazetasining shu yil 167-sonida Toshkent davlat
pedagogika universiteti dotsenti vazifasini bajaruvchi Kimyoxon Kamolovaning
"Renessans yaratadigan avlodni tarbiyalashga kuchimiz ham, qudratimiz ham,
imkoniyatimiz ham etadi" sarlavhali maqolasi chop etildi. Quyida uni o'qishingiz
mumkin.
Bir necha yildan beri tadqiqotchi sifatida kaminani bir qator savollar
qiziqtirar edi: Nima uchun xalqimiz tarixida ikkita katta Uyg'onish davri bo'lgan-u,
biz hali ham “uyg'onmayapmiz”? Avvalgi ikkita Renessansning siri nimada edi?
Uchinchi Renessansni kelajakda tarixchilar qaysi davrga nisbat berishar ekan?
Ushbu savollar bilan manbalarga murojaat qilib yurgan vaqtimizda
Prezidentimiz ning nutqlaridan birida ularga javob bo'ladigan quyidagi muhim
da'vatkor fikr bildirildi: “Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans
poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi
xorazmiylar, beruniylar, ibn sinolar, ulug'beklar, Navoiy va boburlarni tarbiyalab
beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak”.
Darhaqiqat, ajdodlarimiz yaratgan Renessanslarning siri o'sha davrda yaratilgan
muhit va sharoitlar bilan bog'liq edi.
Ma'lumki, Markaziy Osiyoda IX–XII asrlar Uyg'onish (Renessans) davri
madaniyati shakllanib, ravnaq topgan davr sifatida tarix sahnasidan joy oldi.
Albatta, bunday atalishning o'ziga xos sabab va ko'rinishlari bor edi.
Xo'sh, Renessans o'zi nima? Uning yuzaga chiqishiga qanday tarixiy sharoitlar
turtki bo'ldi?


Zaminimizdagi avvalgi ikkita Renessans poydevori qanday asoslarga ko'ra tashkil
topgan?
Renessans frantsuzcha so'z bo'lib, qayta yuzaga kelmoq, yangidan tug'ilmoq
ma'nosini anglatadi, madaniyat, ilm-fan, san'at, ta'lim-tarbiya, umuman, jamiyat
hayotida uzoq muddatli bir xillikdan keyin qayta rivojlanish, ijtimoiy ong va
qadriyatlar tizimining yangilanish jarayonida namoyon bo'ladi.
Birinchi Renessans Markaziy Osiyoda IX–XII asrlarda ro'y berdi. Bu davrda
davlatni boshqarish siyosati, er-suv, soliqlar bilan bog'liq farmonlar chiqarilishi,
olimlarga munosabat kishilarda ertangi kunga ishonch uyg'otdi. Ularning turli fan
sohalari (matematika, astronomiya, tibbiyot, huquq, kimyo, geodeziya va
dunyoning tuzilishi haqidagi ilmlar)ga qiziqishi ortishiga sabab bo'ldi.
Odamlar bolalarini o'qitish uchun ustoz qidira boshladi. Bu davrda yashab
ijod etgan Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Forobiy, Mahmud Koshg'ariy, YUsuf Xos Hojib,
Mahmud Zamaxshariy kabi mutafakkirlar, imom Buxoriy, imom Termiziy kabi
buyuk muhaddislar, Moturidiy, Abulmuin Nasafiy kabi mutakallimlar hamda
ulardan tahsil olgan shogirdlari, safdoshlari tabiiy va aniq fanlar doirasida, islom
dini osmonida yulduzday charaqladi. Ularning izlanishlari, kashfiyot va beqiyos
g'oyalaridan butun dunyo bahramand bo'ldi. Bugungi kunga qadar ham ularning
o'lmas merosidan foydalanib kelinmoqda.
Mintaqamizda Ikkinchi Renessans poydevori Amir Temur nomi bilan bog'liq.
Sohibqiron bobomiz Ikkinchi Renessans homiysi, asoschisi sifatida tarixga
muhrlandi.
Amir Temur markaziy boshqaruvga asoslangan qudratli saltanatni barpo
etish bilan birga, mamlakatda madaniy-ilmiy yuksalish uchun ham munosib sharoit
yaratishga intildi. Turli hududlardan diniy va dunyoviy ilm sohiblari, shoirlar,
me'morlar, hunarmandlar va boshqalarni yig'ib, ular orqali mamlakatning ilmiy va


madaniy qudrati yuksalishiga zamin yaratdi. CHingizxon davrida inqirozga
uchragan madaniyat, ilm-fan, ma'rifat qayta shakllandi va taraqqiy etdi. Mamlakat
obodlik va farovonlikka erishdi.
Ikkinchi Renessans davri, o'z navbatida, “Islom madaniyatining oltin asri”
deya nomlandi. Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug'bek, G'iyosiddin Koshiy, Ali
Qushchi, Lutfiy, Sakkokiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, SHarafiddin Ali
YAzdiy, Xondamir va boshqa olimlar, shoiru fuzalolar bu yurtning shuhratini
dunyoga yoydi.
Bu ikki Renessans insoniyatga nimalarni tuhfa qildi? Butun dunyoga “Bayt
ul-hikma”, Xorazm Ma'mun akademiyasi kabi ilm dargohlarini taqdim qildi.
Erning sharsimon ekani haqidagi g'oya ilgari surildi, globus yaratildi. Er radiusi
ilm bilan isbotlandi. Tibbiyotning, algebra fanining tamal toshi qo'yildi.
SHaharsozlik, me'morlik sohalarida qo'lga kiritilgan yutuqlar dunyo ahlini lol
qoldirdi. Birinchi Renessansda islom tsivilizatsiyasining tamal toshi qo'yilgan
bo'lsa, Ikkinchi Renessansda yanada yuksalishiga yo'l ochildi.
E'tibor bersak, har ikkala Uyg'onish davrida ham eng muhim jihat —
davlatning e'tibori, mamlakat boshqaruvida olib borilgan odilona va oqilona
siyosat, ta'lim-tarbiya ustuvor bo'lgan. Bundan tashqari, insonlarda yuksak axloq,
ilm-fanga tashnalik bilan birga, borliq sirlarini ochish va yangi ilm yaratishga
ishonch kuchli bo'lgan. Olimlar o'zlari bilmagan holda, bugun tarixchilar e'tirof
etayotgan Renessans davrining ijrochilariga aylangan.
Har ikki Renessans davrida davlat rahbarlari, olimu fuzalolar, birinchi
navbatda, yoshlar ta'lim-tarbiyasi, ma'naviyati, iymon-e'tiqodi masalasiga alohida
e'tibor qaratgan. Deyarli barcha allomalar asarlarida ta'limni tarbiya bilan uyg'un
olib borish lozimligi haqidagi fikrlarni uchratish mumkin. Masalan, Abu Ali ibn
Sino o'z asarlarida ilm va odob-axloq uyg'unligi, barkamol avlod kamoloti va baxt-
saodati, adolat va diyonat, insonlarning o'zaro do'stligi va hamkorligi, obod
turmush to'g'risidagi g'oyalarni ilgari surgan. Mutafakkir “Bola badanining


bo'g'inlari qotib, tili ravon chiqib, qulog'i eshitish va gapni ma'qullash uchun
tayyor bo'lib, vujudi ilm va odob o'rganishga hozir bo'lganda unga ilm va odob
o'rgatish kerak”, deb yozadi.
Bugungi O'zbekiston — kechagi O'zbekiston emas. Ha, haqiqatan ham,
shunday: bugungi O'zbekiston kechagi O'zbekiston emas. Sal oldingi tarixga nazar
tashlaylik. XIX asrning ikkinchi yarmida milliy mustaqilligimizdan ajraldik.
Jadidlar qatag'on qilingandan boshlab ilm-fan sohasida ham turg'unlik davri
boshlandi. CHunki ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, diniy, mafkuraviy tazyiqlar shunga
majbur qilar edi. Hech kim o'z fikrini ochiq-oydin bayon qila olmas, bayon
qilganlarning, esa, boshiga kulfat yog'ilar edi. Ushbu siyo sat tufayli
qanchadanqancha olimlar, shoiru yozuvchilarimiz “tug'ildiyu, bo'g'ildi”.
SHukrki, mustaqillikka erishganimizdan keyin bunday noxush holatlarga
barham berildi. Ajdodlarimiz merosi tiklana boshladi. Barcha sohalarda xalqchil
islohotlar olib borildi. Xalqda ruhiy ko'tarilish, kelajakka ishonch paydo bo'la
boshladi. Bu holat “milliy tiklanish”, deya nom oldi. Bugungi kunda esa, milliy
tiklanishdan milliy yuksalish bosqichiga o'tdik. endi, albatta, qandaydir o'zgarish
bo'lishi lozim. CHunki biz ikkita Renessansni yaratgan buyuk ajdodlarning
vorislarimiz.
Buni Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev Uchinchi Renessansga qadam
qo'yish bosqichi, ya'ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish bosqichi, deb
nomlab, quyidagicha ta'rifladi: “Xalqimizning ulug'vor qudrati jo'sh urgan hozirgi
zamonda O'zbekistonda yangi bir uyg'onish — Uchinchi Renessans davriga
poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo'ladi. CHunki bugungi O'zbekiston
— kechagi O'zbekist on emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas”.
Iymonli insonlar Uchinchi Renessans ijodkorlari hisoblanadi. Uchinchi
Renessans yaratish bir yoki ikki kishining ishi emas. Uni barpo etish uchun


mamlakatning har bir vakili — xoh yosh bo'lsin, xoh katta — barcha barobar
harakat qilmog'i lozim. Renessans yaratishga ishonish bilan birga, qattiq harakat
ham qilish shart. Bu ham oson kechadigan jarayon emas. CHunki ushbu jarayonni
amalga oshirish uchun dastlab ma'naviyatli insonlar qatlamini shakllantirish kerak.
Bunday insonlarda tafakkur hissiy ongdan ustun keladi, inson o'zini o'zi idora qila
oladi. Ma'naviyat insonni ongli yashash va olijanob xislatlarga chorlaydigan noyob
faoliyatdir. Uni yuksaltirish masalasi esa, ko'proq insonning o'ziga va unga ta'sir
o'tkazadigan muhitga bog'liq.
XULOSA
Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy sharoitida
tarbiyachining maqomi tubdan o‘zgarib bormoqda, uning ta’lim funksiyalari,
shunga muvofiq, uning kasbiy va pedagogik kompetensiyasiga, uning kasbiy
mahorat darajasi talablari o‘zgaradi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolani
tarbiyalash va rivojlantirishning zamonaviy tizimida o‘zining shaxsiy salohiyatini


safarbar qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qodir bo‘lgan ijodkor, mahoratli
tarbiyachi talab etiladi.
Birinchidan, har bir qishloqda boshlang'ich ta'lim beruvchi maktablarni
tashkil qildi. yoshlarning, pirovardida xalqning savodli, bilimli bo'lishiga erishdi.
Mamlakatdagi ma'rifiy-tarbiya ishlar davlat tomonidan idora qilinishi zarur, deb
hisoblab, o'zi bu ishda o'rnak bo'ldi.
Ikkinchidan, ilmning rivojlanishida turli sohadagi kitoblarning ahamiyati
kattaligini nazarda tutib, kitobni “donishmandlikning asosi” va “hayotni
o'rgatuvchi”, “insonni tarbiyalovchi vosita” deb baholadi. Komil insonni
shakllantirishda bilim bilan tarbiyani o'zaro aloqador deb tushundi.
Uchinchidan, davlat kelajagi bo'lgan yoshlarni yuksak axloqiy fazilatlarga
ega, insonparvar, jismonan baquvvat, vatanni sevadigan, harbiy bilimga ega, milliy
g'ururli etib tarbiyalashni asosiy talablardan deb bildi. Fuqarolarni ham shunga
ishontira olgan Sohibqiron mamlakatning ma'naviy, madaniy, ilmiy qudratini
yuksaltirishga erishdi. Bu holat mamlakatda ma'naviy boy insonlarning
tarbiyalanishiga zamin yaratdi.

Yüklə 162,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin