2.3. Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekiston Respublikasi bilan iqtisodiy
aloqalari
Tarixiy imkoniyatlar haqida so‘z borar ekan, eramizdan ikki asr muqaddam
hududimizga xitoylik diplomat Chjan Szyan kelganligi va Buyuk Ipak yo‘liga asos
solganligini esga olish lozim. Endilikda xitoyliklarning “Bir makon, bir yo‘l” deb
nomlangan global tashabbusi orqali qit’alarni birlashtiruvchi magistral qayta
tiklanmoqda
.
1992-yil martda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Xitoyga
rasmiy safari bo‘ldi. Bu safar davomida 16 ta hujjat imzolandi.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Li Shankun Xalq majlislari uyida O‘zbekiston
delegatsiyasini qabul qilish marosimida: «Xitoy bilan O‘zbekiston rahbarlari ikki
tomonlama munosabatlarning ko‘pgina masalalarini hal etishlari mumkin. Chunki
bundan avval ham ikkala mamlakat o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatilgan edi»,
- deb ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka katta baho berdi. Tashrif davomida
siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda qator bitimlar, jumladan,
axborot ayirboshlash, radio-televideniye, banklar, transport, aloqa, sarmoyalarni
rag‘batlantirish, hamjihatlik, tovarlar yetkazib berish va davlat krediti, sog‘liqni
saqlash, ta’lim hamda sport masalalari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va bitimlar
ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi.
28
1992-1993-yillarda Xitoy tomoni ajratgan kredit hisobidan respublikamizga
minglab tonna guruch, 15000 tonna choy keltirdi. O‘zbekiston Xitoyga «Il-76»
samolyotlarini yetkazib bermoqda. 1994-yilda O‘zbekiston hududida 78 ta o‘zbek –
xitoy qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Jumladan, Urganch Ipak ishlab chiqarish
birlashmasida «Suju» firmasi bilan hamkorlikda velyur, pambarxit kabi materiallar
ishlab chiqaradigan korxona qurildi. Toshkentdagi 59-maktab xitoy tilini
o‘rganishga ixtisoslashgan litseyga aylantirildi. 1994-yil aprelda Xitoy Xalq
Respublikasi Davlat Kengashi rahbari Li Pen O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan
keldi va qator bitimlar imzolandi. Jizzaxda Xitoyning «Nunkel» firmasi bilan
hamkorlikda yog‘och tolali plita ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
28
https://zarnews.uz/uz/post/jahonning-ikkinchi-iqtisodiyotiga-aylanish-yolida-xitoyda-amalgaoshirilgan-
islohotlar;
29
XX asr 90-yillarning oxirlari – XXI asr boshlarida O‘zbekiston Prezidenti
Xitoyga bir necha bor rasmiy vizit bilan bordi, bu tashriflar ikki mamlakat
o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
2005-yil bahorida Xitoy Xalq respublikasi hukumati raisi Xu Szintao boshliq Xitoy
delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi. Xavfsizlik masalasi va xalqaro terrorizmga
qarshi kurashda hamkorlik bo‘yicha fikr almashildi. O‘zbekiston Prezidentining
2005-yil mayidagi Xitoyga rasmiy tashrifi natijasida qator bitimlar imzolanib, Xitoy
O‘zbekistonga 1,5 mlrd dollar miqdorida kredit ajratadigan bo‘ldi. Ushbu mablag‘
xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Demak, Xitoy bilan
O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiytexnikaviy aloqalar tez rivojlanib
bormoqda. Shunday qilib, Xitoy Xalq Respublikasi XX asrning ikkinchi yarmida
murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Totalitar sotsializm yo‘li maqbul emasligini, uning xalq
ehtiyojlarini qondirolmasligini isbot qildi. Xitoy sotsialistik rahbarlikka
o‘zgartishlar kiritib, uni bozor iqtisodiga moslashtirgan va katta yutuqlarni qo‘lga
kiritgan yagona davlatdir. Bunga u kommunistik mafkura yakka hokimligini tugatib,
iqtisodni siyosatdan ustun qo‘yganligi tufayli erishdi. Mamlakatga chet el
investitsiyasi kiritilishiga yo‘l ochilib, xususiylashtirish keng yo‘lga qo‘yildi, shu
sababli xususiy xo‘jaliklar roli o‘sdi. Agar 1980-yilda davlat sektorida sanoat
mahsulotlarining 80 foizi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 90-yillarda 50
foizni tashkil etdi. 1990-yillardan «Sotsialistik bozor xo‘jaligi»ga o‘tish va XXI
asrda Xitoyni rivojlangan davlatga aylantirish boshlandi.
29
“Bir makon, bir yo‘l”ni qurish bo‘yicha amaliy hamkorlik yo‘nalishida
muhim natijalar qo‘lga kiritildi. Xitoy – Markaziy Osiyo gaz tarmog‘i, Angren-Pop
temir yo‘l tunneli, “Peng-Sheng” sanoat parki, Angren IES kabi yirik loyihalar
ro‘yobga chiqarildi hamda bu har ikki mamlakat xalqi va iqtisodiyotiga sezilarli
foyda keltirdi. Ayni vaqtda Angren shina zavodi, Navoiy viloyatida polivinilxlorid
ishlab chiqaruvchi majmua, Sharg‘un ko‘mir koni hamda boshqa inshootlar
qurilayapti. 2017-yil oxirida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘nalishida avtomobil
yo‘li ochilishi tufayli yuk tashish uchun ketadigan vaqt ancha qisqardi. O‘zbekiston
29
M.Lafasov. “Jahon tarixi (1918-2008)” darslik, “Turon Iqbol” .: Toshkent – 2010-yil, 245-bet;
30
– qadimiy Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim bo‘g‘inlardan biri. U “Bir makon, bir yo‘l”
tashabbusini birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatladi va ishtirok etdi. Prezident
Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil may oyida Xitoyga tarixiy tashrifi doirasida Xitoy
Xaql Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Davlat tashrifi
yakuniga ko‘ra, mislsiz katta miqdor – 23 milliard dollarlik kelishuvlarga erishilgan
edi. Xitoy va O‘zbekiston tomonlari o‘sha tashrifda imzolangan kelishuvlarni
hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor beryapti. O‘zbek tomoni ularni bajarish
bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqdi hamda unga asosan, uzviy muloqot
o‘rnatildi, tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Xitoy xalq Respublikasi o‘zbek
mutaxassislarining Xitoyga ishchi safarlarini uyushtirdi va ular maxsus iqtisodiy
zonalar tashkil qilish tajribasi bilan tanishdilar. Jumladan, o‘rta hamda kichik
GESlar qurilishida siljishlar yuz bermoqda. Ikki davlat rahbarlarining o‘zaro
tashriflari va uchrashuvlari an’anaga aylandi. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov 1992, 1994, 1999, 2005, 2011,
2012-yillarda, Prezident Sh.Mirziyoyev 2017-yilda Xitoyga tashrif buyurdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentlari Shanxay hamkorlik tashkiloti
yig‘ilishlari va boshqa yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etishdi. Xitoy Xalq
respublikasi raislaridan Szyan Szemin (1996-yil), Xu Szintau (2004, 2010-yillar), Si
Szinpin (2013-yil, 2016-yil (ShHT Toshkent sammiti chog‘ida) O‘zbekistonga
31
rasmiy tashrif buyurdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 2016-yil 20-iyunda
O‘zbekiston bilan bo‘lgan munosabatlarga to‘xtalib “Xitoy bilan O‘zbekiston
manfaatlari va taqdiri mushtarak, quvonch va tashvishni birgalikda baham
ko‘radigan teng huquqli hamda o‘zaro manfaatdor sheriklardir”, deb ta’kidladi.
O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (2001-yil
iyunda tashkil etilgan) doirasida ham muvaffaqiyat bilan samarali rivojlanib
bormoqda. O‘zbekiston ShHTni tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga,
birinchi navbatda, xalqaro terror, diniy ekstremizm, bosqinchi ayirmachilik va
narkobiznes kabi mintaqaviy va dunyoviy xavfsizlikka tahdid soladigan xavf-
xatarga qarshi turishda ochiq, o‘zaro foydali sheriklik va ko‘p tomonlama
hamkorlikka qaratilgan mexanizm deb biladi. ShHT barpo etilgandan buyon o‘tgan
15 yil davomida haqli ravishda nufuzli xalqaro tashkilotlar qatoridan munosib joy
oldi. Barqaror taraqqiyot, tinchlikni mustahkamlash, zamonaviy tahdid va xatarlarga
qarshi kurashish, mintaqaviy va global darajada xavfsizlik va barqarorlikni
ta’minlashning ta’sirchan omiliga aylandi. Ikki mamlakatning hududiy
delegatsiyalar almashuvi faollashdi. 2018-yil aprel-may oylarida yuqori darajadagi
delegatsiyalar tashrifi davomi sifatida O‘zbekistonning 7 ta viloyatidan vakillar
Xitoyga bordi. Bugungi Xitoy – iqtisodiyoti gurkirab rivojlanayotgan davlatdir.
Bugungi Xitoy yakkapartiyaviylik va totalitar tartib saqlangan holda bozor
munosabatlari bosqichma-bosqich qaror toptirilayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy –
BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan, qudratli, yadro quroliga ega
davlatlardan
biridir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yil yakuni bo‘yicha
mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasi 5,0 milliard AQSh dollariga yetdi. Biz
ikki tomonlama amaliy hamkorlikning ulkan salohiyati hamda keng imkoniyatiga
ishonamiz.
30
30
https://el-in.ru/uz/raschety/ekonomika-kitaya-xxi-veka-prezentaciya-na-temu-kitai-v-konce-x--nachale-
xxi-vv.html;
32
Xulosa
Ushbu kurs ishimni yozib Xitoy Xalq Respublikasiningitisodiy taraqqiyoti,
hozirgi jahonning eng iqtisodi kuchli davlatlardab biriga qanday qilib erishganini
bilib oldim. Xususan uning tarixiy iqtisodiga qisqacha nazar tashlidigan bo`lsak,
Denning ochiqlik siyosati, albatta, Xitoyning iqtisodiy o‘sishida katta rol o‘ynagan
bo‘lishi mumkin, ammo keyingi rahbarlar davrida ham mamlakatdagi iqtisodiy
o‘sish davomiyligini qanday tushunish kerak? Xitoyning bugungi kunga qadar
davom etayotgan iqtisodiy taraqqiyoti zamirida kuchda qolish uchun o‘zini davomiy
yangilab turuvchi yangi siyosiy-iqtisodiy tuzum yotibdi, desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Bu tuzumning mantig‘i ikki muhim tamoyilga asoslangan: siyosiy kuch
hamda qaror qabul qilishda demokratik element va kollektiv boshqaruv
aralashmasiga asoslangan partiya avtoritarizmi, davlat aralashuvi va erkin bozor
prinsiplari aralashmasidan tashkil topgan bozor avtoritarizmi. Bugungacha davom
etayotgan bu tuzumning negizida Denning byurokrativ boshqaruvni hisobdorlik,
raqobat va kuchga to‘siqlar o‘rnatish kabi demokratik omillar bilan boyitgani yotadi.
Mazkur o‘zgarishlarning eng ahamiyatlisi, byurokratik boshqaruvda yakka
hukmronlikdan voz kechilib, kollektiv boshqaruvga o‘tilishi va yuqori partiya elita
qatlami uchun muddat cheklovlari hamda majburiy pensiya yoshi joriy
etilishi bo‘ldi. Boshqaruvdagi bu o‘zgarishlar boshqa davlatlardagidek siyosiy
ko‘rinish kasb etmasa-da, ular vaqt o‘tib, noyob gibrid siyosiy institutni hosil qildi:
demokratik xususiyatlarga ega partiya avtokratiyasi. Davlat boshqaruvi tizimidagi
eski qoida, yaʼni ideologiya asosidagi tayinlovlarning moddiy rag‘batlantirish tomon
o‘tishi zanglab yotgan kommunistik byurokratiyani o‘ta moslashuvchan kapitalistik
mashina va rivojlanish agentiga aylantirdi.
Xitoyda shakllangan tuzumning ikkinchi tamoyili siyosiy kuchga
bo‘ysundirilgan yangi iqtisodiy mantiq bozor avtoritarizmiga asoslanadi. Bozor
avtoritarizmining asosiy xususiyatlaridan biri – bu bir tomondan kapitalistik
iqtisodiyot hamda bozor erkinliklarining mavjudligi bo‘lsa, boshqa tomondan
demokratik erkinlik va huquqlarning chegaralanishidir. Siyosiy kuchda qolish
uchun iqtisodiy rivojlanishni asosiy maqsad qilgan bu model strategik sohalarda
33
yuqori davlat aralashuvini, davlat korxonalarini, vaqti-vaqti bilan bozor kuchlarini
tiyib turish va baʼzida tadrijiy islohotlar qilib, siyosiy ahamiyatga ega bo‘lmagan
sohalarda bozor erkinliklarini chegaramaslik, xususiy mulkchilik va kompaniyalarni
qo‘llab- quvvatlashni o‘z ichiga oladi.
Albatta, bir qarashda bunday kapitalist iqtisodda xususiy mulkka nisbatan
tajovuz, korxonalarni milliylashtirish va davlat mansabidan shaxsiy manfaat yo‘lida
foydalanish kabi salbiy illatlar urchishi tabiiy. Ammo, byurokratiyaning isloh
qilinib, moddiy rag‘batlantirilishi hamda baʼzi demokratik prinsiplarni o‘zida
jamlagan kollektiv boshqaruv Xitoyda yumshoq bozor avtoritarizmi shakllanishiga
olib kelgan. Baʼzi olimlar daʼvo qilganidek, yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari Xitoy
modelining mustahkam va barqaror ekanligini anglatmaydi. Xitoy modelining
ishlashiga yuqoridagi sabablardan tashqari, ushbu davlat iqtisodining o‘ziga xosligi
(aholi soni, iqtisodiy sektorlarning to‘yinmaganligi va yuqori investitsiya)ni va bu
model natijasida paydo bo‘lgan, haligacha yechimini topmay, portlashga tayyor
turgan iqtisodiy muammolar (yuqori qarz, sohilbo‘yi va ichki shaharlardagi
rivojlanish tafovuti, iqtisodiy o‘sish pasayishi, atrof-muhit ifloslanishi)ni-da,
unutmaslik kerak. Va nima bo‘lganda ham, iqtisodiy taraqqiyot hamisha bir tekis
davom etavermasligini tarix allaqachon isbotlagan.
Dostları ilə paylaş: |