6
I bob. XX asrning ikkinchi yarmida Xitoy Xalq Respublikasi hayotidagi
iqtisodiy o`zgarishlar
Xitoyda ikkinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy-siyosiy
jarayonlar juda
murakkab kechgan edi. Bu davrda qoloq davlat hisoblangan Xitoyda siyosiy kuchlar
muvozanati ancha izdan chiqqan, g`alayonlar va qarama-qarshiliklar avjiga chiqqan
edi. Shunday sharoitda Mao Szedun boshliq kommunistik kuchlar hokimiyatga
keldilar va aholisi eng ko`p bo`lgan mamlakatda adolatli va farovon jamiyat qurish
uchun sotsialistik davlat qurish ishini amalga oshirdilar. Lekin,
hokimiyat
egallangach islohotlar rejali va ma`muriy buyruqbozlik asosida olib borildi.
Xuddi SSSR da bo`lganidek, besh yillik rejalar asosida sanoat va qishloq
xo`jalik sohalarida loyihalar amalga oshirildi. Ba`zan,
islohotlar amalda moddiy
jihatdan yetarli taminlanmadi, boshqa holatda esa mavjud
real vaziyatni hisobga
olmagan holda rejalar tuzildi va ishlar bajarilmay qolib ketardi. Bu umumiy xalq
norozliklariga sabab bo`ldi. Muxolifatni bostirish
uchun Mao Szedun boshliq
siyosiy kuchlar kuch ishlatish orqali “o`zgacha fikrlovchilar” ni ta`qib eta
boshladilar. Hokimiyatni saqlab qolish uchun Mao asosan qurolga suyandi.
7
Xitoyda kommunizm qurilishi o`sha davrdagi Xitoy jamiyatidagi ijtimoiy-
siyosiy ahvol va siyosiy kuchlar nisbatini ham o`zida aks ettirardi.
U Xitoyda
sotsializm qurish dasturini ilgari surdi va mamlakat iqtisodiyotini ma`muriy
boshqaruv asosida qayta qurdi. Uning mamlakatda “Katta sakrash” va “Madaniy
inqilob” siyosati natijasida aholi orasida noroziliklar, qarama qarshiliklar vujudga
keldi.
8
“Madaniy inqilob” mamlakat ijtimoiy hayotini chuqur inqiroz holatiga
tushirib qo`ydi. Hatto kommunistik partiya ichida mamlakat kelajagi borasida turli
qarama-qarshiliklar paydo bo`ladi. Mao Szedun o`limidan so`ng
yangi hokimiyat
egalari sobiq hukumat yo`l qo`ygan xatolardan zarur saboqlar chiqardi va Xitoyni
rivojlanayotgan davlatlar qatoriga olib chiqdilar.
7
M.Lafasov. “Jahon tarixi (1918-2008)” darslik, “Turon Iqbol” .: Toshkent – 2010-yil, 244-bet;
8
Родригес А. М. Новейшая история стран Азии и Африки. XX век. М., «Владос», 2005;