Kurs ishining predmetini: jahon tarixining eng yangi davriga xususan Xitoy
Xalq respublikasining XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi iqtisodiy taraqqiyotida
amalga oshirilgan ishlar, chora-tadbirlar faoliyati tashkil etadi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi: Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy
rivojlanishining ijtimoiy jihatlarini har tomonlama iqtisodiy va sotsiologik o‘rganish
tashkil etadi.
Kurs ishining amaliyotga tadbiqi: mazkur kurs ishi o'rta ta'lim tizimida tarix
va tarbiya darslarini samarali tashkil etishda, yosh avlodning ongida haqqoniy
tariximiz haqida tasavvur uyg'otishda, tarix fani to'garaklari faoliyatida shuningdek
Oliy ta'lim tizimida tarix fanini o'qitish metodikasi, ilg'or metodlarni qo'llash kabi
mashg'ulotlarda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzulishi: Xitoy Xalq Respublikasining 1980-2020 yillardagi
iqtisodiy rivojlanishi. “Xitoy sotsializmi” mavzusidagi ushbu kurs ishi, kirish qismi,
asosiy qismdagi 2 bob va 5 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar
ro'yxatidan iborat.
6
I bob. XX asrning ikkinchi yarmida Xitoy Xalq Respublikasi hayotidagi
iqtisodiy o`zgarishlar
Xitoyda ikkinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy-siyosiy jarayonlar juda
murakkab kechgan edi. Bu davrda qoloq davlat hisoblangan Xitoyda siyosiy kuchlar
muvozanati ancha izdan chiqqan, g`alayonlar va qarama-qarshiliklar avjiga chiqqan
edi. Shunday sharoitda Mao Szedun boshliq kommunistik kuchlar hokimiyatga
keldilar va aholisi eng ko`p bo`lgan mamlakatda adolatli va farovon jamiyat qurish
uchun sotsialistik davlat qurish ishini amalga oshirdilar. Lekin, hokimiyat
egallangach islohotlar rejali va ma`muriy buyruqbozlik asosida olib borildi.
Xuddi SSSR da bo`lganidek, besh yillik rejalar asosida sanoat va qishloq
xo`jalik sohalarida loyihalar amalga oshirildi. Ba`zan, islohotlar amalda moddiy
jihatdan yetarli taminlanmadi, boshqa holatda esa mavjud real vaziyatni hisobga
olmagan holda rejalar tuzildi va ishlar bajarilmay qolib ketardi. Bu umumiy xalq
norozliklariga sabab bo`ldi. Muxolifatni bostirish uchun Mao Szedun boshliq
siyosiy kuchlar kuch ishlatish orqali “o`zgacha fikrlovchilar” ni ta`qib eta
boshladilar. Hokimiyatni saqlab qolish uchun Mao asosan qurolga suyandi.
7
Xitoyda kommunizm qurilishi o`sha davrdagi Xitoy jamiyatidagi ijtimoiy-
siyosiy ahvol va siyosiy kuchlar nisbatini ham o`zida aks ettirardi. U Xitoyda
sotsializm qurish dasturini ilgari surdi va mamlakat iqtisodiyotini ma`muriy
boshqaruv asosida qayta qurdi. Uning mamlakatda “Katta sakrash” va “Madaniy
inqilob” siyosati natijasida aholi orasida noroziliklar, qarama qarshiliklar vujudga
keldi.
8
“Madaniy inqilob” mamlakat ijtimoiy hayotini chuqur inqiroz holatiga
tushirib qo`ydi. Hatto kommunistik partiya ichida mamlakat kelajagi borasida turli
qarama-qarshiliklar paydo bo`ladi. Mao Szedun o`limidan so`ng yangi hokimiyat
egalari sobiq hukumat yo`l qo`ygan xatolardan zarur saboqlar chiqardi va Xitoyni
rivojlanayotgan davlatlar qatoriga olib chiqdilar.
7
M.Lafasov. “Jahon tarixi (1918-2008)” darslik, “Turon Iqbol” .: Toshkent – 2010-yil, 244-bet;
8
Родригес А. М. Новейшая история стран Азии и Африки. XX век. М., «Владос», 2005;
|