II bob. ''Xitoy sotsializmi''ning tarixiy ahamiyati va XXI asr boshlarida Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy taraqqiyoti Xitoy so‘nggi 35 yil ichida bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan islohotlar
hamda tashqi dunyoga ochiqlik siyosati sabab, misli ko‘rilmagan o‘sish va
rivojlanishga erishdi. Ushbu davrda 10 foizdan kam bo‘lmagan o‘rtacha yillik
o‘sishni qayd etgan Xitoy iqtisodi 2012-yil oxiriga kelib, yalpi ichki mahsulot
(YAIM)
hajmi
bo‘yicha
AQShdan
keyingi
ikkinchi
yirik
iqtisodiyotga aylandi. 1980-yilda YAIM aholi jon boshiga 205 dollarni tashkil etgan
bo‘lsa, 2012-yilga kelib, u 6075 dollarga yetdi. Shuningdek, Xitoy ochiqlik siyosati
natijasida jahondagi eng yirik eksportchi sifatida yirik eksport hajmi tufayli 3,3
trillion dollarlik valyuta zaxirasini to‘plab, dunyoda birinchi o‘rinni egalladi.
18
Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, 2011-2014-yillari Xitoyda
iqtisodiy o‘sish 24 foizni tashkil etdi. Jahon bankining ta’kidicha, 2014 yilda yalpi
ichki mahsulot (YaIM) bo‘yicha AQShni ortda qoldirib, peshqadamga aylandi:
Xitoy – 17,6 trillion, AQSh – 17,4 trillion dollar. Xitoy jamiyatida fikriy uyg‘onish,
intellektual yuksalishni kuzatish mumkin.
19
Bu iqtisodiy o‘sish raqamlari ijtimoiy hayotda yuz millionlab insonlarni
qashshoqlik asoratidan qutqarish misolida o‘z aksini topdi. Bugungi Xitoy butun
jahonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan emas, yuqori texnologiyalari bilan
tanilib ulgurgan. Gapning sirasini aytganda, mamlakatdagi tez va uzoq muddatli
iqtisodiy o‘sish, global savdo ulushi kengayishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarning rekord darajasi sababli Xitoyni nafaqat iqtisodiy moʻjiza, balki
qudratli davlat deya taʼriflasak adashmaymiz. Ammo, hayratlanarli ushbu iqtisodiy
moʻjiza zamirida, aslida, nimalar yotgani ko‘pchilik uchun hali-hamon mavhum.
Bundan, albatta, Xitoyning markazlashgan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyoti
sari tashlagan sirli qadami va u olib kelgan bugungi boshqaruv tizimi nimalarga
asoslangan, degan o‘rinli savol tug‘iladi.
18
https://zarnews.uz/uz/post/jahonning-ikkinchi-iqtisodiyotiga-aylanish-yolida-xitoyda-amalgaoshirilgan-
islohotlar;
19
Q.Najmiddinov. “Mao Szedun – Xitoy kommunizmi asoschisi” ilmiy ish .: Namangan – 2022-yil, 7-bet;