O`zbekiston respublikasi maktabgacha va xalq ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Partiyasi a`zolari jazoga tortilgan, ziyolilarni ta`qib qilish kuchaygan edi



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix18.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#132281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bahrom Nazarov kurs ishi Jahon tarixi


Partiyasi a`zolari jazoga tortilgan, ziyolilarni ta`qib qilish kuchaygan edi.
“Madaniy inqilob” yillarida “To`rtlik ishi” bo`yicha tergov xulosasida, Xitoy 
Kommunistik Partiyasi Markaziy Komitetining, turli toifadagi jamoat xavfsizligi 
organlari, prokuratura,sud,armiya, tashviqot organlarining rahbar xodimlaridan juda 
ko`pchiligi quvg`in qilingan va yo`qotilgan”. “To`rtlik” va Lin Byaoning 
hujjatlariga ko`ra, umumiy hisobda 727 mingdan ko`proq kishi qurbon bo`lgan, 
ulardan 34 mingdan ortig`i “o`lishga majbur qilingan”.
13
Rasmiy Xitoy hujjatlariga ko`ra, “madaniy inqilob” yillarida jabr 
ko`rganlarning umumiy soni 100 millionga yaqin kishini tashkil qilgan. Terror 
to`lqini 1976-yilning 9-sentabrida to`xtab qoldi, chunki shu kuni Mao Szedun vafot 
etdi. Uning merosxo`rlari darhol jazoga duchor qilindilar. Szyan Sin va uning 
“to`rtlar bandasi” deb atalgan eng yaqin safdoshlari qamoqqa olindi. Maoning raislik 
lavozimiga sinchiklab tanlangan vorisi Chjao Gofenni,hukumat mo`tadillar nazorati 
ostiga o`tishi bilanoq, ichki partiya doirasidan haydab yubordilar. “Madaniy inqilob” 
o`zida qarama-qarshiliklarning ajoyib aralashmasini aks ettirardi. “Yuzta gul” 
harakatidagidek uning ham asosiy tamoyillarini tanqid qilish, hokimiyatga ega 
bo`lgan kishilarning sofligiga shubha bilan qarash va “norozlik huquqi” qoidasi edi. 
Lekin, baribir uning maqsadi shaxsga sig`inishni – hamma joyda siymosi savlat 
to`kib turgan Mao Szedunning shaxsiga va g`oyalariga sadoqatni yaratish hamda 
mustahkamlash bo`lgan. Mao Szedun yozgan “Sitatalar” – kichkina qizil kitobchani 
har bir xitoylik erkak va ayol va bolaning qo`lida ko`rish mumkin edi.
Shunday bo`lsa ham, Maoning vafotidan keyin bir necha yil o`tmasdanoq 
Xitoy kommunistik partiyasi, Maoning inqilob tashabbuskori sifatidagi obro`yini 
o`rniga qo`ygan holda,”madaniy inqilob”ni haddan oshiq terrorlar uchun, shu 
jumladan Maoning shaxsiga sajda qilganlik uchun ham qoraladi. 
13
M.Lafasov. “Jahon tarixi (1918-2008)” darslik, “Turon Iqbol” .: Toshkent – 2010-yil, 243-bet; 


11 

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin