O`zbekiston respublikasi maktabgacha va xalq ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


 Den Syaopinning iqtisodiy islohotlari va ''Ochiq eshiklar'' siyosati



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix18.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#132281
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bahrom Nazarov kurs ishi Jahon tarixi

1.2. Den Syaopinning iqtisodiy islohotlari va ''Ochiq eshiklar'' siyosati 
1976-yil sentabrda Mao Szedun vafot etdi. Bu hodisa Xitoyda hokimiyat 
uchun kurashni avj oldirdi. Partiya rahbarligiga Xua Go-fen keldi. To‘rtlar to‘dasi 
(bunga Maoning xotini Szyan Sin ham kirardi) «Ishlab chiqarishga juda katta zarar 
keltirganlikda» ayblanib, qamoqqa olindi. Oxir-oqibatda hokimiyat tepasiga 
«pragmatiklar» deb atalgan guruh keldi. Bu guruhga «madaniy inqilob» yillarida 
qatag‘on qilingan Den Syaopin rahbarlik qilar edi. (Den Syaopin 1997-yilda 92 
yoshida vafot etdi.) Xitoy Kommunistik Partiyasi yangi rahbariyati Mao Szedun 
yo‘lini xato deb e’lon qildi. 
“Buyuk dohiy” vafotidan keyin mamlakat tepasiga ishning ko‘zini biladigan 
arbob Den Syaopin (1904-1997) kelgandan keyin haqiqiy islohotlarni boshlab 
yubordi. Qizil shiorlar, balandparvoz chaqiriqlar bilan xalqni to‘ydirib bo‘lmasligini 
anglagan yetakchi iqtisodiyotni erkinlashtirdi, sotsialistik jamiyat tizimiga 
kapitalistik bozor munosabatlarini dadil olib kirdi. Xususiy mulk davlat va jamoat 
mulki deb e’lon qilindi, xorij sarmoyadorlariga bir qator imtiyozlar berildi.
14
«Katta sakrash» va iqtisodiyotning to‘la davlat nazoratiga olinganligi 
mamlakat va xalqqa ulkan kulfat keltirganligi tan olindi va ular qoralandi. 1978-
14
https://zarnews.uz/uz/post/jahonning-ikkinchi-iqtisodiyotiga-aylanish-yolida-xitoyda-amalgaoshirilgan-
islohotlar; 


12 
yildan pragmatiklar aralash iqtisodiyotni yoqlab chiqdilar. Davlat rahbarligida bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi. Bu tarixga «iqtisodiy va siyosiy hayotni 
modernizatsiya qilish» nomi bilan kirdi. Chet el sarmoyasining mamlakat 
iqtisodiyotiga joylashtirilishi uchun qulay sharoit yaratildi. Qishloqda xalq 
kommunalari tarqatib yuborildi. Shirkat tuzumi bekor qilindi. Ularning o‘rniga oila 
pudrati joriy etildi. Shu yo‘l bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash 
vazifasi hal etildi. Sanoatda ham chuqur islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, davlat 
korxonalari xo‘jalik hisobi asosida ishlaydigan bo‘ldi. Kichik va o‘rta tadbirkorlikka 
keng yo‘l ochildi. Ayni paytda sanoatning maishiy tovarlar ishlab chiqaruvchi 
sohalarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Yangi siyosat o‘z samarasini bermay 
qolmadi.
“Ochiq eshiklar” siyosati olib borildi. Den Syaopin rahbarligi davrida 
rahbariyat bosh maqsadi “sotsializmni ag‘darish emas, balki uni takomillashtirish va 
yangilash bo‘ldi”. U totalitar tizimni mukammal demokratik tizimga almashtirdi.
Tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ko‘p yillar davomida hukm surgan markaziy 
rejalashtirilgan iqtisodiyotdan zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida 
1978-yildan boshlab “Ochiq eshiklar” siyosati doirasida ko‘plab ishlar amalga 
oshirildi.
15
Bunda Xitoyda turli shakldagi maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish 
muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan 
asosiy maqsadlar quyidagicha edi:
 xorijiy kapitalni maksimal darajada jalb qilish, sanoatning ilmiy sig‘imli 
sohalarini yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirish; 
 xalqaro mehnat taqsimotida samarali ishtirok etish, eksport hajmi va xorijiy 
valuta tushumini oshirish;
 maxsus iqtisodiy zonalar joylashgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni 
Hong Kong, Singapur va boshqa yangi industrial davlatlaridagi kabi rivojlantirish; 
 arzon va ortiqcha ishchi kuchi hamda boy xomashyo salohiyatidan to‘gri 
foydalanish;
 boshqaruv malakasiga ega bo‘lish va milliy kadrlarni tayyorlash.
15
S.B.Djabborovna. “Xitoy iqtisodiyoti” o`quv qo’llanma, III qism .: Toshkent – 2011-yil, 6-bet; 


13 
Xitoyda maxsus iqtisodiy zonalarlarning tashkil etilish jarayonini 4 bosqichda 
kuzatishimiz mumkin: u 1970-yil oxiri 1980-yillar boshlari; 1980-yillar; 1990-yillar 
va 1990-yildan hozirgi kungacha davom etayotgan zamonaviy davrni qamrab oladi. 
1979-yilda Guangdong va Fujian provinsiyalarida “maxsus siyosat va 
moslashuvchan choralar” tizimining joriy etilishi birlamchi qadam edi. 
Dastlab,1980-yil avgustda Guangdong provinsiyasidagi Shenzhen, Zhuhai va 
Shantou hamda shu yilning oktabrida esa Fujian provinsiyasidagi Xiamen hududlari 
4 ta maxsus iqtisodiy zonalarga aylantirildi. Ushbu MIZning maqsadi deyarli bir xil 
bo‘lib, maxsus moliyaviy, investitsion va savdo imtiyozlari orqali hududda barqaror 
iqtisodiy o‘sishga erishish edi. Ular, asosan, joriy innovatsion siyosatni amalda 
sinovdan o‘tkazish uchun tashkil etilgan bo‘lib, agar loyiha o‘zini oqlasa, bunday 
MIZlarni mamlakat bo‘ylab keng tarqatish rejasi ko‘zda tutilgan.
Maxsus iqtisodiy zonalarlarda joriy etilgan imtiyozlar va qulay ishlab 
chiqarish omillari yig‘indisi kutilmagan iqtisodiy o‘sishga sabab bo‘ldi. 1980-1984-
yilda yillik Xitoy YaIMi o‘rtacha 10 % o‘sdi. Bu ko‘rsatkich Shenzhenda 58 %, 
Zhuhaida 32 %, Xiamenda 13 % va Shantouda esa 9 % bo‘ldi. 1986-yilgacha 
Shenzhenda kapital, mehnat, yer, texnologiya, aloqa va transport kabi ishlab 
chiqarish omillari kompleksi shakllanib bo‘lgan edi. 


14 
80-yillar oxiriga kelib Xitoy ko‘mir, televizor, shoyigazlama, sement ishlab 
chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakat oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan bo‘ldi. Bular, o‘z navbatida, aholi 
turmush darajasining o‘sishiga olib keldi. Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi 
1986-yilda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida mamlakatni 3 ta 
iqtisodiy mintaqa (Sharqiy, Markaziy va G`arbiy)ga ajratildi. Xitoy iqtisodiy 
mintaqalari juda katta hududlarni egallaganligi uchun ular o`z navbatida iqtisodiy 
rayonlarga bo`linadi. Iqtisodiy rayonlar 2 va undan ortiq ma`muriy-hududiy birliklar 
(provinsiya, avtonom rayon, markazgabo`ysunuvchi shahar, maxsus ma`muriy 
hudud)dan tashkil topgan. 


15 
Yuqorida sanab o‘tilgan savdo va investitsiya muhitini rivojlantirish 
maqsadidagi zonalar o‘zini oqlagach, Xitoy o‘z “Ochiq eshiklar” siyosatini yanada 
kengaytirdi. 1984-yilda boshqa turdagi Maxsus Iqtisodiy Zonalar – iqtisodiy 
texnologik taraqqiyot zonalari, boshqacha aytganda milliy sanoat parklari, tashkil 
etila boshlandi. Maxsus Iqtisodiy Zonalarning iqtisodiy texnologik taraqqiyot 
zonalaridan (ITTZ) farqi shundaki, Maxsus Iqtisodiy Zonalar kattaroq hududda, 
ba’zan butun shahar yoki provinsiyada joylashishi mumkin. Birgina 1984-1988-
yillarda qirg‘oq bo‘yi shaharlarida 14 ITTZ tashkil etildi. 1989 va 2006-yillarda mos 
ravishda Shanghai va Tianjin Binhai yangi zonalari ham tashkil etildi.
1992-yilga kelib Xitoyda 35 ta ITTZ muvaffaqiyatli faoliyat yuritar edi. 
Keyinchalik, boshqa turdagi Maxsus Iqtisodiy Zonalar ham butun mamlakat bo‘ylab 
tarqala boshladi va bunday zonalarni tashkil etish odatiy holga aylandi. 2008-yilda 
Xitoyda 14 ta ochiq qirg‘oq shaharlar, 15 ta erkin savdo zonalari, 17 eksportni 
rag‘batlantiruvchi zonalar, 52 ITTZ, 53 ta yuqori texnologiyali taraqqiyot zonalari 
va 15 ta chegaradosh iqtisodiy hamkorlik zonalari ro‘yhatdan o‘tkazilgan edi. 
Maxsus Iqtisodiy Zonalar to‘g‘risida haligacha yagona normativ hujjat yo‘q bo‘lib, 
ularning tashkil etilishi, tugatilishi va faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar 1982-
yilda qabul qilingan Xitoy Xalq Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi. 
Uning 18-moddasi 2-bandiga ko‘ra, “Xitoy Xalq Respublikasi barcha xorijiy 
korxonalar, tashkilotlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga 
investitsiya kiritishga ruxsat beradi hamda ularning huquq va manfaatlari qonun 
bilan himoyalanadi”.
16
1998-yil 26-iyunda “Maxsus iqtisodiy zona va mintaqaviy shelflar 
to‘g‘risida” XXR qonuni qabul qilingan. Yana Maxsus Iqtisodiy Zonalar to‘g‘risida 
30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar amal qiladi. Masalan, Umumxitoy Xalq 
Vakillari Kengashi doimiy qo‘mitasi tomonidan Shenzhen (1992-yil iyul), Xiamen 
(1994-yil mart), Zhuhai va Shantou (1996-yil mart) Maxsus Iqtisodiy Zonalarini 
tashkil etish to‘g‘risida qaror yuqorida keltirib o‘tilgan Maxsus Iqtisodiy Zonalar 
16
X.Qichqilov, M.Fayzullayeva. “Eng yangi tarix (1945-2010)” o`quv qo`llanma, “Yangi Nashr” .: 
Toshkent – 2011-yil, 238-bet; 


16 
uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Hainan Maxsus Iqtisodiy Zonasi faoliyati 
esa 1988-yil aprelda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi qarori bilan tartibga 
solinadi. 
90-yillarda mamlakatda po‘lat, rangli metallar eritish, sement, mineral o‘g‘it 
ishlab chiqarish, ko‘p tarmoqli mashinasozlik rivojlandi. To‘qimachilik sanoati 
mahsulotlari jahon bozorini egalladi. An’anaviy hunarmandchilik: ipakdan, 
suyakdan badiiy buyumlar yasash, chinni mahsulotlar mashhur bo‘ldi. Dengiz 
mahsulotlari, dorivor o‘simliklar, yog‘och mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘paydi. 
Ishlab chiqarishda samaradorlik oshdi. 1992-yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy 
islohotning yangi bosqichi boshlandi. Bu bosqich – islohotni jadallashtirish va 
chuqurlashtirish, iqtisodiy siyosatni mafkuradan xoli qilish va rejali boshqaruvdan 
bozor iqtisodiyotiga izchillik bilan o‘tish bosqichi, deb nom oldi. Bu bosqich ayni 
paytda iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayib borishini ham o‘z ichiga 
oladi. Amalda shunday bo‘lmoqda ham.
17
Xitoyda iqtisodiy islohotlar olib borilgan keyingi 25-yil davomida 
olamshumul muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. 1998-yilda ichki ishlab chiqarishning 
umumiy qiymati 1978-yildagidan 5,4 hissa ortiq bo‘ldi. Xitoyda ishlab chiqarish 
qoldiqlarini qayta ishlash keng yo‘lga qo‘yildi. Xitoy har yili rivojlangan 
davlatlardan ishlab chiqarish qoldiqlarini sotib olib, qayta ishlaydi va milliardlab 
foyda oladi. Xitoy har yili AQSH dan 14 mlrd dollarga chiqindi sotib oladi. Hatto 
1998-yilda Osiyoda pul masalasi inqirozi hamda tarixda kam uchraydigan kuchli suv 
toshqiniga duch kelinganda ham Xitoyda ishlab chiqarishning umumiy qiymati 
1997-yildagidan 7,8 foizga oshdi. Bu davrda qator sanoat va qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari ishlab chiqarish miqdori, masalan, guruch, paxta, go‘sht, yog‘-moy, 
ko‘mir, po‘lat, sement, gazlama, televizor ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy dunyoda 
birinchi o‘ringa chiqdi. Davlat tashqi pul muomalasi zaxirasi 45 milliard dollarga 
yetdi. Xitoy oldingi iqtisodiy qoloq holatdan Amerika, Yaponiya, Germaniya, 
Fransiya, Angliya va Italiyadan keyin dunyoda yettinchi o‘ringa chiqdi.
17
E.Z.Nuriddinov, X.Qichqilov. “Eng yangi tarix (1989-2008)” o`quv darslik .: Toshkent – 2010-yil, 341-
bet; 


17 
Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatayotgan eng muhim 
sabablardan biri davlatning to‘g‘ri iqtisodiy siyosati va bu iqtisodiy islohot 
mobaynida tuzilgan iqtisodiy qonunlardir. Xitoy iqtisodiy islohot davomida bozor 
xo‘jaligini yo‘lga qo‘ygan davlatlarning tajribalarini ijodiy o‘zlashtirib, o‘tgan yillar 
davomida iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan ko‘plab qonun, nizom, qoida 
va qarorlarni qabul qildi va ularni yangidan vujudga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy 
munosabatlar xarakteriga moslashtirib, vaqti-vaqti bilan tuzatib bordi. Bu qonunlar 
islohot natijalarini himoyalash va mustahkamlashni, bozor munosabatlariga oson 
o‘tish va uning mo‘tadil rivojlanishini kafolatlagan. 


18 

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin