O`zbekiston respublikasi maktabgacha va xalq ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


 Mao Szedun faoliyatiga nazar va iqtisodiyotdagi



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix18.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#132281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bahrom Nazarov kurs ishi Jahon tarixi

1.1. Mao Szedun faoliyatiga nazar va iqtisodiyotdagi ''Katta sakrash'' 
dasturining mazmun mohiyati 
Mao Szedun boshchiligidagi Xitoy Kommunistik Partiyasi hokimiyatni to‘la 
egallagach, 1949-yilning 1-oktabrida Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etildi. Xitoy 
Kommunistik Partiyasi mamlakatda sotsializm qurilishini e’lon qildi. 1950-yil 30-
iyundagi qonun asosidagi islohot natijasida katta yer egaligi tugatildi.
9
Dehqonlarning 47 mln ga yer bo‘lib berildi. 1956-yilgacha qishloq xo‘jaligi 
shirkatlari tuzildi. Bir vaqtning o‘zida mamlakatda industrlashtirish ham boshlandi. 
Bu borada SSSR Xitoy Xalq Respublikasiga katta yordam ko‘rsatdi. Uning yordami 
bilan 250 dan ortiq yirik sanoat korxonalari qurildi. Xitoy Xalq Respublikasida ham 
xalq xo‘jaligi, SSSRda bo‘lgani kabi, besh yillik rejalar asosida rivojlana boshladi.
1953-1957-yillarda birinchi besh yillik rejani bajarish uchun kurash bordi. Bu 
reja muvaffaqiyatli bajarildi. Bu muvaffaqiyat Xitoy Kommunistik Partiyasi 
rahbariyatini ruhlantirib yubordi. Barcha kommunistik partiyalarga xos bo‘lgan 
xomxayollik Xitoy Kommunistik Partiyasi rahbariyatini (Mao Szedun 
boshchiligidagi) ham chetlab o‘tmadi. 1957-yil Mao shiori “Mayli, yuzlab gullar 
yashnasin, mayli, turli dunyoqarashlarning minglab maktablari raqobat qilsinlar” 
so`zlari bo`lgan “Yuzlab gullar yashnasin” harakatining tashabbuskori bo`ldi. U ijod 
9
M.Lafasov. “Jahon tarixi (1918-2008)” darslik, “Turon Iqbol” .: Toshkent – 2010-yil, 243-bet; 



ahli tomonidan partiyaning,uning siyosiy rahbarlik hamda boshqaruvchilik 
uslublarining qo`rqmasdan tanqid qilinishini ma`qullardi. Avvaldan shunday o`ylab 
qo`yilganmi yoki shunchaki tanqidning dushmanona ohangidan qo`rqqanidanmi,tez 
orada Mao kuchayib borayotgan “Yuzta gul” harakatini “boshqacha fikrlovchilar”ga 
tomon burib yubordi va o`z vaqtida Stalin kabi o`z shaxsiga sig`inishni yaratishga 
kirishdi. Shuning bilan birgalikda dehqonlarga qarshi zarbani berishni yangidan 
boshladi,ularni xususiy mulkni to`liq yo`q qilishga,tovar ishlab chiqarishni 
yo`qotishga va xalq kommunalari tuzishga chaqirdi.
1958-yilda Xitoy Kommunistik Partiyasi «Katta sakrash» deb atalgan (1958-
1962) yangi bosh yo‘lni tasdiqladi. U maqsadi butun mamlakat miqyosida 
sanoatlashtirishni tezlashtirish bo`lgan “Katta sakrash” dasturini nashr ettirdi. 
Partiya syezdlarida “Uch yillik qattiq mehnat va o`n ming yillik rohat qilish” yoki 
“o`n besh yil ichida Angliyani eng muhim sanoat mahsulotlari hajmi bo`yicha quvib 
o`tish undan o`zib ketish” singari Xitoydagi ishlarning real holatiga mos 
kelmaydigan va obyektiv iqtisodiy qonunlarga suyanmaydigan shiorlar ilgari 
surilardi. Uning mazmuni iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, kata sakrashni 
amalga oshirish va kommunistik jamiyat qurishdan iborat edi.
«Insoniyatning baxtli kelajagi», deb e’lon qilingan kommunizmni qurishning 
asosiy vositasi haq to‘lanmaydigan mehnat bo‘lishi zarur edi. Bu narsa «uch yillik 
qattiq mehnat – o‘n ming yillik baxt-saodat» shiori ostida o‘tishi kerak edi. Qishloq 
xo‘jaligi shirkatlari o‘rniga o‘rtacha 20 ming dehqonni birlashtirgan xalq 
kommunalari tuzildi. Unda hamma narsa umumiylashtirildi. Mahsulotni hammaga 
baravar taqsimlash tamoyili joriy etildi. Sanoat 6,5 baravar, qishloq xo‘jaligi 2,5 
baravar o‘sishi mo‘ljallandi. Dehqon mehnati qattiq tartibga bo‘ysundirildi. Ular 
ishga saf tortgan holda borardilar.
10
1958-yilning 
oxirlaridayoq 
“Katta 
sakrash” 
va 
“Qishloqni 
kommunalashtirish” siyosati boshi berk ko`chaga kirib qolganligining belgilari 
paydo bo`la boshladi. Shunga qaramasdan , Mao o`jarlik bilan belgilangan yo`lni 
10
Q.Najmiddinov. “Mao Szedun – Xitoy kommunizmi asoschisi” ilmiy ish .: Namangan – 2022yil, 7-bet; 



davom ettirardi. “Katta sakrash” ning yanglishishlari va xatolari Xitoy Xalq 
Respublikasi xalq xo`jaligidagi og`ir ahvolning sababchisi bo`ldi. Sanoatda jiddiy 
nomutanosiblik paydo bo`ldi, inflatsiya kuchaydi, xalqning hayot darajasi keskin 
pasaydi. Qishloq xo`jalik va sanoat maxsulotlari hajmi keskin qisqara boshladi. 
Mamlakatda don yetishmas edi. Buning barchasi mamuriy xo`jaliksiz va yomon 
tabiiy sharoitlar bilan birlashib umumxalq ochligini keltirib chiqardi. Hatto, ayrim 
hududlarda ocharchilik ham boshlandi. Sanoat ishlab chiqarishi ham pasaydi. Shu 
tariqa iqtisodiy inqiroz yuz berdi.
11
Oqibatda Mao Szedun siyosatiga qarshi muxolifat vujudga keldi. U Mao 
Szedun siyosatini qattiq tanqid qila boshladi. Bunga javoban Mao Szedun qatag‘on 
siyosatini qo‘lladi. Bu siyosat Xitoy tarixiga, «buyuk proletar madaniy inqilobi» 
nomi bilan kirgan. 1966-yildan boshlangan va 1976-yilgacha davom etgan 
«Madaniy inqilob», aslida, jamiyatdagi Mao Szedun siyosatiga qarshi kuchlarni 
amalda yo‘q qilishni anglatar edi. “Madaniy inqilob”ning birinchi bosqichi 1966-
1969-yillarda bo`lib o`tdi. Bu inqilobning eng faol va vayron qiluvchi bosqichi 
bo`ldi. Harakatning boshlanishi uchun asosiy sabab 1965-yilda chop etilgan Yao 
Venyunning “Xay Juyning mansabdan tushirilishi” tarixiy dramasining yangi tahriri 
haqidagi maqolasi bo`ldi.
12
Pyesa mashhur Xitoy tarixchisi, Pekin hokimining 
o`rinbosari U. Xan tomonidan yozilgandi. U o`z dramasida o`rta asrlardagi Xitoy 
hayotidan bir ko`rinishni tasvirlayotganida go`yoki 1959-yili Xitoy Xalq 
Respublikasidagi “Katta sakrash” ga va xalq kommunalariga salbiy baho bergan 
Xitoy Xalq Respublikasining sobiq mudofaa vaziri Pen Dexuaning quvg`in qilinishi 
va mansabdan ozod etilishi adolatsizlik ekanligiga sha`ma qilganlikda ayblangan 
edi. Pyesa maqolada “antisotsialistik zaharli o`t” deb nomlandi. Buning oqibatida 
ko‘plab partiya, davlat va harbiy kadrlar qatag‘on qilindi. Xitoy chuqur iqtisodiy va 
siyosiy inqirozni boshdan kechira boshladi. «Xunveybin» lardan 100 mln ga yaqin 
kishi jabr ko‘rdi. Mamlakat 500 mlrd yuan zarar ko‘rdi. Mamlakatdagi hayot izdan 
11
E.Z.Nuriddinov, X.Qichqilov. “Eng yangi tarix (1989-2008)” darslik .: Toshkent – 2010-yil, 143-bet; 
12
X.Qichqilov, M.Fayzullayeva. “Eng yangi tarix (1945-2010)” o`quv qo`llanma, “Yangi Nashr” .: 
Toshkent – 2011-yil, 239-bet; 


10 
chiqqan, iqtisodga juda og`ir ziyon yetkazilgan, yuz minglab Xitoy Kommunistik 
Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin