Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Umumiy ta’lim maktablarida yangi dastur asosida musiqa o‘qitishning
maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
2. Musiqa o‘qitish bo‘yicha qanday ilmiy-metodik ishlar, dasturlar,
darsliklar, qo‘llanmalar yaratildi va ularning mualliflari kimlar?
3. Yosh kadrlarni tarbiyalashda musiqa o‘qitishning maqsadi va vazifalari
nimalardan iborat?
Seminar
1. Mustaqillik yillarida musiqiy o‘qitishning yangicha talablari.
2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli.
3. Umumiy ta’lim maktablarida musiqa o‘qituvchilarining yangi dastur
bo‘yicha ish faoliyati.
4. Musiqa o‘qitish bo‘yicha ilmiy – metodik ishlar, dasturlar, darsliklar
ta’minoti va tashkiliy jihatlari.
5. Pedagogik universitetlarda musiqa o‘qitishni tashkil etish, o‘quv
materiallari bilan tanishish hamda yetuk mutaxassislarni tayyorlash.
4
I.Karimov. «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», – T.: «Sharq» nashriyoti. 1997.
132
V BOB
XORIJIY MAMLAKATLARDA MUSIQA TA’LIM-TARBIYA TIZIMI
5.1. AQSH, YAPONIYA, ANGLIYA MAMLAKATLARIDA
MUSIQA TA’LIMI TIZIMI
Har bir mamlakatning musiqa tarbiyasi g‘oyaviy-siyosiy jihatdan xalqning
ijtimoiy tuzumiga xizmat qiladi. Har bir xalqning maorifida musiqa tarbiyasi
metodikasi pedagogikaning didaktik qonuniyatlariga va shu millatning musiqa
madaniyati, tili va madaniy an’analariga asoslanadi. Shu bilan birga musiqa
tarbiyasining tuzilishi, tizimi va ilmiy-metodik yutuqlari boshqa millatning
ma’rifiy madaniyatiga ham ijobiy ta’sir etadi. Xorijiy mamlakatlarda yagona o‘quv
reja va dasturga amal qilinmaydi. Davlat maktablari bilan birga shaxsiy maktablar,
kollejlar va oliy ta’lim dargohlari mavjud bo‘lib, ularda turlicha darajada estetik
tarbiyani amalga oshirishda o‘qituvchiga keng ijodiy erkinlik berilgan. O‘qituvchi
o‘z davlatining maktab sharoiti, imkoniyatlari va o‘quvchilarning bilim darajasiga
qarab dasturga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Ta’lim va tarbiya jarayonida
o‘quvchilarda san’at orqali hayotni o‘rganish va unga shaxsiy munosabat bildirish,
ijodiy munosabatda bo‘lish malakalarini rivojlantiradi. Musiqa darslarida yuksak
rivojlangan texnik vositalaridan keng foydalaniladi. O‘quvchilar elektrоorganlarda
chalib kuylaydilar, turli faoliyatlarni (aytishuv, harakatlar, bir-biriga jo‘rnavozlik
qilishlarni) bajaradilar. Bunda asosan o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatni ro‘yobga
chiqarishdan iborat. unesko qoshidagi musiqiy tarbiya xalqaro jamiyati (ISMYE)
o‘z faoliyatini rivojlantirmoqda. Bu jamiyat o‘z oldiga dolzarb va ezgu
maqsadlarni qo‘yib, butun jahonda bolalar va o‘smirlarni musiqiy tarbiyalash, bu
jarayonni yosh avlodni axloqiy, intellektual va estetik jihatdan shakllatirishda
qudratli vosita sifatida o‘rganadi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy shakllaridan biri
xalqaro miqyosida o‘tkazilayotgan anjumanlar bo‘lib, bularning ichida
kompozitorlar,
etakchi
tashkilotlar,
amaliyotchi-pedagoglar,
bolalar
xor
jamoalarining rahbarlari ishtirok etadilar.
133
ISMYE anjumanlari ikki yilda bir marta o‘tkazilib, jahonning turli
mamlakatlaridagi musiqiy tarbiya tajribalari bilan turli mamlakatlardagi musiqiy
tarbiya tajribalari bilan to‘la tanishish imkonini beradi. Dunyoning juda ko‘p
mamlakatlarida bolalarga musiqiy tarbiyani berish, xor san’ati yordamida
barkamol, mukammal rivojlangan shaxsni rivojlantirishida boy tajriba orttirilgan.
Qator mamlakatlarda maktab hamda maktabdan tashqari tashkil topgan o‘quv
jarayoni,
Uning shakl va usullari shubhasiz katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida yosh avlodga musiqiy tarbiya berish
ishlari umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lib, shaxsni shakllantirishning muhim
vositasi hisoblanadi. Xor ijrochiligi elementlarini o‘z ichiga olgan musiqiy
tarbiyaning zamonaviy xorijiy uslublari orasida quyida bayon etilgan yo‘nalishlar
butun dunyoda ommalashib ketgan. Shuningdek, Tolbuxin shahri va Bolgariyadagi
“Bodra Smyana” xor jamoalari, Berlindagi o‘smirlar xor jamoasi, Polshadagi
“Poznan bulbullari”, Chexiyaning Borno shahri o‘smirlar saroyi xor jamoalari va
boshaqalar mashhur xor jamoalari qatoriga kiradi. Leypsigda XIII asrda tashkil
topgan “Tomanerxor” jamoasida guruhli kuylashning ko‘hna an’analari
rivojlanmoqda. Jumladan, Z.Koday (Vengriya, solfedjio musiqa o‘quvini
rivojlantirish). L.Daniel va F.Lissek (Chexiya “tayanch” qo‘shiqlari, solfedjio),
B.Trichkov (Bolgariya, solfedjio), R.Myunnix (Germaniya, “yalen” tizimi,
solfedjio, qo‘shiqchilik), K.Orf (Germaniya – Avstriya, musiqali ijod, metroritmik
o‘quvini rivojlantirish), Ye.Jak-Dalkroz (SHvetsariya, musiqali ijod), T.Sudzuki
(Yaponiya skripka ijrochiligiga o‘rgatish orqali musiqiy malakalarni rivojlantirish),
Dj.Kerven (Angliya, “Tonik-solfa” tizimi, solfedjio), P.Van Xauve (Gollandiya,
musiqali ijod), D.B.Kabalevskiy (Rossiya, musiqa asarlarini idrok etish tajribasini
rivojlantirish). Endi har bir mamlakatning musiqa ta’lim-tarbiya tizimini alohida
ko‘rib chiqamiz.
|