2
G. Sharipova, G‘. Najmetdinov, Z. Xodjayeva
Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari: darslik
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Pedagogika Oliy o‘quv yurtlari
san’at fakulteti (musiqiy ta’lim yo‘nalishi) talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda
bo‘lg‘usi musiqa madaniyati o‘qituvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, malaka
va ko‘nikmalar minimumi belgilab berilgan.
Darslik mazmunida ta’lim sohasida olib borilayotgan yangi islohatlar,
konsepsiya,
innovatsion texnologiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ish
mavzulari, talabalarni bilimlarini ijodiy faolligini oshirish uchun yangicha
yondashuvlarni hisobga olib tuzilgan.
Mazkur darslik 5111100 – ‘‘Musiqiy ta’lim yo‘nalishi’’ bo‘yicha bo‘lajak
o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.
Taqrizchilar:
G.G’aniyeva - Respublika ta’lim markazi bosh metodisti
D. Karimova – Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
dotsenti:
Q.Nurdinov – Andijon davlat Universiteti katta o‘qituvchisi.
3
KIRISH
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, O‘zbekistonning buyuk
davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi muhim
ahamiyat kasb etadi.
Chunki ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat har qanday
mamlakat va xalqni yuksaklikka ko‘taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi,
kelajagini belgilab beradi. Xalqimiz kelajagi ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning
dunyoqarashi, salohiyati, fidoyiligi, kasbiy tayyorgarligi, yosh avlodni o‘qitish va
tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq.
Bunday murakkab ijtimoiy
vazifani amalga oshirishda barcha ilm-fan va amaliy faoliyatlar ichida “Musiqa
o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani yetakchi o‘rin egallaydi. Bu fan
musiqiy ta’lim yo‘nalishi talablari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bo‘lg‘usi
“musiqa madaniyati” fani o‘qituvchilari egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka va
ko‘nikmalar belgilab berilgan. Bu fan bo‘lg‘usi “musiqa madaniyati” fani
o‘qituvchilarini, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari uchun
mutaxassis qilib tayyorlaydi. Musiqa o‘qituvchisi yangicha ta’lim tizimini
o‘rganib, ilm-fanning shu kungacha erishilgan
yutuqlari bilan birga, kasbiy
komponentligi darajasidan kelib chiqib, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan
“musiqa madaniyati” darslarida foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy talab va metodlar asosida umumkasbiy fanlar qatori “Musiqa o‘qitish
metodikasi va maktab repertuari”
fanidan ham dastur, o‘quv qo‘llanmalar,
darsliklar yaratilgan. Bu fan bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining musiqiy-nazariy
bilimlarini, amaliy tajribalarini hayot bilan bog‘lashga, musiqani idrok etish,
tasavvur qilishga o‘rgatadi. Ijodkorlik va ijrochilik mahoratini egallashda, musiqiy
va kasbiy madaniyatini shakllantirishga ko‘mak beradi.
Mazkur “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” nomli darslik
DTS dasturida ko‘rsatilgan me’yor va talablar asosida yaratilgan.
Ushbu
darslikning asosiy maqsadi Oliy o‘quv yurtlari talablarini umumta’lim
maktablarida musiqa madaniyati darslarini va sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi
ishlarini, metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etib olib borishga qaratilgan.
4
Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”ning barcha bosqichlarini amalga oshirish maqsadida ushbu darslik qayta
ko‘rib chiqildi va takomillashtirildi.
Yangi adabiyotlar, ish tajribalari va fan
yangiliklari bilan boyitildi. Darslik Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari
uchun mo‘ljallangan.
Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangicha
ijodiy yondashuvlar
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga kasbiy faoliyatlarini puxta o‘rganishlari uchun
ko‘maklashadi.