Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Mustaqilligimiz poydevorini mustahkamlashda ilm-fan qanday ahamiyatga ega? 
2. “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani pedagogik fan sifatida 
maqsadi qanday? 
3. Fanning kelib chiqish tarixi qanday? 



4. “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani qaysi fanlar bilan 
bog‘langan va uning maqsadi nima? 
5. “Metodika” so‘zi qanday ma’noni anglatadi va uning asosiy maqsadi nima? 
6. “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repurtuari” fanining vazifalari 
nimalardan iborat? 
 
1.2. SHAXS KAMOLOTINI RIVOJLANTIRISHDA MUSIQA TARBIYASINING ROLI 
 
Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan, insonni rivojlantirishda 
muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Har bir insonni ma’naviy 
shakllanishida oila, jamiyat, maktab, san’atning ahamiyati katta. Yosh avlodni 
kamolot sari yetaklashda tarbiyaning ko‘plab omillari qatori musiqa tarbiyasi 
alohida o‘rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab 
qirralaridan biri bo‘lib, insonni atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va 
qadrlashga o‘rgatadi. Musiqa – inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatish 
imkoniyatiga ega bo‘lib, uni nafosat olamiga olib kiradi. Musiqa insonni yuksak 
did bilan qurollantiradi va unga ma’naviy ozuqa beradi.
Maktabda musiqa o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda musiqa 
madaniyatini shakllantirish, ularni zamon talabiga javob bera oladigan barkamol 
inson qilib voyaga yetkazishdir. Maktabda musiqa darslarini o‘qitishning asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
– o‘quvchilarni musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini 
oshirish; 
– musiqiy faoliyatlar jarayonida o‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlari, musiqiy 
o‘quvi, ovozi, diqqat-e’tibori va ijodkorlik his tuyg‘ ularini o‘stirish; 
– musiqiy asarlarni badiiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik 
ruhda tarbiyalash; 


10 
– musiqa darslarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnatga, 
tabiatga muhabbat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat 
tuyg‘ularini shakllantirish.
Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish o‘qituvchining kasbiy va 
pedagogik mahoratiga bog‘liq. Har qanday san’atkor ham maktabda musiqa 
madaniyati darslarini olib borolmaydi. Buning uchun musiqa o‘qituvchisi bolalarni 
sevadigan, pedagogika, psixologiya, informatika, bolalar fiziologiyasi, musiqa 
o‘qitish metodikasi hamda o‘z musiqiy kasbiy fanlarini puxta o‘zlashtirgan inson 
bo‘lishi kerak.
Musiqa o‘qituvchisi o‘z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan, yuksak 
madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxs bo‘lishi lozim. 
Donishmand xalqimiz azal-azaldan kuy va qo‘shiqni bola qalbiga tez yo‘l 
topa olishi, uning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, yaxshi xulq va odob, mehr-
oqibat, sabr-toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali tarkib topishini 
anglab yetgan. Oilada farzandni qo‘shiq aytishga, soz chalishga o‘rgatish ota-ona 
orzusi hisoblangan. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan 
umrbod ozuqa oladi. Chunki bola ilk yoshidan hali yurishni, so‘zlashni bilmay 
turib, musiqani eshitib, turli qo‘l harakatlari bilan musiqaga munosabatini bildiradi. 
Shuning uchun azaldan har bir oilada musiqa cholg‘u asboblaridan dutor, doira, 
rubob saqlash urf-odat bo‘lib qolgan. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson sof 
qalb egasi, yuksak ma’naviyatli, go‘zallikni his eta oladigan inson bo‘lishi kerak. 
“Har qanday jamiyatning kelajagi yoshlar ekan, kelajagi buyuk davlatni barpo 
etilishi, ularni qanday tarbiya olishiga bog‘liq. Chunki ma’naviy jihatdan qudratli 
davlat, ijtimoiy jihatdan kuchli bo‘ladi”1
1
. deb ta’kidlaydi o‘z asarlarida Birinchi 
Prezidentimiz I.Karimov. 
Xalqimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli ko‘p jihatdan 
o‘qituvchiga, uning dunyoqarashiga, fidoyiligiga, yosh avlodni o‘qitish va 
tarbiyalash 
ishiga 
bo‘lgan 
munosabatiga 
bog‘liq. 
Bo‘lajak 
musiqa 
o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish, ixtisoslarga doir fanlarni 
1
I. Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, – T.: «Ma’naviyat», 2008


11 
o‘qitish va pedagogik mahoratni egallash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga 
o‘rgatish bugungi kun 
talabidir. Uzluksiz pedagogik ta’lim tizimini amalga oshirilishi munosabati bilan 
o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlari diqqat 
markazidadir. 
O‘qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda murakkab va mashaqqatli kasbdir. 
O‘qituvchi musiqa nazariyasini egallashi bilan birga, bolalarni sevishi, pedagogik 
amaliyotni o‘tagan bo‘lishi kerak. Chunki, maktab hayotidagi pedagogik jarayon 
juda xilma-xildir. Bu esa musiqa o‘qituvchisidan puxta bilim, amaliy tayyorgarlik, 
yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. 
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi kiyinish madaniyati va nutq madaniyatiga ega 
bo‘lishi kerak. U o‘qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko‘rishi hamda ularni 
barkamol inson sifatida kamol topishiga ko‘maklashishi, har bir darsni 
o‘quvchilarni hayot tajribasiga bog‘lagan holda olib borishi, turli musiqa o‘qitish 
metodlaridan, innovatsion texnologiyalar, ko‘rgazmali qurollar, kompyuter slayd, 
tarqatma materiallaridan foydalanishi kerak. O‘z kasbiy mutaxassisligini puxta 
egallagan bo‘lishi, bolalar ovoziga o‘zining ovozini moslab kuylay olishi, ijrochilik 
mahoratiga ega bo‘lishi, sinfdan tashqari to‘g‘araklarga o‘quvchilarni jalb etish 
bilan turli tanlovlarda, tadbirlarda o‘quvchilar bilan faol ishtirok etishi lozim. 
O‘qituvchi har bir darsini senariy muallifi, ijrochisi, rejissori bo‘lish bilan birga 
zamon bilan hamnafas qadam tashlashi kerak. O‘qituvchilik kasbini egallash uchun 
albatta kasbiy qobiliyatlar bilan birga jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lishi darkor. 
“Biz sog‘lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak”1
2
deb ta’kidlaydi 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy 
sog‘lomlikni emas, balki sog‘lom ruhiy xislatlarni, sharqona axloq-odob va 
umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz.
Buyuk mutafakkirlardan Abu Nasr al Forobiyning fikricha, “Musiqa – nodir 
san’at, ezgulikka yetaklovchi kuchdir” “Kimki ilm, hikmat o‘rganmoqchi bo‘lsa, 
avvalo o‘zi ma’naviy barkamollikka erishmog‘i lozim’’ degan edi. Buyuk 
2
I. Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. –T.: “Ma’naviyat”, 2008 


12 
astronom olim Abu Rayxon Beruniy. “Har kimki hikmat o‘rganaman desa, 
yoshlikdan bolasini ilmli va dono kishilardan saboq olishiga harakat qilsin. 
Shundagina u komillik darajasiga yetadi”, shunday ekan, hozirgi davrda musiqa 
o‘qituvchisidan mas’uliyat, fanga yangicha yondashuv, uning metodologiyasini 
chuqur o‘rganish talab etiladi. Umumta’lim maktablarida esa musiqa madaniyati 
darslarining asosiy maqsadi, o‘quvchilarda musiqaga qiziqish uyg‘otish orqali 
musiqiy madaniyatini tarkib toptirish. Zero, kuy va ohang ta’sirida inson ezgulikka 
intilish, go‘zallikni asrash, ona tabiatga, ona-Vatanga muhabbat histuyg‘ularini 
shakllantirib, ma’naviy dunyosini boyitadi. 
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy o‘z asarlarida musiqa tarbiyasining 
qirralarini chuqur o‘rganib, shunday degan edi: “Musiqa jamiyat hayotining 
muhim negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va 
o‘z-o‘zidan qanoat tuyg‘usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi”. 
Buyuk pedagog olim A.Avloniy shunday degan edilar “Tarbiya qiluvchilar 
tabib kabidirlar, tabib xastani badanidagi kasallikka davo qilgani kabi, o‘qituvchi 
ham bolani musiqa orqali aqliy rivojiga, diqqat markaziga ta’sir etib, ularda poklik, 
sadoqat, mehr, kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ularni 
tarbiyalaydi”. “Tarbiya biz uchun yo hayot yo momot, yo najot – yo halokat. Yo 
saodat – yo falokat masalasidir” deb yozgan edi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin