18
3.
Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashning asosi
bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash
tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. Uzluksiz ta’lim
kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiyiqtisodiy
taraqqiyotini ta’minlovchi shaxs, jamiyat va davlatning
iqtisodiy va madaniy
ehtiyojlarini qondiruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash
uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
4.
Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan
foydalanuvchi ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi
“Kadrlar tayyorlash milliy tizimi”da tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari
to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanib, yuqori malakali
ilmni va ilmiy pedagog kadrlar tarkibini shakllantiradi.
5.
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni, shuningdek,
ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni
belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini
moliyaviy va moddiy
texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisidir.
Dostları ilə paylaş: