20
texnologiyalar va zamonaviy ta’lim vositalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq
etish talab etib kelinmoqda. Bu o‘z navbatida, ta’lim jarayonini oldindan
loyihalashtirishni amalga
Oshira oladigan texnologik bilimlar tizimiga ega bo‘lgan
zamonaviy
o‘qituvchilarga bo‘lgan talabni oshiradi. Keyingi yillarda innovatsion pedagogik va
modulli texnologiyalar bo‘yicha mamlakatning olimlari tomonidan samarali ishlar
amalga oshirildi. Jumladan, pedagogik amaliyotda keng qo‘llaniladigan
“metodika” va “texnologiya” tushunchalari mohiyatini tavsiflashga ko‘plab
adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular ma’lum ma’noda, ta’lim
jarayonini samarali tashkil etadi. Umumiy ma’noda “metodika” tushunchasi
ma’lum bir ishni bajarish uchun zarur bo‘ladigan metod va usullar qo‘llaniladi.
“Metodika” – bu o‘qituvchini pedagogik faoliyatini tashkil etishning shakl, metod
vositalari degan ma’noni anglatadi. Yana metodika yunoncha “tadqiqot yo‘li”
degan ma’noni bildiradi. “Metodika” va “texnologiya” tushunchalari tahlili shuni
ko‘rsatadiki, mazkur tushunchalar o‘zaro aloqadorligi va unumlilikka ega bo‘lishi
bilan bir qatorda o‘ziga xosligi bilan ham ajralib turadi.
“Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitishda, o‘qitish jarayonining
mazmun
qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalar yig‘indisi degan
ma’noni ham bildiradi.
“Texnologiya” – so‘zi “yunoncha” so‘z bo‘lib mahorat, san’at, ko‘nikma
degan ma’noni anglatadi.
“Ta’lim texnologiyasi” iborasini ma’nosi ta’lim jarayonini yuksak mahorat
bilan san’at darajasida tashkil etish to‘g‘risidagi fandir.
Pedagogik texnologiya pedagogikaning va barcha fanlarning bo‘limlarida
foydalaniladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki,
uzluksiz ta’lim tizimining zamonaviy pedagogik texnologiyasini keng joriy etilishi,
har bir ta’lim oluvchilarga alohida shaxs sifatida qarash, va shaxsiy imkoniyatlarni
hisobga olgan holda bilimlarni mustaqil rivojlantirishning imkoniyatlarini yaratadi.
21
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti1
3
I. Karimov 1997-yil 29-avgustda
Oliy Majlis sessiyasidagi “Barkamol avlod – O‘zbekiston
taraqqiyotining
poydevori” nomli ma’ruzasida “Bolalarimizga qachondan boshlab, qanday usulda
va uslubda, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o‘rgatishni, chuqur
anglatishimiz kerak ” Bolalar qaysi sinfdan boshlab, mustaqil fikr yurita
boshlaydi? Umuman, maktablarda bolalar mustaqil fikr yuritishga o‘rgatiladimi? –
deb so‘ragan
edilar va unga o‘zlari ham javob berganlar. Ta’lim tizimida dars berishning yangi-
yangi usullarni joriy etish zarurligini ta’kidlaganlar.
Shundan so‘ng
muallimlarning, ustozlarimizning ta’lim-tarbiya jarayoniga
yangicha qarab, Davlat ta’lim samaradorligiga qaratilgan yangi-yangi usullarni
joriy etishi ustida ishladilar va bugun bu ishlayotgan innovatsion ya’ni pedagogik
texnologiya atamasidan foydalana boshladilar. Shundan buyon Vatanimizga
“pedagogik texnologiya” so‘zi 1997-yildan boshlab ishlatildi. Innovatsion
pedagogik texnologiya – ta’limning har qanday sohasida istalgan natijaga oz kuch
sarflab, erishish uchun ilmiy va amaliy asoslangan yangi usullar va vositalar bilan
amalga oshiriladi. Respublikamizda ta’lim sohasining
isloh qilinishi ayniqsa,
‘‘Ta’lim to‘g‘risida’’gi Qonun va ‘‘Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ning qabul
qilinishi pedagog-o‘qituvchilar, tarbiyachilarimiz oldiga ma’suliyatli vazifalarni
qo‘ydi. Ularni oldiga, har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalash asosiy
masala qilib qo‘yildi. Shundan so‘ng, o‘qituvchilarimiz, tarbiyachilarimiz bugungi
darslarni zamonaviy dars sifatida
samarali qilib tashkil etshi, innovatsion
pedagogik
texnologiyadan xabardor qilish uchun qayta tayyorlash kurslari tashkil qilingan.
Hozirgi kunda ta’lim tizimizda “Pedagogika texnologiyasi” va “o‘qitish
metodikasi” kabi tushunchalar barcha fanlarda ishlatilib kelinmoqda.
Bugungi Vatanimiz olimlari ham 1997-yildan boshlab, O‘zbekiston
pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi, Ta’lim markazi, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish
3
I. Karimov “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” nomli asari. –T; 1999 y.
22
markazi hamda barcha oily ta’lim muassasalarida yangi milliy pedagogik
texnologiyalarni yaratishi ustida izlanishlar olib bormoqdalar.
Pedagogik texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati yoki
pedagogik texnologiya ma’lumotlarni o‘zlashtirishi
uchun qulay shakl va usulda
uzatush va o‘zlashtirishi jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya insonda oldindan paydo bo‘lgan maqsad bo‘yicha
ta’sir o‘tkazish faoliyati demakdir. S.A.Usmanov. Pedagogik texnologiya haqida
o‘zbek olimlarining quyidagi fikrlarni bildirganlar.
Yuqorilardagidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik
texnologiya ta’lim oluvchini bilim olishga qiziqishini orttiradigan yangi usul va
yo‘llarni o‘rgatuvchi, dars samaradorligini yuqori bo‘lishida
mustaqil fikrlashga
o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Dostları ilə paylaş: