Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/97
tarix18.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#132286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Mus.o\'q.met darslik

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Madaniy hayotimizda musiqa qanday ahamiyatga ega? 
2. Barkamol insonni tarbiyalashda musiqaning maqsad va vazifalari nimalardan 
iborat? 
3. Shaxsni tarbiyalashda musiqa qanday ahamiyatga ega? 
4. Maktab hayotida musiqa o‘qituvchisini tutgan o‘rni qanday? 
5. Musiqa o‘qituvchisiga qanday zamonaviy talablar qo‘yilgan? 
6. Buyuk mutafakkirlarning musiqa haqida bildirgan fikrlarini so‘zlab bering. 
 
 


13 
Tayanch tushunchalar 
Musiqa – turli-tuman tovushlar bilan obraz yaratib beruvchi, g‘oyaviy emotsional 
mazmunga ega bo‘lgan san’atning bir turi.
Musiqa estetikasi – musiqa san’atining mohiyati, badiiy shakllari va uslublarini 
o‘rganadigan fan. 
 
1.3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ‘‘TA’LIM TO‘G‘RISIDA’’GI QONUNI 
“KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI”NING MAZMUNI, MAQSADI 
HAMDA MUSIQA TA’LIMIDAGI AHAMIYATI 
Mustaqil 
Respublikamizda 
yosh 
avlodni 
tarbiyalash 
va 
ularni 
O‘zbekistonning kelajagi uchun xizmat qiladigan insonlar qilib shakllantirish 
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Yosh avlodni kelajagi ko‘p jihatdan 
o‘qituvchiga, uning salohiyatiga kasbiy tayyorgarligiga, o‘quvchilarni o‘qitish va 
tarbiyalash ishiga bog‘liq. Har tomonlama kamol topgan, hozirgi davr talabiga 
javob 
bera oladigan, o‘zida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni, vijdon, kattalarga 
hurmat, mehnatsevarlik kabi tuyg‘ularni mujassamlashtirgan faol shaxsni 
shakllantirishda musiqa madaniyati darslarining ahamiyati katta. Musiqa 
madaniyati darslari o‘quvchilarni ma’naviy va axloqiy madaniyatini shakllantiradi. 
Milliy g‘urur, milliy qadri yatlar, vatanparvarlik kabi tarbiyalarini amalga oshirib, 
badiiy did va fikrlash doirasini kengaytirib, ularni barkamol inson bo‘lib 
yetishishida takrorlanmas manbaa bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida 
O‘zbekiston Respublikasida keng qamrovli va juda muhim iqtisodiy hamda siyosiy 
o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Jumladan, boshqa sohalar singari xalq ta’limi yo‘nalishida ham qator ijobiy 
ishlar amalga oshirildi. 1997-yil 29-avgust O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
majlisining II chaqiriq IX sessiyasida “Ta’lim to‘g‘risida’’gi Qonun va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi.


14 
“Ta’lim to‘g‘risida’’gi Qonunning maqsadi, o‘quvchi-talabalarga ta’lim-
tarbiya berish, kasb-hunarga o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilab berish 
hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashdir. 
Chunki har qanday mamlakatning kuchi uning fuqarolarining ma’naviy yetukligi, 
intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy 
yetukligi, intellektual salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har 
tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-
sharoitlarining mavjudligi, sog‘lom muhit darajasi, axloqiy qarashlari va e’tiqodiga 
bog‘liq. Mazkur “Ta‘lim to‘g‘risida”gi Qonun mazmunida Respublika ta’lim 
tizimi, uning asosiy yo‘nalishlari, maqsad hamda vazifalari, ta’lim bosqichlari va 
ularning mohiyati kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. 
Shu bois barcha o‘quv predmetlari qatori ilk bor musiqa fanidan ham 1998-
yil 10-may Vazirlar Mahkamasining 203-son qarori bilan Davlat Ta’lim 
Standartlari ishlab chiqildi. 
Davlat Ta’lim Standartlari joriy etilishi milliy musiqiy merosdan to‘laqonli 
foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlari, maqom va 
shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqalardan iborat. Yangi ta’lim 
mazmuni o‘quvchilarning bilim va malakalarini oshiradi, xotiralarini 
mustahkamlaydi, obrazli tasavvur qilish, musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantiradi. 
Uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat olib borish, turli darajalaridagi DTS ta’lim 
dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga 
oladi: 
– maktabgacha ta’lim; 
– umumiy o‘rta ta’lim; 
– o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; 
– oliy ta’lim; 
– oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim (doktorantura); 
– kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 
– maktabdan tashqari ta’lim. 


15 
“Umumiy ta’lim dasturlari”: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (1–4-
sinflar), umumiy o‘rta ta’lim (1–11-sinflar), o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini o‘z 
ichiga qamrab oladi. 
Ta’limning asosiy tamoyillari quyidagilarga asoslanadi: 
1. Ta’lim-tarbiyaning demokratik xarakterga ega ekanligi, insonparvarligi. 
2. Ta’limning uzluksizligi va izchilligi. 
3. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning majburiyligi. 
4. Akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o‘qishni tanlashning 
ixtiyoriyligi. 
5. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga ega ekanligi. 
6. Davlat Ta’lim Standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun 
ochiqligi. 
7. Ta’lim dasturlarini tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv. 
8. Ta’lim tizimida davlat va nodavlat boshqaruvni uyg‘unlashganligi. 
9. Ta’lim tizimida Xalq ta’limi Vazirligi davlat boshqaruvi organi 
hisoblanadi. 
10. Bilimli bo‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish.
Davlat Ta’lim Standartlari mazmunida o‘quvchilarni musiqiy iqtidorini 
rivojlantirish, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqa san’atiga 
qiziquvchi o‘quvchilarga shart-sharoit yaratib berish, ularni badiiy ehtiyojini 
qondirish musiqiy ta’lim-tarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi.
O‘quvchilarni musiqa san’atini o‘rganishlarini, musiqani badiiy idrok etish, 
yakka va jamoa bo‘lib qo‘shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini 
shakllantirish Davlat Ta’lim Standartlari dasturining asosiy maqsadi bo‘lib 
hisoblanadi. Shuningdek, umumiy ta’lim doirasida o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim 
bo‘lgan minimal bilim va malakalar bayon etilgan. 
Davlat Ta’lim Standartlarining musiqa madaniyati fani dasturida 
darslarining taxminiy rejasi, yil, chorak mavzulari, o‘zbek xalq musiqasi 
namunalari, maqom va shashmaqom, mumtoz musiqa, sharq xalqlari va 


16 
yevropaning mumtoz musiqalari hamda o‘zbek kompozitorlarining yangi 
zamonaviy asarlari kiritilgan.
Shuning uchun ham barcha kasblar ichida o‘qituvchilik kasbi sharafli, shu 
bilan birga mas’uliyatli hisoblanadi. Jamiyatimizni ma’naviy yangilanishida 
demokratik-huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlash milliy dasturida asosiy 
masala bo‘lib hisoblanadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy 
omillaridan biri xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar 
asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyaning yangi 
yutuqlari asosida kadrlarni tayyorlash va yangi tizimini shakllantirish. “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi. Bugungi mustaqillik sharoitida 
davlat, jamiyat va oila oldida javobgarlikni his eta oladigan yetuk, komil insonni 
tarbiyalash, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy 
qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar 
darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi jahon 
standartlariga mos kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish. “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi”da belgilangan barcha vazifalar uch bosqichda amalga oshirilishi 
ko‘rsatib berilgan. 
1-bosqichda (1997–2001-yillar) pedagogik va ilmiy pedagogik kadrlarni 
qayta tayyorlash hamda ularni malakasini oshirishni zamon talablariga javob 
beradigan darajada tashkil etish. Ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik 
darajasi va ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo‘yiladigan zarur 
talablarni belgilab beruvchi, davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish 
asosida milliy dasturni ro‘yobga chiqarish va yo‘nalishlariga aniqliklar kiritish. 
2-bosqichda (2001–2005-yillar) majburiy umumiy o‘rta ta’lim kasb-hunar 
ta’limi, shuningdek o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, 
tabaqalashtirilgan ta’limiga o‘tish, sifat bosqichini shakllantirish.
3-bosqichida (2005- va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribalarni 
umumlashtirish asosida yanada rivojlantirish. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, 
uzluksiz ta’lim tizimini jahon axborot tarmog‘iga, kompyuter axborot tarmog‘i 
orqali ulash. Masofada o‘qitishni joriy etish. Musiqa san’ati, yangi avlodni 


17 
tarbiyalashda o‘ziga xos manba bo‘lib xizmat qiladi. Azaldan, o‘zbek musiqa 
ta’lim-tarbiya pedagogikasi va uning mukammal uslublari ustoz shogird an’analari 
misolida takomillashib kelingan. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin