23
5. Musiqa darslarida bilim va malakalarning mustahkamligi tamoyili.
Mazkur
tamoyillar asosan, o‘quv materiallarini qo‘llash, musiqa darsining
mazmunini va rejasini tuzish jarayonida qo‘llanadi.Yuqoridagi
qayd etilgan
umumdidaktik tamoyillar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, musiqa darsini davlat
ta’lim standartiga muvofiq milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda uzluksizligini
va uzviyligini asos qilib musiqa faoliyatini izchilligini ta’minlaydi.
1. Musiqa ta’limi va tarbiyasida sistemalilik, ilmiylik va davomiylik
tamoyili.
Har bir darsda o‘zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asos tashkil topishi
lozim. Musiqa haqidagi bilimlar doirasi musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy
omilidir. Unda insoniyat yaratgan musiqaga oid qoidalar, xulosalar, umumlashgan
musiqiy tajribalar o‘z aksini topgan. Ularni o‘zlashtirish musiqa amaliyoti yo‘lida
bilim va ko‘nikmalar hosil qilish demakdir. Dars jarayonida o‘quv
materiallarini
bolalarning bilim tajribasiga mosligi. Bolalar ovozining rivojlanish qonuniyatlarini
hisobga olish, nota qonuniyatlarini to‘g‘ri o‘rgatish, bolalarning fikriy qobiliyatiga
mos ravishda tahlil etish darsning ilmiylik prinsiplarini tashkil etadi. Ilmiylikni,
sistemaliksiz amalga oshirish qiyin. Darsning barcha o‘quv
faoliyati hamda
keyingi darslarning o‘zaro mantiqiy bog‘lanishi sistemalik asosini tashkil etadi.
Kuylash va tinglash uchun asarlarni bilim va malaka darajasiga ko‘tarib, soddadan
murakkabga, noma’lumdan ma’lumga qarab o‘zlashtirib borish tamoyillari
muayyan tartibga mos bo‘lib,
sistemalilik demakdir. Darsning har bir faoliyati o‘z
navbatida, har bir darsning mantiqiy davomi bo‘lib, pedagogik maqsadlarni tobora
amalga oshirishi
davomiylik tamoyili demakdir.
Dostları ilə paylaş: