32
o‘sishga yordam beradi. Dars davomida quyidagi harakat turlaridan foydalanish
tavsiya etiladi: marsh
musiqalariga qadam tashlash, yugurish, raqs elementlarini
bajarish, mustaqil o‘yinlar o‘tkazish, musiqaning xarakteriga mos turli qo‘l va tana
harakatlari bilan ifodalanadi. Ma‘lumki, milliy
musiqamiz madaniyatida raqs
muhim o‘rin tutadi va unga har bir bola qiziqadi. Har bir harakat turini o‘qituvchi
oldindan belgilaydi va o‘zi uni aniq go‘zal va ifodali qilib ko‘rsatib beradi. Har bir
harakatni bajarishdan oldin unga doir musiqani mazmunini avval ongli ravishda
tinglab yoki kuylab, so‘ngra harakatlar bajarish yaxshi natija beradi.
Bolalar
musiqali o‘yinlarga ham juda qiziqadilar. Ko‘p musiqiy asarlar mazmunida o‘yin
metodlaridan foydalanish mumkin. Dars jarayoni bajarilgan har bir musiqiy
harakat turi, musiqali o‘yinlar o‘quvchilarni xotirasini mustahkamlaydi,
nutqini
o‘stiradi, jismoniy sog‘lom bo‘lishiga ko‘maklashadi va ularni ruhlantirib, musiqa
darsiga qiziqishini oshiradi. Bunda darsning tuzilishi pedagogik maqsadlarga qarab
darsni xohlagan dars faoliyatidan boshlashi mumkin. Bundan maqsad,
o‘quvchilarni musiqaga qiziqtira olish, musiqiy qobiliyatlarini o‘stirish, dars
faoliyatlarini bir biri
bilan chambarchas bog‘lab, mazmun jihatdan mantiqiy bir butunlikka erishishdir.
Demak, yangi dastur mazmunida dars o‘tish uchun musiqa o‘qituvchisi
ijodkor
bo‘lishi, musiqadan zarur bilimlarga hamda ashulachilik malakalariga ega bo‘lishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: