150
o‘tiladi. Bundan tashqari, har bir o‘quvchiga xor jamoasi yoki cholg‘u ansamblida
ishtirok etish yoki musiqa klublarida ishlash imkoni beriladi. Ushbu tizimdan
tashqari, Chexiyada iste’dodli bolalar uchun maxsus musiqa maktablari ham
mavjud. Bulardan tashqari, bolalar yakka tartibda xalq san’ati maktablari, musiqa
to‘garaklari, madaniyat uylari va xususiy musiqa o‘quv yurtlarida musiqa ta’limini
olishlari mumkin. Chexiyadagi musiqiy tarbiya – o‘zgarib turuvchi tizim bo‘lib,
ta’lim o‘quv faniga pedagogning maqsad hamda vazifalari hamda o‘quvchining
shaxsiy xususiyatlariga moslashtirilgan. Musiqiy tarbiya darslari milliy folklor
xorijiy mamlakatlar xalq musiqasi mumtoz va zamonaviy musiqaga asoslangan.
Badiiy asarni faol kuzatish, tasavvur qilish, undagi kechinmalarni boshdan
kechirish va anglash orqali musiqaga yo‘l ochiladi.
Musiqani o‘rgatishda audio – vizual vositalari, Praga radiosining maktab
radio dasturlari jalb etiladi. Chexiya zamonaviy musiqiy tarbiya tizimi
pedagogikaning shakllantiruvchi va faollashtiruvchi soha sifatida rivoj topmoqda.
Dostları ilə paylaş: