155
ma’noda ayrim cheklanishlar bor edi. Masalan, umumta’lim maktablari
dasturlaridan musiqa nazariyasi asosiy o‘rin olgan edi, musiqani tinglash, bolalarga
musiqiy cholg‘ularda kuy ijro etish o‘rgatilmas edi. Darslarning mazmuni va
uslubiyoti ko‘p hollarda kasbiy musiqa ta’lim yo‘nalishlarini to‘gridan-to‘g‘ri
qaytarar edi. Jahon musiqa tarbiyasi va ta’lim tizimlarini diqqat bilan o‘rganib
chiqqan litvalik mutaxassislar barcha tizimlarda ta’limning ma’lum bir shakliga
(Z.Koday tizmida – solfedjio uslubida kuylash qo‘shiq, K. Orfda – bolalar
cholg‘ularida kuy ijro etish. Kabalevskiyda musiqani eshitish va u haqida
suhbatlashish) Diqqat-e’tibor
berilgan, degan xulosaga keldilar. Shuning uchun
ular
“musiqiy tarbiya tizimi bir-biri bilan mazmuni va uslubi orqali mahkam birlashgan
faoliyat turlarining izchilligiga asoslanishi kerak”, degan farazni ilgari surdilar.
Shunday qilib, Litvadagi musiqa darslari quyidagi bo‘g‘inlarga ajratila boshlandi:
musiqani eshitish, musiqa o‘quvi asosida kuylash, solfedjio usulida kuylash, ritmik
tarbiyasi, musiqa cholg‘ularida ijro etish. Undagi bo‘g‘inlar musiqiy tarbiya va
ta’limda yagona bir tizimni tashkil etdi va ayni paytda har bir bo‘g‘in o‘zining
maqsadiga ega bo‘ldi. Musiqani eshitish – darsning kerakli qismi hisoblanadi.
Musiqani tinglash orqali bolalar o‘qib, bilim oladilar, kompozitorlar ijodi bilan
tanishadilar, eshitib malakalarini rivojlantiradilar. Ayni paytda, Litvalik
mutaxassislar
fikricha, musiqiy tarbiyaning bu shakliga ortiqcha baho berish va
musiqiy tarbiyaning butun tizimini faqat shu asosida tuzish maqsadga muvofiq
emas, deb hisoblaydilar. Litva maktabida musiqani tinglash, malakasini
rivojlantirish bilan birga quyidagi vazifalar ham muhim deb hisoblanadi: bolalarni
to‘gri va aniq kuylashga o‘rgatish, ma’lum repertuarga ega bo‘lish shuningdek,
musiqa tinglashga qiziqishini uyg‘otish. Musiqa uquvi (savodi)
asosida kuylash
murakkabroq qo‘shiqlarni ijro etish imkonini beradi (umumta’lim maktablarida
notaga qarab kuylash musiqa o‘quvi yordamida kuylashga nisbatan kamroq
rivojlangan).
Solfedjio uslubida kuylash esa musiqa o‘quvini rivojlantirishga, ovozni
yaxshilashga, ohanglarni aniq ijro etishga yordam beradi. Ritmik harakat –
156
tovushning davomiyligini va uning turlarini idrok etishining eng qulay va
ta’sirchan yo‘lidir. Musiqa cholg‘ularida ijro etish ijodiy imkoniyatlarini ochilishi
va
boyishiga yordam beradi, tovushning jilvadorligini rivojlantiradi, orkestr
yangrashi bilan tanishtiradi va nihoyat, bolalarga katta quvonch baxshetadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan musiqiy faoliyat shakllari nafaqat bolalarning musiqaviy
qobiliyatlariga ta’sir ko‘rsatadi, balki ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi uchun
ham katta ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, pedagogik jarayonda faoliyatning
hamma turlari yagona bir majmuaga birlashadilar, unda barcha tarkibiy qismlar
bir-birlari bilan yaqindan aloqada bo‘ladi hamda bu o‘zaro aloqadorlik musiqa
darsidagi pedagogik jarayonni tashkil etishning muhim qoidasi hisoblanadi.
Musiqali faoliyatning asosiy bo‘g‘inlaridagi o‘zaro tenglik – eng muhim
qoidalardan biri
hisoblanadi, buning ustiga bu tenglik o‘quv materialini mavzular
bo‘yicha taqsimlashda o‘z ifodasini topishi kerak. Musiqa darslari sharoitlarining
xilma-xilligi darslarning qiziqarli bo‘lishiga ta’sir etadi va bolalarga katta
xursandchilik baxsh etadi. Ta’lim mazmuni, o‘quv materialini tanlash va
taqsimlash musiqiy tarbiyaning asosiy maqsadi – barkamol shaxsni tarbiyalash
bilan bevosita bog‘liqdir. Musiqiy tarbiyaning “litva uslubi” samaradorligining
yorqin misoli sifatida Vilnyus o‘g‘il bolalari xori “Ayuolyukash”ni olish mumkin.
Zamonaviy musiqa pedagogikasini
yaratish muammosini hal qilish, umumta’lim
o‘rta maktablarida musiqaning ahamiyatini asta-sekin to‘g‘ri anglashga qaratilgan
yo‘l, xalq madaniyatining umumiy masalalari va tinglovchini shaklantirish
muammolariga ahamiyat berilishi Litva davlatining musiqa sohasiga beradigan
katta e’tiboridan dalolat beradi. Xor madaniyati (ommaviy qo‘shiqlar bayrami,
yosh avlodni turli musiqa jamoalari orqali xor san’atiga jalb etish)ning miqdor va
sifat jihatdan o‘sib borishi Litva musiqa san’atining yetuklik darajasiga
chiqayotganligidan dalolatdir.