Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Rossiya mamlakatlarida D.Kabalevskiyning musiqa ta’limi rivojiga
qo‘shgan hissasi..
2. Estoniyada xor san’atining rivojlanish tarixi.
3. Karl Orfning musiqa darslarida bolalar cholg‘u asboblaridan foydalanishi.
4. Polsha davlatida musiqa ta’limini integratsiya fanlarini o‘qitilishi haqida.
160
GLOSSARIY
Axloq (lotincha «moralis» - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) - ijtimoiy munosabatlar
hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan
olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.
Axloqiy ong – shaxga axloqiy me'yorlar va xulq-atvor qoidalari to‘g‘risidagi
nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur
bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari,
mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy
faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan
pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni
berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Bashoratlash - bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va
ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma'qulini tanlab olish.
Baho – ta'lim oluvchilarga ularning ta'lim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishga
nisbatan ijodiy yondoshishini rag‘batlantirish maqsadida ta'sir ko‘rsatish vositasi.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko‘rinishida
aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui.
Bilim olish – borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba
asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib,
mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni.
Bilish - ob'ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni
o‘zlashtirish jarayoni.
|