159
o‘qituvchilar musiqiy tayyorgarligining maqsadga muvofiq usullarini qidirib
topish, ta’limda texnik vositalaridan keng miqyosda foydalanish. Xorijdagi
musiqiy tarbiya sohasidagi salbiy holatlar, ziddiyatlar, asosan, musiqa
o‘qituvchilarining tayyorlash jarayonida, shuningdek, umumta’lim maktablarda
yagona o‘quv rejalari va dasturlarining yo‘qligida namoyon bo‘lmoqda.
Jahon musiqiy tarbiya tizimi bugun izlanishlar bosqichidadir. Unda mavjud
bo‘lgan turli maqsad va vazifalariga qaramasdan musiqiy tarbiyaning umumiy
tomonlarini ham ko‘rsatish mumkinki, uning asosini ijodiy va asosan jamoaviy
(ommaviy) musiqa ijrosi tashkil qilish kerak. Bolalar musiqiy tarbiyaning eng
yangi usullari bilan tanishish, tajriba almashish, uchrashuv, seminar, anjumanlar,
bolalar xor jamoalari ko‘riklarini o‘tkazish va boshqa chora-tadbirlar bolalar
musiqa ta’limi va tarbiyasi sohasida jadal rivojlanishga olib boradi.
Hozirda, ISMYEdan tashqari, konservatoriya va musiqa akademiyalarining
Yevropa Assotsiatsiyasi va Umumjahon xor federatsiyasi tashkil qilingan. Ushbu
xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish yurtimizning musiqa pedagogikasi,
musiqiy tarbiya nazariyasi va amaliyotining bundan keyingi rivojlanishi va
mukammallashuvi uchun zarur bo‘lgan ilg‘or uslubiyotning egallashda muhim
o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: