«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani


 O‟zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‟nalishlari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix19.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#132700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani

1.3. O‟zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‟nalishlari 
O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning 
asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun 
iqtisodiy islohotlar o‘tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institutsional 
asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi 
huquqiy-me‘yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko‘maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, 
korxonalar shular jumlasiga kiradi. O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik 
biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.
O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g`risida» gi qonuninng 5-
moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud: 
- yakka tartibdagi tadbirkorlik; 
- xususiy tadbirkorlik; 
- jamoa tadbirkorligi; 
- aralash tadbirkorlik. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning 
eng oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston 
Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu 
nizomga muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay 
amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab 


26 
chiqarish bilan shug`ullanadilar. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo`linadi: 
- shaxsiy tadbirkorlik; 
- birgalikdagi tadbirkorlik. 
Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining 
kafolatlari to`g`risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: 
«Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o`zi tomonidan mulk 
huquqida, shuningdek, mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l 
qo`yadigan o`zga mulkiy huquq tufayli o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulk negizida 
mustaqil ravishda amalga oshiriladi». 
Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka 
quyidagilar kiradi: 
- er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy 
tadbirkorlik; 
- dehqon xo`jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga 
oshiriladigan dehqon xo`jaligi; 
- o`zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo`lgan umumiy mulk 
negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo`jaligi. 
Yuridik shaxs tashkil qilmay, o`z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor 
sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi 
haqidagi guvoxnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni ro`yxatdan o`tkazish 
reestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag`i
ochish, soliq 
organlaridan ro`yxatdan o`tish, muhr va boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun asos 
bo`lib hisoblanadi. 
O`zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom»da 
xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta`rif berilgan: 
Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomo-nidan o`zlarining 
tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish 
maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor 
xo`jalik faoliyatidir. 


27 
Xususiy 
tadbirkorlikning 
yakka 
tartibda 
faoliyat 
ko`rsata-yotgan 
tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu erda faoliyat ko`rsa-tuvchilar o`z faoliyatini 
yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish 
ko`radilar va o`z korxo-nalarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga majburdirlar. 
Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning o`zlariga ma`qul bo`lgan 
mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari 
va shu asosda tadbir-korlik faoliyatini amalga oshirishlaridir. 
Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o`z ifodasini topadi. Firma 
– muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga 
ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan 
erkin va mustaqil korxonadir. 
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo`lgan, yakka 
xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko`rsatadigan korxona tushuniladi. 
Kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar davlatga bog‘liq 
bo‘lmagan holda, ya‘ni katta kapital mablag‘larsiz o‘zlari ish joylarini joriy 
etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud bo‘lgan tovarlar tanqisligini 
kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo‘qotishlari mumkin. Hozirgi 
jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning extiyojlarini 
qondirish sari yo‘naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko‘rsatish hamda xalq 
iste‘moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko‘rinmoqda. Kichik 
korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g‘oyat katta ahamiyatga 
ega. 
Shirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan 
olinadigan foydani baham ko`rishga asoslangan sherik-chilik korxonasidir.
Akstiyadorlik jamiyati – bu jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi 
bo`lib, u akstiyalar chiqarish yo`li bilan tashkil etiladi. 
Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qog`oz – akstiya 
chiqaradi. Akstiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanishadi va foydadan o`z 
hissasi – divedendni olib turadilar. Akstiyadorlik jamiyati o`z majburiyat-lari 
bo`yicha o`ziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar hisoblanadi. Akstiyadorlar 


28 
jamiyati majburiyatlari bo`yicha javobgar emas va uning faoliyati bilan bog`liq 
zararlar uchun faqat o`zlariga tegishli akstiyalar qiymati doirasida javobgar 
hisoblanadi. 
Akstiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq turda bo`lishi mumkin. 
Ochiq turdagi akstiyadorlik jamiyati – bu akstiyadorlari o`zlariga tegishli 
akstiyalarni boshqa akstiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf qila oladigan 
jamiyat. U chiqaradigan akstiyalariga ochiq obuna o`tkazish va ularni erkin sotish 
huquqiga ega. Ta`sischilarning eng kam soni ham cheklanmagan. Ochiq turdagi AJ 
uchun ustav fondining eng kichik miqdori AJ ro`yxatidan o`tkazilgan sanada 
qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining ikki yuz barobari 
miqdoriga teng bo`lishi kerak. 
Yopiq turdagi akstiyadorlik jamiyati – bu akstiyalari nomlangan (egasi 
yozilgan) va ular faqat AJ ta`sischilari o`rtasida taqsimlangan jamiyatdir. Uning 
akstiyalari qimmatli qog`ozlar bozorida muomalada bo`lishi jamiyat Nizomiga 
binoan man etilgan yoki cheklangan bo`ladi. Yopiq turdagi AJ uchun ustav 
fondining eng kam miqdori – AJ ro`yxatdan o`tkazilgan sanada qonun hujjatlarida 
belgilangan eng kam ish haqi summasining kamida yuz barobari miqdoriga teng 
bo`lishi kerak. 
O`z tarkibidagi akstiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan 
korporastiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi. 
Xolding iborasi inglizcha «holding» so`zidan olingan bo`lib, ega ma`nosini 
beradi. Xolding kompaniya – bu mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil 
akstiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan 
hissadorlik jamiyatidir. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi akstiyadorlik 
jamiyatlari «akstiyalarining nazorat paketi» kompaniyaning ixtiyorida bo`ladi. 
Bundan maqsad akstiyadorlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o`rnatish va 
dividendlar ko`rinishida foyda olishdir. 
Aralash xolding – nazorat va boshqaruv vazifalari bilan bir qatorda sanoat, 
savdo, transport, kredit-moliya va boshqa soha-larda tadbirkorlik faoliyati bilan 
ham shug`ullanish maqsadla-rida tuziladi. 


29 
Davlat korxonalaribu davlat mulki bo`lgan va uning nazorati ostida 
ishlovchi korxonalar bo`lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, 
eng muhim va mas`uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va 
boshqalar)ni bajaradi. 
Qo`shma (aralash) korxonalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash 
mablag`lariga tayanadi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan 
hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi. 
Kontsern – bu ishlab chiqarish diversifikastiyasi, ya`ni korxonalarning 
faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, 
yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko`p tarmoqli korporastiya. 
Konstern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli, ayrim 
hollarda, dunyoning ko`pgina mamlakatlarida joylashgan unlab va yuzlab 
korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Konstern tarkibiga kirgan korxona va 
tashkshyutlar orasida o`zaro korporastiyalangan turg`un aloqalar mavjud bo`lib, 
ular konstern rivoji yo`lida umumiy moliyaviy resurslardan va yagona ilmiy-texnik 
imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar. 
Konsorstium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan 
korxonalarning 
muvaqqat 
birlashmasidir.Bizning 
respublikamizda 
kichik 
korxonalar soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib 
bormoqda. Kichik korxonalar O‘zbekistan Respublikasining «Korxonalar 
to‘g‘risida», «Mulk to‘g‘risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari 
to‘g‘risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari va boshqa me‘yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda. 
Kichik korxonalar ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning yetakchi 
sohalarini yangi texnologiyalarga o‘tishda tobora o‘z o‘rnini topib bormoqda. Ular 
yangi 
fikrlar 
va 
ishlab 
chiqarishni 
takomillashtirish, 
yangi 
axborot 
texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini ta‘minlovchi butun tizimni asosiy 
bog‘lovchilik sifatini o‘zlarida namoyon etmoqdalar. 
Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari 
mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari 


30 
ishlab chiqarishda, xalq iste‘moli mollarini, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat 
mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Kichik korxonalar ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida ishlab 
chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi va, hatto, ayrim hollarda 
ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizdagi kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish 
bilan uzviy bog‘langan, ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hokazolardir. 
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar 
sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy 
tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy 
sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va 
o‘rta 
biznesni 
rivoj-lantirishni 
yanada 
rag‘batlantirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF-3305-sonli 
Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan «o‘rta korxonalar» tushunchasi 
bekor qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar kichik biznes sub‘ektlari 
hisoblanadi: 
- yakka tartibdagi tadbirkorlar; 
- ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik 
soni 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador 
bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy 
ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar.
Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni: 
- engil va oziq-ovqat sanoti, metallga ishlov berish va asbobsozlik, 
yog‘ochni qayta ishlash va mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatida – 
100 kishidan; 
- mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa sanoat-


31 
ishlab chiqarish sohalarida – 50 kishidan; 
- fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari 
(sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlannish hamda 
boshqa noishlab chiqarish sohalarida – 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar. 
Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga tez 
moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli 
o‘tishini ta‘minlashda bir qancha ustunliklarga ega. CHunki, kichik korxonalar o‘z 
faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg‘or texnologiyaga, kam turkumli 
ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda bozor 
asoslarini tez o‘zlashtirib boradilar. 
Mulkchilik shakllariga ko‘ra kichik korxonalarning quyidagi turlarini ajratib 
ko‘rsatish mumkin: 
1. Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar. 
2. Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar. 
3. Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlay-digan kichik 
korxonalar. 
4. Ijara korxonalari. 
5. Kichik qo‘shma korxonalar. 
2015 yilda respublika xizmat ko‘rsatish sohasida 80 ming 400 ta kichik 
biznes sub‘ekti faoliyat yuritmoqda va bu xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari 
umumiy sonining 80 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.
Respublikamizda kichik biznes korxonalari sonining izchillik bilan ortishi, 
iqtisodiyotning barcha sektorlarida, jumladan, transport, aloqa, sog‘liqni saqlash va 
boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida ham kuzatilmoqda. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ham 
asta-sekin rivojlanmoqda. Kichik biznes korxonalarining asosiy eksporti – qishloq 
xo‘jaligi, to‘qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnika ishlab chiqarish 
mahsulotlari hamda halq amaliy san‘ati buyumlaridir. 
Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston 
Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 


32 
korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. SHu bilan kichik 
korxonalarning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati ortib bormoqda. Xususiy 
tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati 
quyidagilar bilan tavsiflanadi: 
- xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni 
ta‘minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan 
kooperatsiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta‘minlab bo‘lmaydi; 
- bozor uchun zarur bo‘lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o‘zgarib 
turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o‘zgartirib olish 
qobiliyatiga ega yekanligi bilan ajralib turadi; 
- iste‘molchilik sohasida yuzaga keladigan bo‘shliqni tezda to‘ldirishga 
qodir bo‘lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnologiyadan foydalanib 
sarflangan sarmoyaning o‘rnini juda tez qoplay oladi. 
Kichik biznes va xususiy tabdirkorlikning xususiyatlari (muomala 
kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini 
tezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishi 
imkoniyatlarini yaratadi: 
- izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga yetkazish va o‘zlashtirish, ularni 
talabning tez o‘zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda 
ishlab chiqarish; 
- tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste‘molchilar bilan mustahkam 
aloqalar o‘rnatish; 
- ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni 
bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o‘zgarishlariga muvofiq olib borish; 
- ortiqcha ish kuchini o‘ziga singdirish; 
- boshqarishning oddiyligi, katta ma‘muriy apparatning yo‘qligi, qurilish va 
loyiha quvvatlarini o‘zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o‘zini 
oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik; 

xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindila-ridan 
to‘liqroq va samaraliroq foydalanish. 


33 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog‘liq barcha 
narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va 
tarkibiy qismini tashkil etadi. SHuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini 
rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o‘rin ajratilib, 
ularga davlat tomonidan madad berilmoqda. 
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes ilmiy-texnika rivojini jadallashtirish, 
sanoatning ilg‘or tarmoqlarida yangi tex-nologiyalarga o‘tish sharoitida o‘z o‘rnini 
topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalarini, yangi 
g‘oyalar va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bilan ishlashni ta‘minlovchi 
butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar 
tavakkalchilik xavfi yuqori bo‘lgan sharoitlarda ishlab chiqarishning ma‘qul 
shakllaridan hisoblanadi. 
Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g‘oyat katta 
ahamiyatga ega. Yangi texnologik g‘oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq 
qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab 
chiqarishga qaraganda ishni tezroq yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu esa bizning 
sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga yordam berishi mumkin. 
Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta‘minlashda, tovarlar va xizmatlar 
yetishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik katta o‘rin 
tutadi. Mehnat resurslari tez o‘sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi o‘ziga 
xoslik sharoitlarida O‘zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga keltirish 
quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: 
- erkin mehnat resurslarining, yangi xo‘jalik munosabatlarining joriy etilishi, 
yangi mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishi natijasida ishlab chiqarishda 
bo‘shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko‘proq jalb etish, 
mulkchilikning yangi shakllari paydo bo‘lishi; 
- aholining, birinchi navbatda, yoshlarning, moddiy, ma‘naviy va kasb 
darajasini ko‘tarish; 
- aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab 
chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq 


34 
iste‘moli mollariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish; 
- milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek, kichik va o‘rta 
shaharlarni, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko‘rsatish, umuman, 
har bir mintaqa uchun g‘oyat muhim bo‘lgan iqtisodiyot samaradorligini oshirish. 
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijobiy 
ahamiyatini e‘tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham 
to‘g‘ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko‘rsata 
oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli sharoitni 
yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg‘armalarini tashkil etish 
kerak. Bu jamg‘armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish 
uchun kafil bo‘lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan 
subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalarni 
rivojlantirish uchun) manba bo‘lib xizmat qilishlari lozim. 
O‘zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimining 
takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat ko‘rsatadigan 
banklar, fondlar, investiiyalar va sug‘urta tashkilotlarining faoliyatlarini 
rag‘batlantirish yo‘nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mamlakatlardagi kabi 
O‘zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida (yangi 
texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayotgan 
bo‘lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me‘yori va qarzni 
uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy shartlardandir. 
Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan xilma-xil xatarli 
vaziyatlar katta ta‘sir ko‘rsatadi, kon‘yunkturaning keskin o‘zgarib ketishi, 
mijozlarning to‘lovga qodir bo‘lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni tang ahvolga 
tushirib qo‘yadi. SHu sababli rivojlangan mamlakatlarda sug‘urtalar tizimi yaxshi 
yo‘lga qo‘yilgan. Bizning mamlakatimizda ham sug‘urtalar barpo etilishi zarur. Bu 
tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa, tijorat xatarlari katta bo‘lgan 
sohalarda) qulay sharoitlarni kafolatlashi, o‘ziniki bo‘lgan yoki qarz olingan 
kapital bilan tavakkal qilib ish boshlagan tadbirkorlarga ishonch va zarur 
barqarorlikni yaratishi kerak. 


35 
Iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirish, 
kichik 
biznes 
va 
xususiy 
tadbirkorlikni 
rivojlantirish 
respublikamizda 
o‘tkazilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy 
raqobatning rivojlanishini, iste‘mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan 
to‘ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo 
etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal 
qilish lozim: 
- aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi 
boqimandachilik, iste‘molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida xususiy 
tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug‘ullanish istagini uyg‘otish; 
- qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va 
fermer xo‘jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar 
oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo‘li bilan vaqtincha ishsiz 
yurgan kishilarni qo‘shimcha ish joylari bilan ta‘minlash; 
- mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashtirish, iqtisodiy 
raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 
- respublika aholisining ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini to‘laroq 
qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish; 
- ko‘rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank, 
auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan va 
texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta‘minlash; 
- korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy 
jihatdan mustaqil bo‘lishlarini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish; 
- joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor 
talablariga ko‘ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste‘mol bozorini tovar bilan 
to‘ldirib, eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish. 
Ma‘lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining katta qismi 
qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta 
imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. SHu bilan bir qatorda, qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishida band bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko‘rsatish, qayta 


36 
ishlash va shu kabi yo‘nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda 
tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog‘liq turli 
boshqaruv pog‘onalarida tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar 
qatoriga kiradi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi 
masalalarni hal qilish lozim deb hisoblaymiz: 
- bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish; 
- hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash tizimini izchil davom ettirish, soddalashtirish; 
- kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini yanada mustahkamlash; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan 
ta‘minlashni qo‘llab-quvvatlash; 
- islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng 
ommaga yetkazib borish. 


37 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin