Mavzu: Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning umumiy tamoyillari. Yuqori nafas yo‘llarini tiklash. Qayta jonlantirish Reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix20.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#132910
1   2   3   4   5   6   7   8
3-ma\'-za. 1chi yordam

Ekzogen sabablar- tashqi muhit ta’sirida kelib chiqadigan kasallik 
sabablari. 
2. 
Endogen sabablar- ichki muhitning o‘zgarishi natijasida kelib 
chiqadigan sabablar. 
Ekzogen sabablar bir necha xil: mexanik(yaralanish, shikastlanish), fizik 
(yuqori va past harorat, organizmga elektr tokining ta’siri), kimyoviy( jangovor 
zaharli moddalar, sanoat zaharlari, sifatsiz oziq-ovqatlar), biologik( turli xil 
kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar, vaksina va zardoblar) sabablar bo‘lishi 
mumkin. 


Endogen sabablarga organizmning o‘zida yuz beradigan o‘zgarishlar bilan 
birga, ota-onalardan orttirilgan yoki hayotda paydo bo‘lgan xususiyatlar ham 
kiradi. Kasallikka to‘g‘ri tashxis qo‘yishda uning belgilarini bilish kerak. CHunki 
har xil kasallikning o‘ziga xos belgisi bor. Bular ob’ektivva sub’ektivbelgilardir. 
Sub’ektiv belgilar to‘plash jarayonida bemorning shikoyatlariga qarab 
aniqlanadi. M, bosh og‘rig‘i, behollik, ko‘z tinishi va boshqalar. Sub’ektiv belgilar 
ta’sirida ob’ektiv belgilarni ko‘ramiz. Bunda kasallik belgilari ko‘zga yaqqol 
tashlanadi. M, badanda toshmalar toshishi, ko‘z qizarishi, elektrokardiogramma, 
ichki a’zolarni rentgen apparati yordamida tekshirish. Har qanday kasallik asosan 
ikki xil bo‘ladi: 
O‘tkir turi- ba’zi kasalliklar to‘satdan boshlanib, uzoqqa cho‘zilmaydi.
Surinkali turi- ba’zi kasalliklar esa uzoq davom etib, vaqt-vaqti bilan 
qaytalanib turadi. 
Tashxis. Bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun, kasallikni davolashda 
muhim ahamiyatga ega. Tashxis qo‘yishda bemorning shikoyatlari, kasallik tarixi, 
kasal bo‘lgunicha qanday kasalliklar bilan og‘riganligi, turmush sharoiti va 
ob’ektiv tekshirish natijasida to‘plangan ma’lumotlarga asoslanadi. 
Tashxis qo‘yish shundan iboratki, aksari kasalliklarda bir xil ob’ektiv va 
sub’ektiv shakldagi belgilar uchraydi. M, oshqozon yoki ichakdan qon ketishi, 
oshqozon va ichak yarasi, oshqozon va ichak o‘smalari va boshqa kasalliklarda. 
Kasallikka tashxis qo‘yishda yuqoridagilardan tashqari, asosiy kasallikni 
qo‘shimcha kasallikdan ajrata bilish lozim. Bunga solishtirma tashxis deyiladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin