Mavzu: Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning umumiy tamoyillari.
Yuqori nafas yo‘llarini tiklash. Qayta jonlantirish
Reja:
1. FVlarda shikastlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tarmoqlari va
ularning vazifalari
2. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillari
3 Yuqori nafas yo‘llarini tiklash
4 Yurak massaji muolajasini bajarishga doir ko‘rsatma va uning texnikasi
Tayanch so‘
zlar:Tez tibbiy yordam. YUkori nafas yullari, sun’iy massaj,
palpatsiya, perkutsiya, auskultatsiya, gipaksiya
Kasallik haqida umumiy ma’lumot.
Kasallikni davolashdan oldin ularning kelib chiqish
sabablarini aniqlash
muhim ahamiyatga ega. Biologiya fani ta’limotiga ko‘ra, organizm tashqi muhit
bilan chambarchas bog‘langan. Demak,
kasallik organizm bilan tashqi muhit
o‘rtasidagi bog‘liqlikning biror darajada buzilishi natijasida organizm faoliyatining
o‘zgarishidir.
Kasallikning kelib chiqishida organizmning reaktivligi ham benihoya katta
ahamiyatga ega
. Reaktivlik organizmning tashqi muhit ta’siriga o‘z hayot
faoliyatini o‘zgartirib javob berish qobiliyati demakdir.
Organizmning
reaktivligida nerv tizimi, bosh miya po‘stlog‘i alohida o‘rin tutadi. Kasalliklarning
ro‘yobga chiqishida organizmning xususiy reaktivligi katta ahamiyatga ega.
Kasallik bu turmushning bir shakli bo‘lib, o‘zining kechish jarayoni va
kechishiga ega.
Ba’zi hollarda bir kasallikning o‘zi turli organizmda
turlicha belgilar bilan
o‘tadi. M,
zotiljam bir bemorda yo‘talish, balg‘am ko‘chirishi, nafas olishning
qiyinlashuvi
bilan kechsa, boshqasida bu belgilar bo‘lmasligi, bemor faqat bosh
og‘rig‘i va ishtahasi yo‘qligidan shikoyat qilishi mumkin. Bu hodisa organizmning
kasallikka qarshi kurashish qobiliyatiga va kasallikdan
himoyalanish kuchiga
bog‘liq. Kasallikning avj olishi esa uni keltirib chiqargan sababga bog‘liq. Kasallik
sababini aniqlash uning oldini olish, to‘g‘ri diagnoz qo‘yish
va davolashda katta
ahamiyatga ega. Bu haqda I.P.Pavlov shunday degan edi: “ Kasallikning kelib
chiqish
sababini aniqlash, uning oldini olish va tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik
demakdir”.
Kasallikning kelib chiqish sababi ikki xil:
1.