tezlikdao‘tuvchi, o‘tkir va
surunkali turlariga bo‘linadi.
YAshin tezlikda kechuvchi gipoksiya- inert gazlari ( azot,metan, geliy )
sianid kislota bug‘laridan kislorodsiz havoda nafas olgandan so‘ng 1-1,5 daqiqa
bemor hushdan ketadi va halok bo‘ladi.
O‘tkir gipoksiya turi- zaharli moddalardan zaharlanganda, tog‘ kasalligida
samolyotlarda uchayotganda, kislorod miqdori kam bo‘lgan
gaz aralashmalaridan
nafas olganda vujudga keladi.
Surunkali gipoksiya turi- organizmda nafas a’zolari, yurak-tomir kasalliklari
natijasida rivojlanadi. Bir oz qo‘zg‘alishdan so‘ng charchash, loqaytlik,
uyquchanlik, boshning og‘irlashuvi ro‘y beradi. Psixik o‘zgarishlar yuz beradi,
jismoniy va aqliy mehnat
qobiliyati pasayib ketadi, ish bajarganda yurak urishi
tezlashadi, nafas siqiladi, ko‘karish paydo bo‘ladi.
Kislorod etishmovchiligi natijasida paydo bo‘lgan klinik simptomlarga ko‘k
va kulrang gipoksiyalar misol bo‘ladi.
Ko‘k gipoksiya belgilari- perifirik va vena qon tomirlarida qon harakatining
susayishi tufayli teri qavatlari va shilliq qavatlarning rangi ko‘kimtir-qizil rangda
bo‘ladi. Nafas qisilishi kuchayadi, yurak-qon tomirlar sistemasi tomonidan
o‘zgarishlar uncha rivojlanmagan bo‘ladi,
harakatlar buziladi, qon tarkibida
karbonat angidrid ko‘payadi. (giperkapniya)
Kulrang gipoksiyaning belgilari: terio‘avatlari kul rangga kiradi, nafas olishi
kuchayadi, yurak-tomir sistemasida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, hushdan ketish
kuzatiladi va kislorod etishmovchiligi rivojlanadi, qon
tarkibida karbonat angidrit
miqdori kamayib ketadi. Bunday holatlar bug‘uvchi ta’sirga ega bo‘lgan zaharli
moddalardan zaharlanganda, terida paydo qiluvchi zaharli moddalardan nafas
olganda vujudga keladi.
Sun’iy nafas oldirish usullari
Nafas to‘xtashi belgilari: og‘iz va burunda havo oqimining yo‘qligi, ko‘krak
qafasining ko‘tarilib tushmayotganligi kabilarda ifodalanadi.
Sun’iy nafas oldirish uchun bemor chalqancha yotqiziladi. Og‘zini ochib
tozalanadi, tish protezlarni olinadi. Boshni orqaga engashtirib, til halqumni
yopmasligiga e’tibor beriladi. Sun’iy nafas oldirish
maqsadida hozir Silvestr,
SHefer, Lobardo, Ruben usullaridan keng foydalaniladi. Sun’iy nafas oldirishning
eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri Silvestr usulidir. Bu quyidagicha bajariladi:
Bemor chalqancha yotqizib qo‘yiladi. Sun’iy nafas oldiradigan odam bemorning
bosh tomoniga o‘tib, uning ikki bilagidan tutadi. Qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, bosh
tomoniga keltiradi. Bunda ko‘krak qafasi kengayadi va bemor nafas oladi.
Bemorning qo‘llarini tezlik bilan pastga tushirib, ko‘krak qafasining pastki qismiga
bosiladi va nafas chiqariladi. Bunday harakat ritmik ravishda minutiga 16-18
marta takrorlanadi va nafas olish yaxshilanguncha davom ettiriladi.
Asfiksiya vaqtida SHefer usulidan ham foydalanish mumkin. Bunda bemor
qorni bilan yotqiziladi. YOrdam beruvchi bemor dumbasiga o‘tirib oladi va qo‘llari
bilan bemor ko‘krak qafasining pastki qismini bosadi - natijada bemor nafas
chiqaradi. Ko‘krak qafasini bosish to‘xtatilgach,
u asl holatiga qaytadi, nafas
olinadi. Qovurg‘alar chetini qo‘l bilan yuqoriga ko‘tarish va uni kengaytirish nafas
olish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Bunday harakat minutiga 16-18
marta takrorlanadi.