Mavzu: Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning umumiy tamoyillari. Yuqori nafas yo‘llarini tiklash. Qayta jonlantirish Reja


Kasallikni klinik tekshirish usullari



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix20.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#132910
1   2   3   4   5   6   7   8
3-ma\'-za. 1chi yordam

Kasallikni klinik tekshirish usullari 
Kasallikni aniqlash maqsadida bemordan so‘rash ( anamnez yigish) va 
laboratoriya usullaridan foydalanish to‘g‘ri tashxis qo‘yishda muhim ahamiyatga 
ega. 
Bemorlardan kasallik haqidagi ma’lumotlar quyidagi tartibda so‘riladi: 
1. 
Bemor haqida ma’lumot. 
2. 
Bemorning shikoyati. 
3. 
Mazkur kasallikning kelib chiqish tarixi. 
4. 
Bemorning hayot tarixi. 
Birinchi navbatda bemorni bezovta qilgan kasallik va uning shikoyati 
tinglanadi. Undan kasallikning rivojlanish tarixini qisqacha bayon qilib berish 
so‘raladi. Bunda kasallik qanday paydo bo‘lganligi, tibbiyot yordami 
ko‘rsatilguncha kasallik qanday rivojlanganligi, qanday ehtiyot choralari 
ko‘rilganligi va hokazolar to‘g‘risidagi ma’lumot to‘planadi. Kasallik haqida 
to‘plangan ma’lumotlarga kasallik anamnezi deyiladi. 
Bemorning ishi va turmushi, atrof- muhit sharoiti, oila a’zolari o‘rtasida ro‘y 
bergan kasalliklar, yomon turmush yoki hayot tarixi deyiladi.
Turmush tarixini to‘plash quyidagi tartibda olib boriladi: bemorning 
tarjimai holiga oid ma’lumotlar to‘planadi. Bemorning ilgari boshidan kechirgan 
va nasldan-naslga o‘tgan kasalliklari aniqlanadi. Naslni aniqlashning muhim 
ahamiyati shundaki, bunda bemorning u yoki bu kasallikka nisbatan moyilligi bilib 
olinadi. Suhbat oxirida jinsiy va oilaviy turmushi, ish va yashash sharoiti, zararli 


odatlar ( tamaki, nosvoy chekish, spirtli ichimliklar ichish) aniqlanadi. Bemorni 
yuqoridagi tartibda savol-javob qilib tekshirish sub’ektiv tekshirish usuliga kiradi. 
Bu usulda tekshirish tugallangach, tekshirishning ob’ektiv usuliga o‘tiladi: bemor 
ko‘zdan kechiriladi, ichki a’zolar holatini aniqlash maqsadida paypaslash 
(palpasiya), urib ko‘rish ( perkussiya) va eshitib ko‘rish(auskultasiya) usullari 
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, bemorning tana harorati, bo‘yni, vazni, ko‘krak 
qafasining aylanasini o‘lchash, balg‘am, siydikning bir kunlik miqdorini aniqlash 
kabi tekshirish usullari ham bor. Bemorning qoni, siydigi, axlati, balg‘ami, 
yiringini laborator-bakterialogik tekshirish, arterial bosimni o‘lchash, organlarni 
rentgenda tekshirish, elektrokardiogramma qilish, rektoromanoskapiya( yo‘g‘on 
ichakni tekshirish), sistoskapiya (siydik pufagini tekshirish), urografiya ( siydik 
yo‘llarini rentgen qilish) va boshqalar- jihozli tekshirish usuliga kiradi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin