73
quvvatining eng katta qismi issiqlik stansiyalarida ishlab chiqaradi (70% dan ortiq).
GES larning hissasi 18%, AESlarning hissasi esa 12%ga teng.
Metallurgiya mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoqlaridan biri 2000
yilda 80 mln.t. temir rudasi qazib olindi va 42 mln t. cho‘yan, 51,6 mln.t. po‘lat
eritildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha
Yaponiya, Xitoy va AQSH dan keyin to‘rtinchi
o‘rinni egalladi. Qora metallurgiya markazlari – Ural, Markaziy Qorato‘proq va
G‘arbiy Sibir iqtisodiy rayonlarida jamlangan. Yirik markazlari Nijniy Tagil,
Magnitogarsk, CHelyabinsk, Novotroitsk , Novokuznetsk va boshqalar.
Qalay, miss, qo‘rg‘oshin, Rux, alyuminiy, volfram, nikel,
molibden rangli
metallurgiyani eng muhim mahsulotlaridir. Uning asosiy markazlari: Norilsk,
Krasnoyarsk, Irkutsk, Sayanogorsk va boshqalar.
Mashinasozlik Rossiyaning hamma iqtisodiy rayonlarida mavjud. Energetika,
transport, Kimyo, neft mashinasozligi, avivsiya va raketa – kosmos sanoati, radio-
elektronika, elektrotexnika
sanoati mashinasozligi, priborsozlik va kemasozlik kabi
tarmoqlar tez rivojlandi. Stanoksozlik mahsulotlari Markaziy, SHimoliy-G‘arbiy
iqtisodiy rayonlarda va Uralda ishlab chiqariladi. Rossiyaning avtomobil sanoati
engil avtomashinalar, yuk mashinalari, avtobuslar, trolleybuslar, ishlab chiqaradi. Bu
tarmoqning eng yirik korxonalari Moskva, Yaroslav va
Nijniy Novgoroda qurilgan
edi. Hozirda Ijevsk, Miass, Ulyanovsk, Moskva, Tolyatti shaharlardagi korxonalarda
engil ishlab chiqariladi. Engels shahrida (Saratov oblasti) troleybuslar ishlab
chiqariladi.
Samolyotsozlik Moskva, Qozon, Samara, Voronej, Saratov, Rostov-Don,
Taganrog kabi yirik sanoat markazlarida rivojlangan. Rossiyaning 72 subyektida
mudofaa sanoati tarmoqlarining 1700 korxona va tashkiloti bor.
Kimyo sanoati
. Superfosfat sanoatining eng yirik korxoanalari Voskresensk,
Sanob-Peterburgda, azot o‘g‘itlari ishlab chiqarish bo‘yicha Djerjinsk, Berezniki
kombinatlarida rivojlangan. Hozirgi vaqtda sun’iy va sintetik
tola ishlab chiqarish
rivojlanmoqda.
O‘rmon sanoati. Umumiy o‘rmon maydonlari 766 mln.ga ni tashkil etgan
holda, dunyodagi yog‘och zahiralarining 22 % Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Rossiya
74
o‘rmon sanoati yog‘och tayyorlash, yog‘ochsozlik, sellyuloza – qog‘oz, gidroliz va
yog‘och kimyosi tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Arxangelsk, Siktivkar, Enisiy, Bradsi,
AShur o‘rmon sanoati majmualari barpo etilgan.
Engil sanoatda to‘qimachilik yetakchi o‘rinda. Uning yirik markazlari bo‘lgan
Ivanova, Moskva,
Yaroslavl, Orexova – Zuevo, Tver shaharlarida ip, zig‘ir, shoyi,
jun gazlamaning aksariyat qismi ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati barcha
iqtisodiy rayonlarda rivojlangan. SHimoliy va Uzoq sharqda, Qora, Azov va Kasbiy
dengizlari atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud.
Dostları ilə paylaş: