77
10-bob. MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARINING IQTISODIY
GEOGRAFIK TAVSIFI
10.1. Markaziy Osiyo (MO) davlatlarining iqtisodiy geografik o‘rni.
10.2. Tabiiy sharoiti va resurslarini baholash
10.3. Aholisi va mehnat resurslari
10.4. Xo‘jaligini joylanish xususiyatlari
10.5. MO davlatlarniig ichki tafovutlari va tashqi iqtisodiy aloqalari
10.1. Markaziy Osiyo (MO) davlatlarining iqtisodiy geografik o‘rni
Bu respublikalarning umumiy o‘xshashligi,
avvalambor tabiiy geografik
o‘rinda, tabiiy sharoit va resurslardan foydalanish va tarixiy kelib chiqishda, turkiy
xalqlarning yashashligida, xo‘jalik xususiyatlarida va boshqalarda o‘z aksini topgan.
Ayni paytda bu davlatlar ham
siyosiy mustaqillikka erishib, bozor iqtisodiy
munosabatlari sharoitida rivojlanayotgan respublikalar hisoblanadi.
Lekin siyosiy va iqtisodiy sharoitda davlatlar ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi geografik, tabiiy
va demografik omillari bilan, xalq xo‘jaligi tormoqlari
tarkibi va ichki tafovut haqida quyidagi ma’ruza matnida tanishamiz.
Bu respublikalar yagona tabiiy geografik o‘lkani tashkil qiladi. Bu o‘lka
Turkiston deb aytiladi. Turkiston Yevroosiyo materigining o‘rtasida joylashgan. Agar
bu respublikalarnipg yaxlit geografik o‘rni bilan tanishadigan bo‘lsak, Markaziy
Osiyo davlatlarining shimoliy chegarasi Ayirtov yakinida, janubi Kopintog‘
tog‘larining shimoliy etagidan to Pomir tog‘larigacha, g‘arbiy
nuqtasi Kaspiy
dengizining Mang‘ishloq yarim oroligacha, Sharqiy chegarasi esa Savr tog‘larini
etagidan qora Irtish daryosi vodiysigacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga oladi. Bu
davlatlarni xar birini alohida kuradigan bo‘lsak, Qozog‘iston respublikasi Markaziy
Osiyoning shimolida joylashgan, u shimoldan Rossiya federatsiyasi, janub va
janubi-
g‘arbdan O‘zbekiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston Respublikalari bilan, janubi-
sharqda Xitoy xalq Respublikasi bilan chegaradosh. Uning maydoni kattaligi 2,7 mln.
km. kv. bo‘lib, u MDH, davlatlari ichida ikkinchi, Markaziy Osiyo davlatlari orasida
esa birinchi o‘rinda turadi.
78
Qozog‘iston Respublikasining hududi Kaspiy dengizdan -.Oltoygacha, Uraldan
Tyan-SHan tog‘larigacha cho‘zilgan. Uning Sharqiy va g‘arbiy nuqtalarigacha
bo‘lgan masofa 3 ming km, shimoliy va janubiy nuqtalari orasidagi masofa 1700 km
tashkil qiladi.
Turkmaniston Respublikasi - Markaziy Osiyoniig janubi - g‘arbida joylashgan,
bu respublika janubdan Eron va Afg‘oniston, shimoldan Qozog‘iston, sharq va
shimoli-sharqdan O‘zbekiston bilan chegaradosh Turkmanistonning g‘arbiy
chegarasini esa Kaspiy dengizi bilan tutash. Mamlakat hududining maydoni 488,1 km
kv tashkil qiladi. Markaziy Osiyo respublikalari ichida maydoni bo
‘yicha II o‘rinda
turadi.
Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy Osiyoning shimoliy
- sharqida joylashgan
bo‘lib, u shimol va shimoli - g‘arbdan Qozog‘iston bilan, janubdan. Tojikiston bilan,
g‘arbdan O‘zbekiston, janubi - sharqdan esa - Xitoy halq Respublikasi bilan
chegaradosh. Uning maydoni 198,5 ming km kv.
Tojikiston Respublikasi ham Markaziy Osiyoning janubiy sharqida joylashgan
bo‘lib, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Xitoy bilan chegaradosh. Uning
hududining maydoni 143,1 ming km kv. tashkil etadi.
Bu MO mamlakatlarining umumiy iqtisodiy geografik o‘rni, materikning
ichkarisida
joylashganligi, okean va dengizlardan uzoqligi nuqtai nazardan noqulay
imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Biroq
Markaziy
Osiyo
davlatlari
hududidan
Buyuk Ipak Yo
‘lini
tiklanayotganligi, bu davlatlarni Xitoy. bilan bog‘lanishiga va ochiq dengiz yo‘liga
chiqishga imkoniyat yaratadi. Shunigdek, Turkmaniston va Eronni bog‘lovchi Tedjen
- Meshked -Serkas yo‘llarining qurilishi Markaziy Osiyo Yaqin Sharq va Turkiya
respublikalari bilan bog‘lashda katta rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: