10.4. Xo‘jaligini joylanish xususiyatlari
Sanoati. Sobiq Sovet hokimiyati yillarida Qozog‘iston respublikasida yoqilg‘i
sanoati, energetika, qora metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash
tarmoqlari shakllandi.
Halqaro mehnat taqsimotida Qozog‘iston Respublikasi rangli metallurgiya
sanoati bilan ya’ni mis, qo‘rg‘oshin - rux, alyuminiy, titan - magniy, shuningdek
kambop va nodir metallar ishlab chiqarish bilan ajralib turadi.
Mis sanoati asosan Jezqazg‘on viloyatida joylashgan bo‘lib, bularga asosan
Balxash va Karsakpay mis eritadigan zavodlari, Koungrad, Jezqazg‘on, Sayak rudani
boyitish korxonalari kiradi. Kozog‘istoning ikkinchi mis havzalari Sharqiy qismida
bo‘lib, bu erda Irtish mis zavodi ishlab turibdi.
Qo‘rg‘oshin rux sanoati Rudali Oltoy va Janubiy Kozog‘istonda joylashgan
bo‘lib, Oltoydagi eng yirik qo‘rg‘oshin - rux kombinati Ust-Kamenogorsk shahrida,
Janubiy Qozog‘istonda esa Koratau va Jing‘or Olatauda qazib olinadigan rux asosida
SHimkent shahrida qo‘rg‘oshin zavodlari mavjud.
83
Titan va magniy sanoati korxonalari Ust - Kamenogorsk shahrida, glinozem
ishlab chiqariladigan korxona esa Pavlodarda (Ekibastuzda arzon ko‘mir energiyasi
bazasida) shakllangan.
Qora metallurgiya bu respublikaning eng yangi tormoqlaridan hisoblanadi.
Ulug‘ Vatan urushi yillarida Temirtauda to ‘liqsiz metalurgiya zavodi ochilgan.
Keyinchalik Karag‘anda metallurgiya korxonasi tashkil topgan bo‘lib, bu korxona
rudani Markaziy Qozog‘istondan va Kustanay viloyatidan oladi.
Kustanayda juda yirik, respublika -metallurgiya bazasini rivojlantiradigan -
temir ruda bazasi vujudga kelgan. Shuningdek, Sokolo va Sarboyda tot-kon
metallurgiya kombinati, Lisakova va Kocharsk kombinatlari ishlab turibdi.
Qozog‘iston Respublikasida Shuningdek ko‘mir sanoati rivojlangan bo‘lib, eng
yirik havzalari Qaraganda konidir. Bu erda toshko‘mir va kokslanuvchi ko‘mir qazib
olinadi.
Ekibasstuz ko‘mir havzasining ahamiyati ham tabora o‘sib ketayapti, bu erda
qazib olinadigan ko‘mir ochiq usulda qazib olinib, uning tannarxi juda arzon.
Ekibastuz ko‘miri elektroenergiya olish uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.
Qozog‘iston respublikasida neft sanoati asosan 1911-yillardan boshlab
o‘zlashtirilishi boshlangan, Emben xavzasida. Ulug Vatan urushi yillarida esa Ural -
Emben rayonidan neft transportirovka qilish maqsadida Gurev - Orsk neft quvuri
ishga tushirildi.
1975-yildan boshlab esa, Janubiy Mang‘ishlok va SHimoliy Ustyurtda yangi
neft havzalari ishga tushdi.
Mamlakat elektroenergetikasining aksariyat kismi issiqlik elektrostansiyalarida
ishlab
chiqariladi.
Eng
yirik
elektrostansiyalar
Olma-Ota,
Qaraganda,.
Petropavlovsk,Jambul, SHimkent, Pavlodar shaharlarida qurilgan. Irtish daryosida
Ust-Kamenogorsk va Buxtarmins GESlari kurilgan. Issiklik elektrostansiyalarning
ichida eng yirik - Ermak GRES hisoblanadi, kuvvati - 2,4 mln. kvt.
Qozog‘istondagi mashinasozlik tarmog‘i asosan ehtiyoj omili asosida
rivojlanib ko‘proq ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga qaratilgan.
84
Bu yerda tog‘-kon mashinasozligi (Karaganda), neft sanoati uchun asbob
uskunlar ishlab chiqarishi (Gurevda), og‘ir mashinasozlik (Olma-Otada) va boshqa
tarmoqlar tashkil topgan.
Ximiya sanoati esa mamlakat hududidagi himiya xom ashyolari -fosforit, turli
tuzlar, tabiiy gaz negizida rivojlangan. Bu tarmoqning asosiy sohasi - fosfat
o‘g‘itlarini ishlab chiqarish. Shuningdek, soda ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga
quyilgan. Mamlakat yengil sanoati doirasida qo ‘ychilik, junchilik, to ‘qimachilik
tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Ip-gazlama kombinatlari SHimkent va Olma-Ota
shaharlarida joylashgan.
Turkmaniston Respublikasining asosiy tarmoqlari neftni qazib olish va qayta
ishlash bilan bog‘liq va bu soha respublika og‘ir sanoatini vujudga keltirgan.
Neft qazib olinadigai asosiy rayon Nebitdag bo‘lib, bu shahar quvur bilan
Krasnovodsk shahri bilan bog‘langan. Chunki, bu yerda neftni qayta ishlash
korxonasi mavjud. Neft qayta ishlaydigan ikkinchi shahar bu CHordjuydir.
CHordjuyda Shuningdek, mineral o‘g‘itlarini ishlab chiqaruvchi korxona qurilgan.
Shu bilan birga respublikada qishloq mahsulotlarni qayta ishlovchi paxta
tozalaydigan va yog‘ ishlab chiqaradigan tarmoqlar bor. Ular Mari, Bayram - Ali,
CHardjou, Tashxovuz, Ashg‘abad shaharlarida joylashtirilgan. Jun va ipak sanoati -
Ashg‘abad va CHordjouda, gilamchilik - Kerki, Kazondshikda juda yaxshi
rivojlangan.
Qirg‘iziston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sanoatdan ustun tursada. Tabiiy
resurs imkoniyatlari bir xil sanoat tarmoqlarini vujudga kelishda katta ahamiyat kasb
kiladi. Bu yerda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi yaxshi shakllangai. Suv resurslari
asosida Norin daryosida Tog‘toul GESining bir nechta quvvati ishga tushirilgan.
Shuningdek oziq - ovkat sanoatining tarmoqlari -go‘sht ishlab chiqarish, shakar,
vinochilik, tamakichilik bo‘lib, bu korxonalar ishlab chiqargan mahsulotni MO
davlatlariga ham eksport qilmoqda. Yengil sanoatda esa paxta tozalash, ipakchilik,
qo‘ychilik, kenaf ishlab chiqarish tarmoqlari shakllangan.
Tojikiston sanoati ko‘prok qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga
ixtisoslashgan bo‘lib - to‘qimachilik, konserva sanoati yaxshi rivojlangan.
85
Shuningdek,
rangli
metallurgiya,
mashinasozlik,
ximiya
sanoatlari
ham
shakllanmokda.
Vaxsh daryosida qurilgan Nurek GES negizida Tursunzoda alyuminiy zavodi
respublika rangli metallurgiya tarmog‘ining eng yetakchisi hisoblanadi. Shuningdek
Yavanda qurilgan elektroximkombinati ximiya sanoatiga asos soldi.
Qishloq xo‘jaligi. Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi halk xo‘jaligi yalpi sanoat
mahsulotlarning 6,5 % ini beradi. Qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlar 221 mln. ga
bo‘lib, Shundan 188,1 mln. ga yoki 80,6 % o‘tloqzorlarga uchun ajratilgan.
Qozog‘iston Respublikasining rayonlarining har xil tabiiy va iqtisodiy sharoitlari
tufayli qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga har xil ixtisoslashgan.
Markaziy va G‘arbiy Qozog‘iston yer maydonlari yem xashak ekinlarini
yetishtirishga ixtisoslashtirilgan bo‘lsa, Janubiy Qozog‘istonda esa so‘g‘oriladigan
dehqonchilikga asoslangan qishloq xo‘jaligi bo‘lib bu yerda texnik ekinlarini
yetishtirish, dehqonchilik, uzumchilik, bog‘dorchilik mahsulotlarini yetkazishga
ixtisoslashgan.
Don ekinlarini yetishtirishda Qozog‘iston yetakchi o‘rinda. turadi, yer
maydonlarining 54% da kuzgi bug‘doy ekiladi. Asosiy don etishtiradigan rayonlar bu
yangi o‘zlashtirilgan rayonlar bo‘lib, kurik yerlar zimmasiga respublikada
yetishtiriladigan bo‘g‘doyning 2/3 qismi to‘g‘ri keladi. Asosiy bo‘g‘doy rayonlari.
Qozog‘istonning janubiy, Tyan-SHan tog ‘larining etaklari va vodiylari.
Bugdoy lalmikor va obikor yerlarda ekiladi.
Texnik ekinlardan asosiylari - paxta, kand lavlagi, kungabokar, tamaki va
kanop yetishtiriladi. Paxta-SHimkent viloyatida, kanop - Qozog‘istonning shimolida
va markaziy qismida, qand lavlagi - Jambul, Olma - Ota va Taldы - Kurgon
viloyatlarida yetishtiriladi.
Tamaki yetishtiriladigan asosiy rayonlar Olma-Ota, kungaboqar - Sharqiy
Qozog‘iston, gorchitsa - Ural viloyati, dorivor o‘simliklar esa - SHimkent viloyatida
ekiladi.
Shu bilan birga, katta shaharlar atrofida kartoshkachilik, sabzavotchilik,
bog‘dorchilik rivojlangan.
86
Bog‘lar va uzumzorlar Qozog‘iston hududining PO ming tani tashkil kiladi.
Bog‘larinig asosiy qismlari Olma-Ota, SHimkent viloyatida joylashgan bo‘lib,
uzumzorlarinipg 2/3 kismi SHimkent viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Qozog‘iston respublikasida yirik chorvachilik tarmog‘i shakllangan bo ‘lib,
asosiy chorva mahsulotlari - go‘sht, sut va un hisoblanadi.
Chorvachilik asosiy tarmog‘i - bu qo‘ychilik bo‘lib, janubiy va g‘arbiy
Qozog‘istonda qorako ‘lchilik yaxshi rivojlangan.
Turkmaniston Respublikasining qishloq xo‘jaligi rivojlanishida irrigatsiyaning
ahamiyati juda katta. Qoraqum kanalining qurilishi Amudaryo suvlarini Kaspiy
buylariga, Kopetdag tog‘larining etaklarigacha yetkazib beradi. Shuningdek Murg ‘ob
va Tsdjsn irrigatsiya sistemalariping qurilishi Qoraqum va Tashhovuz viloyatlarining
qishloq, xo‘jaligi ishlarinn olib borishni yaxshilashga olib keldi.Sug‘oriladigan
yerlarda -paxtachilik, uzumchilik, bog‘dorchilik va polizchilik tarmoqlari
ixtisoslashgan.
Chorvachilikning asosiy yo‘nalishi qorako‘lchilik bo‘lib, bu tarmoq MO
davlatlarida yetishtiriladigan qorako‘lning 1/5 foizini beradi. Shuningdek,
Turkmanistonda tuyachilik, ipakchilik va asalarichilik yaxshi rivojlangan.
Qirg‘izistoning qishloq xo‘jaligi sanoatdan ustun turadi. Qishloq xo‘jaligining
asosiy tormoqlariga dehqonchilik va chorvachilik kiradi.
Bu respublikada paxtachilik (Farg‘ona vodiysida), qand lavlagi (CHo‘l
vodiysida) yetishtiriladi. Shu bilan birgalikda qishloq xo‘jalik yerlarining katta qismi
chorva uchun yem xashak yetkazishga ixtisoslashgan.
Tojikiston Respublikasining asosiy qishloq xo ‘jaligi tarmoqlari - paxtachilik,
ipakchilik, bogdarchilik, uzumchilik, togli ra,yonlarda - donchilik va chorvachilik
rivojlangan.
Ichgichka tolali paxta yetishtirishda Tojikiston yetakchi o ‘rinda turadi,
xosildorligi bo ‘yicha ham bu davlat dunyoda birinchi o ‘rinda turadi, 1 ga yerdan - 30
- 40 s., bir xil xo ‘jaliklarda esa -55,5 sentner ingichka tolali paxta olinadi.
Bog‘lar va uzumzorlar yuqori sifatli quruq mevalar, ayniqsa mayiz va turshak
yetishtirib berish uchun mahsulotlar yetkazib beriladi.
87
Mamlakat engil va oziq-ovqat sanoatlarini rivojlantirilishi maqsadida qishloq
xo‘jaligi Shuningdek, paxtachilik, ipakchilik, moyli ekinlar yetishtirishga
ixtisoslashgan.
Tojikiston qishloq xo ‘jaligida yirik xisor qo ‘ylarini yetishtirish va
qorako ‘lchilik yaxshi taraqqiy etgan.
Transporti. Maydoni juda katta bulgan mamlakat doirasida transportning
axamiyati juda katta. Kozogiston Respublikasida rivojlangan temir yo ‘li transporti
shakllangan bulib, uning uzunligi 14 .ming km tashkil kiladi. Ilk bor kurilgan temir
yo ‘llarga Petropavlovsk - Borovoe yuli kiradi. 1930-yilda Turksib temir yo ‘li ishga
tushirilib (uning uzunligi 1445 km), bu yo ‘l Sibr va O ‘rta Osiyoni bir-biri bilan
bog ‘langan. Keynichalik Petropavlovsk - Borovoe temir yo ‘li Karagonda va
Balxashgacha, keyin Mointadan CHuygacha yetkazildi. Shu bilan birga Jarik -Jezkoz,
Gurev - Kondagach - Orsk, Janubiy Sibir magistrali qurildi.
Oxirgi paytlarda O‘rtasibir magistrali (Kustanay -Kokchetav -Irtish - Karasuk);
Beyneu - Qo‘ng‘irot va Makat -Aleksandr Gay. Markaziy Osiyoni va Yevropani
bog‘lovchi temir yo‘l qurildi. Qozog‘istonning yuk tarkibini asosiy qismini
toshko‘mir (30%%b qurilish materialari (23%), rudalar (20%), don mahsulotlari (7%)
tashkil qiladi.
Mamlakatda Shuningdek avtomobil yo‘llarining qurilishi katta ahamiyatga ega
(bu yerda 40 ming km dan kun yo‘l qurilgan). Asosiy yo‘l magistrallariga Olma-Ota-
Beshkek-SHimkent-Toshkent;Olma-Ota-Taldi-Qo‘rg‘on-Ust-Kamenogorsk;
Semipalatinsk - Pavlodar - Omsk.
Suv transporti Qozog‘istonning ayrim qismlarida mavjud -Balxash ko‘lida,
Irtish, Sirdaryo, Ili va Ural daryolarida. Kuvur transporti Qozog‘istonda ancha
rivojlangan bo‘lib, G‘arbiy Qozog‘istondagi Embe neft havzasidan Gurev va
Orskgacha Mangishlokda quvurlari yotkazilgan. Uzen - Gurev - Sizrangacha qurilgan
quvurda juda quyuq neft yuboralib, mahsulot yuborilguncha 65° isitishni talab kiladi.
Respublikada Shuningdek xavo transporti yaxshi rivojlangan. Turkmaniston
Respublikasida qishloq xo ‘jaligining rivojlanishida transport qurilishining ahamiyati
88
katta. Kavkaz orti rsspublikalari bilan Markaziy Osiyo davlatlarini bog ‘lovchi
Turkmanboshi porti (Krasnovodsk) dengiz transporti vazifasini bajarib turadi.
Janubiy Turkmanistondan o‘tuvchi g‘arb bilan sharqni bog‘lovchi Markaziy
Osiyo temir yuli tranzit axamiyatga ega bo‘lib, bu yo‘l Shuningdek Kavkaz orti va
Sibirыsh bir - biri bilan bog‘laydi.
1962-yilda Krasnovodsk - Baku paromi ochildi va bu portdan poezd orkali xar
xil yuklar tashiladigan bo ‘ldi. 1948-yilda qurilgan CHordjou - Qo‘ng‘irot temir yo‘li
Turkmanistoni quyi Volga rayonlari bilan bog‘laydi.
Janubiy
Turkmanistonda
ayniksa
avtomobil
yullarning
zich
turi
o‘tgan.Poytaxtni o‘zok Qoraqum rayonlari va Toshxovuz bilan bog‘lashda aviatsiya
katta rol o‘ynadi.
Qirg‘izistoning transport tarmog‘ida Lugovaya - Bishkek -Rыbache temir
yo‘lining qurilishi respublika miqyosida ichki aloqalarni yaxshilaydi. Mamlakat
ichkarisida, tog‘li qismlarda avtomobil yo‘llarning ahamiyati katta. Bunday
avtomobil yo‘llar shimol bilan janub, o‘rtasida, Issiq ko‘l xalqasida va Bishkek-Osh
orasida qurilgan.
Keyingi yillarda Farg‘ona vodiysidan boshlanadigan Andijon - Osh - Urumchi
avtomobil yo‘llarining qurilishi MO davlatlari bilan Xitoy o‘rtasidagi transport
aloqasini yaxshilashda ahamiyati juda katta.
Tojikiston Respublikasida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlantirilishi o‘z
navbatida transport turining rivojlanishga olib keldi. Respublikada avtomobil
transporti ustun turadi. Respublika doirasida Osh - Xorog, (butun Pomir orqali),
Dushanbe - Xorog, Dushanbe - Xo ‘jakent avtomobil yo‘llari qurilgan.
Dostları ilə paylaş: |