89
Bu iqtisodiy rayon - asosan quruq yerlarning ochilishi hisobiga rivojlangan
qishloq xo‘jaligi negizida shakllangan rayon bo‘lib, uning ixtisosi qishloq xo‘jalik
tarmog‘i hisoblanadi. Shuningdek bu rayonda - temir rudasi, ko‘mir, boksit, asbest
rudalari mavjud.
Uning zimmasiga - 1/5 qismi mamlakatning hududi, 1/3 qismi aholi, 2/3 qismi
ekiladigan er maydonlari va boshqalar to‘g‘ri keladi.
Shuni qayd qilish kerakki, poytaxtni Ostana shahriga ko‘chirilishi bu iqtisodiy
rayonning yanada ahamiyati o‘sishiga olib keldi.
Markaziy Qozog‘istonga Karaganda va Jezqazgan viloyatlari kirib, bu
rayonning rivojlanishida ko‘mir rudasi, polimetall, temir
va marganets rudalarining
ahamiyati katta.
Bu rayonning asosiy sanoat ishlab chiqarishining ixtisosi tabiiy resurslarni
qazib olish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lib, qora metallurgiya, rangli
metallurgiya va yoqilg‘i sanoati yaxshi shakllangan. Eng katta shaharlari -
Karaganda, Temirtau, Balxash, va Jezqazgandir.
Janubiy Qozog‘iston iqtisodiy rayoniga Olma - Ota, SHimkent, Jambul, Taldы
- Kurgan va Qizil - Orda viloyatlari kiradi. Bu rayon sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi
asoslangan bo‘lib
- paxtachilik, sholichik, tamakichilik, bog‘dorchilik asosiy
tormoqlari hisoblanadi.
Yirik tabiiy resurs zahiralari asosida bu yerda tog‘-kon sanoati shakllandi va
rangli metallurgiya, ximiya, mashinasozlik, yengil va oziq - ovqat sanoati rivojlandi.
Eng katta shaharlari -Olma-Ota, SHimkent, Jambul va Kizil-Orda hisoblanadi.
Sharqiy Qozog‘iston iqtisodiy rayoniga Sharqiy - Qozog‘iston
viloyati va
Semipalatinsk viloyatlari kiradi. Rayon doirasiga Rudali-Oltoy havzasi kiradi.
Shuning uchun xam bu erning sanoatida rangli metallurgiya, kurilish materiallari
sanoati, kimyo sanoati yetakchi hisoblanadi. Eng katta shaharlari - Ust-Kamenogorsk
va Semipalatinsk hisoblanadi.
G‘arbiy Qozog‘iston tarkibiga Aktyubinsk, Uralsk, Gurevsk va Mang‘ishloq
viloyatlari kiradi. Sanoatining asosi ixtisosi tabiiy resurslarni qazib olish (neft, gaz,
90
xrom va nikel rudalarni), Shuningdek bu tarmoqlarga xizmat qiluvchi mashinasozlik
vujudga kelgan.
Shuningdek bu rayonda baliqchilik yaxshi rivojlangan. Asosiy shaharlari -
Aktyubinsk, Uralsk, Gurev va SHevchenkodir. Turkmaniston Respublikasi quyidagi
rayonlardan iborat: G‘arbiy Murg‘ob, Tedjen va Quyi Amudaryo (Tashxovuz
viloyati).
G‘arbiy rayon (Ashxabad - Turkmanboshi) sanoat
ixtisosiga neft va neftni
kayta ishlash, kimyo, yengil, oziq-ovqat va baliqchilik tarmoqlari kiradi. Eng katta
shaharlari - Ashgabad, Turkmanboshi, Nebit-Dag, Kum-dag va CHelekendir.
Murg‘ob - Tedjen rayoni tarkibida Mari viloyati va janubiy - Sharqiy Qoraqum
sektori kiradi.
Bu rayonning asosiy ixtisosi - ingichka tolali paxtachilik bo‘lib,
Turkmanistonning yarmidan ko‘p qorako‘llari shu rayonga to‘g‘ri keladi, Shuningdek
bu rayon ipakchilik rayoni hisoblanadi. Asosiy shaharlari Mari va Bayram-Alidir.
O‘rta -Amudaryo rayoni Chorjo‘y viloyatidan iborat bo‘lib, asosiy qishloq
xo‘jaligi rayonlari - paxtachilik, qorako‘lchilik va ipakchilikdir.
Quyi Amudaryo rayoniga mamlakatdagi shimoliy Tashxovuz viloyati kiradi.
Bu rayon ham qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan.
Qirg‘iziston Respublikasini iktisoslash buyicha quyidagi
rayonlari ajratamiz -
SHimoliy, Ichki Tyan-SHan, Janubiy-G‘arbiy. SHimoliy Qirg‘iziston rayoni eng
iqtisodiy jihatdan rivojlangan rayon bo‘lib unda mashinasozlik, tuqimachilik, oziq-
ovqat sanoatlari yaxshi taraqiy etgan. Qishloq xo‘jaligining
asosiy ekinlari - qand
lavlagi, donli ekinlar, bog‘dorchilik, uzumchilik tarmoqlari hisoblanadi.
Ichki Tyan-Shan rayoniga Norin viloyati kirib, uning asosiy ixtisosi tabiiy
resurslarni qazib olib, gidroenergiya resurslaridan foydalanish va chorvachilik
hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi
bu chorvachilik, sanoat esa - tabiiy resurslar bilan
bog‘liqdir.
Janubiy - G‘arbiy Qirg‘izistonga Farg‘ona vodiysida O‘sh viloyati kiradi.
Uning asosi ixtisosi ko‘mir, surma va simob rudalarini qazib olish, qishloq xo‘jaligi
esa - paxtachilik, ipakchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik yetishtirish bilan bog‘lik.
91
Tojikiston Respublikasining har xil tabiiy resurslari va tabiiy sharoitlari turli
iqtisodiy rayonlari vujudga keltirdi.
SHimoliy kismga Xo‘jakent viloyati kirib, xo‘jaligi bevosita qishloq xo‘jaligi
bilan ayniqsa paxtachilik, bog‘dorchilik, esa Cheleken havzasi kiradi.
Shunigdek
Qora - Bog‘az - Gul qo‘ltig‘ida - katta miqdorda kimyoviy xomashyo qazib olinadi.
Dostları ilə paylaş: