- 23 -
kishilar bir manzilgohdan boshqa bir manzilgoxga ishlash yoki o’qish maqsadida xar
kuni yoki bir xaftada qatnashidir. Ushbu migratsiya aksariyat hollarda urbanizatsiya
sharoitida rivojlanib boradi. Tebranma migratsiyani asosiy yo’nalishi qishloqdan
shaharga, kichik shaharlardan katta shaharlarga tomon bo’ladi.
Ilmiy manbalarda aholining bir joydan ikkinchi joyga bo’lgan harakatini ya’ni
ko’chishini ifodalashda «Aholining migratsion harakati», «Aholining mexanik
harakati», «Emmigratsiya», «Immigratsiya», «Reemmigratsiya» tushunchalaridan
foydalaniladi. «Aholining migratsion xarakati», «Aholining mexanik xarakati»,
tushunchalari asosan bir jarayonni - aholini ko’chishini ifodalaydi. Emigratsiya-
aholining ma’lum davlatdan ko’chib ketish jarayoni bo’lib, ularni, ya’ni ko’chib
ketganlarni emmigrantlar deyiladi. Immigratsiya ma’lum davlatga aholining ko’chib
kelish jarayoni bo’lib, ko’chib kelganlarni immigrantlar deyiladi. Aholini ko’chib
ketgan davlatiga yana qaytib ko’chib kelishi reemmigratsiya jarayoni xisoblanadi.
Shuni aloxida qayd etish lozimki. «Emmigrant» va «Immigrant»
tushunchalari
uchun xalqaro yagona ta’rif mavjud emas. Bu tushunchalar bo’yicha xar bir
davlatning
o’z mezonlari bordir. Masalan. Bolgariyada «immigrant» shu
davlatga
joylashish
maqsadida
boshqa
davlatdan
kelganlar:
«emmigrant» esa-Bolgariyani butunlay tashlab boshqa davlatga yashash uchun
ketganlar: Polshada - oldin xorijda,
ya’ni boshqa davlatda yashab, keyinchalik shu
davlatga doimiy grajdanlik uchun kelganlar «immigrantlar» deb: Polhshani butunlay
tashlab ketganlar esa «emmigrantlar» deb ataladi. Rosiyada
Rossiyaga
ishlash
yoki o’qish maqsadida 1,5 yildan ko’p muxlatga kelganlar
va ularning kuzatuvchilari
«immigrantlar; deb, o’qish yoki ishlash uchun 1,5 oydan ko’p muxlatga boshqa
davlatga ketganlar «emmigrantlar» deb ataladi. AQShda — qonuniy asosda boshqa
davlatlardan doimiy yashash maqsadida AQSh ga kelganlar «immigrant»lar deb
«ataladi». «Emmigrant» larga esa ta’rif yo’q.
Aholining migratsion harakatiga ko’plab omillar ta’sir etishi mumkin. Ularga
ijtimoiy: siyosiy, milliy, diniy, ekologik, harbiy va demografik omillarni kiritish
mumkin. Umuman xalqaro migratsiyani olti guruhga
ajratiladi:
1.Oilaviy va boshqa sabablarga ko’ra, doimiy yashash maqsadida bir davlatdan
ikkinchi davlatga ketgan emmigryntlar.
2.Migrant mehnatkashlar.
3.Nolegal immigrantlar.
4.Qochoqlar.
5.Studentlar, stajer-tadqiqotchilar,
ilmiy xodimlar
va uqituvchilar.
6. Turli maqsadda ko’chib yuruvchilar turistlar, dam oluvchilar, anjumanlarga
qatnashuvchilar va h.k. 1
Hozirgi xalqaro migratsiyada asosiy o’rinni mehnat migratsiyasi egallaydi.
Chunki xozirgi davrda insonning yashaashi uchun iqtisodiy omilning ahamiyati
kuchaydi.
Dunyoda va uning alohida hududlarida jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir
tarixiy davrlarida turli ijtimoiy guruhlaridagi migrao’ion harakatni o’rganishda
migratsiya
ko’rsatkichlaridan
foydalaniladi.
Ayniqsa
migratsiya
jarayonini
- 24 -
demografik nuqtai nazardan o’rganilganda uning ko’rsatkichlari atroflicha tahlil
etiladi.
Migratsiya ko’rsatkichlari:
1.Migratsiyaning absolyut va nisbiy son ma’lumotlari.
2.Migratsion harakatning intensivligi yoki koeffitsienti ma’lum
hududda yashovchi aholida har 100 kishiga to’g’ri keluvchi migrantlar soni).
3.Migratsiya saldosi (bir yil davomida ko’chib kelgan aholi bilan, ko’chib
ketgan ahotlining ayirmasiga) teng.
Migratsiya saldosi manfiy yoki musbat bo’ladi va u absolyut (masalan
yiliga
3000 kishi) xamda nisbiy ko’rsatkichlarda (100 va 1000 kishi hisobiga) ifodalanadi.
Ma’lumki migratsiya aholi ko’chib kelgan xududning ham, ko’chib ketgan
xududning ham demografik holatiga ta’sir qiladi. 1980 yillarda aholi o’sishida tashqi
migratsiyaning roli Aqsh, Kanada, Frantsiya, Avstraliya kabi davlatlarda o’rtacha 25
foizni tashkil etgan. Boshqacha so’z bilan aytilsa, yuqorida
qayd etilgan davlatlarda
aholi o’sishining 1/4 qismini immigrantlar tashkil etgan.
Migrantlar oqimi yo’nalgan xududlarda, migratsiya salhdosi ijobiy, ya’ni
ko’chib kelganlar soni, ko’chib ketganlar sonidan ortiq bo’ladi. Natijada bunday
xududlarda aholi soni qsib boradi. Bu hol o’z navbatida nikoh holatiga, oilalar
miqdorining
oshib borishiga, tug’ilish jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Aholi
ko’chib ketayotgan xududlarda esa yoshlar salmog’i, jami aholi tarkibida kamayib
boradi, mehnat yoshidan katta bo’lgan aholi salmog’i esa ortib borib, xududning
demografik xolatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Aholining bir ijtimoiy-iqtisodiy muhitdan ikkinchi muhitga o’tishi uning
demografik mayliga (nikohga kirish va oila qurishiga,
oiladagi farzandlar soniga, oila
mustahkamligiga munosabati va h.k.) bevosita ta’sir etadi. Shuningdek, aholi
migratsiyasi mehnat resurslari shakllanishida ham muhim omillardan hisoblanadi.
Migrantlar oqimi aholining yosh jinsiy tarkibida o’z aksini topadi. Mehnat
resurslari ortib boradi. Natijada qator muammolar yuzaga keladi yoki aksincha
mehnat resurslarining kamayib ketish hollari ham yuzaga kelishi mumkinki, bu ham
muammolarga sabab bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: