- 29 -
tadqiqotlar o’tkazish yo’li bilan to’planadi.
Oila xaqidagi statistik ma’lumotlar, ularning tuzilish tizimi jaxondagi
hamma davlatlarda ham aynan bir xil emas. U xar bir davlat statistikasi uchun qayd
etilgan oilaning statistik tushunchasiga va o’tkazilayotgan aholi ro’yxati dasturiga
bog’liqdir. Dastur tuzishda
aholining oilaviy tarkibi, oilaviy yashash turlari asos
qilib olinadi. Qator iqtisodiy rivojlangan davlatlarda oiladagi farzandlar kamolot
yoshiga yetib oila qurgach, ular iqtisodiy jixatdan mustaqil
yashaydilar va aloxida
oila hisoblanadilar. Ba’zi davlatlarda esa 20 yoshdan oshgan xar bir yigit qiz oila
qurmasa xam, o’zi aloxida oila xisoblanadi. Yana boshqa davlat statistikasida
turmush qurib ota - onasi oilasiga qaytib kelsa xam ularni aloxida oila yoki yolg’iz
yashovchilar qatorida hisoblanadi. Ba’zi xollarda qarindosh, qondosh bo’lmagan
begona kishilar ham bir oila bo’lib yashaydilar.
Dostları ilə paylaş: