Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/51
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134020
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Aholining takror barpo bo’lishi nima?
2. Aholining takror barpo bo’lishiga ta’sir etuvchi omillar qaysilar?
3. Aholi takror barpo bo’lishining brutto koeffitsienti nimani aniqlaydi?
4. Aholi takror barpo bo’lishining netto koeffitsienti nima?
5. Aholi takror barpo bo’lishining kengaygan shakli nima?
6. Qisqargan aholi takror barpo bo’lish shakli nima?
7. Oddiy aholi takror barpo bo’lish shakli nima?
8. Demografik o’tish nima?
9. «Demografik o’tish» iborasi qachon, kim tomonidan fanga kiritilgan?
10. Demografik to’ish bosqichlariga izoh bering.


- 25 - 
 
OILA VA UNING DEMOGRAFIK TARAQQIYOTI 
 
 
R E J A:
1. Oila va uning turlari.
2. Oilaning vazifalari.
3. Oilaning taraqqiyoti.
4. Uy xo’jaligi.
Tayanch iboralar: monogam oila, poligam oila, demografik vazifalar, 
demografik taraqqiyot, ijtimoiy vazifalar, ijtimoiy taraqqiyot, uy xo’jaligi. 
OILA VA UNING VAZIFALARI 
 
Oila jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida o’zining paydo bo’lishi va 
rivojlanish tarixiga ega. Oilaning dastlabki shakli ibtidoiy jamoa tuzumi davrida 
paydo bo’ldi. Ma’lumki, ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida insonlar 
to’da-to’da bo’lib yashaganlar. Ular orasidagi jinsiy munosabatlar tartib - qoidaga ega 
bo’lmagan. Bir nechta erkak va bir nechta ayol farzandlari bilan bir oila bo’lib 
yashaganlar, o’zaro turmush kechirishgan. Oilaning bunday shakli fanda 
«Poligamiya» - ko’p nikohlik, deb ataladi. 
Quldorlik davrida esa jamiyat taraqqiyotida yuz bergan ijtimoiy - iqtisodiy 
o’zgarishlar asosan, xususiy mulkning paydo bo’lishi natijasida, oilaning tarkibi xam, 
shakli ham o’zgardi. Dexqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ijtimoiy ishlab 
chiqarishda erkaklar qadrini oshirdi, moddiy maxsulotlar yaratishda erkaklar ulushi 
yuqori bo’la boshladi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarhal oila vujudga keldi. 
Endi bir erkak oila boshlig’i bo’lib, u xotinlari, farzandlari va qullari bilan oila 
bo’lib yashardilar. Bunday oilalar ko’pxotinlik, ya’ni «poliginiya» asosida tashkil 
bo’lgan poligamiya oila shakli bilan monogam - bir nikohli oila o’rtasidagi oraliq 
oilalarni tashkil etganlar. 
Quldorlik davridan feodalizmga o’tish, hamda feodalizm ishlab chiqarish 
munosabatlarining rivojlanishi oilaning «monogam», ya’ni yakka nikohlilik 
ko’rinishining paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Ushbu davrda xo’jalik yuritishda ota-ona 
farzandlari, nabira - chevaralari bilan birga ishtirok etishgan. Ular birgalikda ekin 
ekib, xosil yig’ib, moddiy boylik yaratishgan. Ushbu davrda ota -ona, o’g’il-qiz, kelin 
-kuyov, nabiralari birga bir nechta bo’g’inli oila bo’lib yashashgan. 
Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida esa, yirik -yirik sanoat 
korxonalarining paydo bo’lishi natijasida, mayda dexqon xo’jaliklar, mayda 
hunarmand oilalar inqirozga uchradi. Bolalarning mehnatidan foydalanish, ularga 
ishchi kuchi sifatidagi talab asta -sekin kamayib boradi. Ko’p bo’g’inli katta oila 
bo’lib yashash hollari yo’qola boshladi va oilaning yangi tuzilishi - er -xotin va 
bolalardan iborat bo’lgan nuklear - yadro oila yuzaga keladi. 
Oila paydo bo’lishi va rivojlanishini ilmiy o’rganish shuni ko’rsatadiki, 
oilaning tashkil bo’lishida asosiy omil-nikoh va qarindoshlik munosabatlari bo’lib, bu 


- 26 - 
hol oilaga berilgan ilmiy ta’rifda o’z ifodasini topgan1. 
Oila-insonlarning tabiiy biologik, nikoh. Qon-qarindoshlik, iqtisodiy, xuquqiy, 
ma’naviy munosabatlarda asoslangan, turmush birligi va o’zaro javobgarlik orqali 
bog’langangan ijtimoiy guruhidir. 
Oilaning bugungi shaklida oila a’zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, 
ma’naviy xuquqiy, psixologik munosabatlar va o’zaro javobgarlik xis-tuyg’ulari bilan 
boglanib turadilar. Oilada har bir oila a’zosining o’z ijtimoiy o’rni bordir. Oila 
asosini er - xotin tashkil etadi. Lekin oilada er-xotin uning farzandlari, ota-onasi, aka-
uka, opa -singil va boshqa qarindosh-urug’lar xam yashashlari mumkin. 
Demak oila turli mezonlar asosida tashkil topar ekan, ushbu mezonlarni o’z 
mazmuniga ko’ra, shartli ravishda demografik, ijtimoiy va iqtisodiy mezonlarga 
ajratish mumkin. 
Oilaning demografik mezonlarga ko’ra turlari: 
1. Ma’lumki oila tashkil bo’lishiga avvalo erkak bilan ayol o’rtasidagi nikoh 
birligi asos bo’ladi. Ana shu nikoh birtshgiga asosan oila ikki turga bo’linadi. 
Poligam - ko’p nikohli oilalar, bunday oilalar yuqorida qayd etilganidek bir 
erkak, bir nechta ayol bilan nikohda turishi, oila ko’rishi mumkin. 
Monogam - bir nikohli oilalar, ya’ni bir erkak bir ayol bilan nikohda turadi, 
oila quradi. 
Qayta tuzilgan - ikkinchi nikohli oilalar.
2. Oila unda istikomat etuvchi oila a’zolarining tarkibiga qarab ham turlarga 
bo’linadi. 
Oddiy (nuklear) oila, unda er-xotin nikohga kirmagan, ya’ni turmush qurmagan 
farzandlari bilan yashaydi. Bunday oilalar turlari eng ko’p tarqalgandir. 
Murakkab (ko’p bo’g’inli) oilalar, bunday oilalarda ikki yoki undan ortiq, 
avlod vakillari istiqomat etishadi. Masalan, ota-ona oila qurgan farzandi va nabiralari 
bilan yoki bobo, buvi, ota-ona va farzand o’z bolalari bilan istiqomat etishadi. 
3. Oila yadrosini tashkil etgan er-xotin hayotligiga, shu oilada birga yashash va 
yashamasligiga qarab xam oilalar turlicha bo’ladi. 
Tugal (to’liq) oilalar, er -xotin xayot bo’lgan va birga yashagan oilalar. 
Tugalmas (noto’liq) oila. Bunday oilalarda oila asosini tashkil etgan er xotinning biri 
hayot emas yoki shu oilada yashamaydi. 
4. Oilada istiqomat etuvchi oila a’zolarinint miqdoriga ko’ra: 
Kichik oilalar (2 - 4 kishilik) 
O’rta oilalar (5 - 6 kishilik) 
Katta oilalar (7 - 8 va undan ko’p kishilik) mavjuddir. 
5. 
Bolalar soniga ko’ra: farzandsiz, bir bolali, kam, o’rtacha va ko’p bolali 
oilalar (davlatlarda, turli davrlarda ushbu mezonlar turlichadir.) 
Oila jamiyatda tutgan ijtimoiy o’rniga, ya’ni er- xotinning ijtimoiy sinfiga, 
guruhiga qarab ham turlarga bo’linadi. Oilaning bunday ijtimoiy turlari, turli ishlab 
chiqarish usuli xukmron jamiyatda turlicha bo’lgan. Masalan, sobiq sovet 
hokimiyatida soo’ialistik ishlab chiqarish usuli hukmron edi. Ushbu davrda jamiyatda 
asosan 3 ta ijtimoiy sinf qayd etilar edi. Ular, ishchi xizmatchi va kolxozchi sinflar 
bo’lgan. Bunday sharoitda ba’zi oilalarda er - xotin bir xil ijtimoiy, sinfga, guruhga 
mansub bo’lsa (eri xam, hotini ham ishchi, ziyoli yoki kolxozchi), ba’zi oilalarda esa 


- 27 - 
er -xotin turli ijtimoiy guruhga mansub (eri ishchi, xotini ziyoli, eri kolxozchi, xotini 
ishchi va x.k.) bo’lgan. Shu bois, oilalar ijtimoiy holatiga ko’ra 2 guruhga bo’lish 
mumkin: 
1. Er-xotin bir xil ijtimoiy guruhga mansub oilalar (ishchi oilalar, xizmatchi 
oilalar, dehqon, tadbirkor, savdogar, olimlar, san’atkor, xunarmand oilalar).
2.Er-xotin turli ijtimoiy guruhga mansub oilalar.
3.Er-xotinni ma’lumotlariga ko’ra turlari: o’rta ma’lumotli, o’rta maxsus,
yordamchi maktab ma’lumoti va oliy ma’lumotga ega bo’lgan oilalar, ma’lumotsiz 
(savodsiz) oilalar. 
4. Oilaning «yoshiga» ko’ra yosh oila (1 yilgacha, 3 — 5 yillik, 6—10 yillik 
turmush tajribasiga ega bo’lgan oilalar), o’rta yoshdagi oila, yetuk oila. 
5. Oilaning hududiy jixatlariga ko’ra:
shahar, qishloq va aralash tipdagi oilalar.
Hamda aralash tipdagi oilalar. 
6. Er xotinning millatiga ko’ra; 
millatga turlari; oila 
Bir millatli (er xotin bir bir xidl mansub) va baynalminal (er-xotin turli 
mansub) oilalar. 
7. Olaning yuridik xususiyatiga ko’ra Rasmiy oila (nikohdagi oila) va
norasmiy (nikohga kirmagan, nikohdan tashqari). Oila paydo bo’lgandan to xozirgi 
davrga qadar u bajarib kelgan vazifalar chuqur ilmiy taxlil etilsa, ularni asosan uch 
yo’nalishda ifodalash mumkin. Bu yo’nalishlar farzandlarning tutilishi, ularni 
tarbiyalash va moddiy extiyojini qondirishdir. Shuning uchun ham oila vazifalarini 
uch guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir. 
Oilaning demografik vazifasi. 
Oilaning ijtimoiy vazifasi. 
Oilaning iqtisodiy vazifasi. 
Oilaning demografik vazifasiga - uning demografik faoliyati, ya’ni oilada 
farzandlarning tug’ilishi, inson naslini, jamiyatni davom ettiruvchi avlod yaratish 
kiradi. 
Oilaning 
ijtimoiy 
vazifasiga- oilada farzandlarni tarbiyalash, inson 
sifatida kamolga yetkazish, ularning tabiatga, jamiyatga va o’zaro munosabatlarini 
shakllantirish, dam olish va salomatligini tiklash kabilar kiradi. 
Oilaning iqtisodiy vazifasiga oila a’zolarini oziq -ovqat, kiyim -kechak va 
boshqa yashash uchun zarur bo’lgan moddiy vositalar bilan ta’minlash kiradi. 
Oilaning mavjudligi yashash jarayoni, uning o’z vazifalarini bajarishi bilan 
bog’liqdir. Agar oila o’zining demografik vazifalarini bajarmas ekan, ya’ni oilada 
farzandlar tug’ilmasa, yangi oilalar bo’lmaydi, oila davom etmaydi. Oila davom 
etishi, yangi oilalar paydo bo’lishi uchun esa oilada tug’ilgan farzandlarni boqish, 
tarbiyalash, kamolga yetqazish, inson sifatida shakllantirish lozim. Demak, oila o ’z 
mavjudligini saqlab qolishi uchun o’zinin!’ barcha vazifalarini bajarishi shart. 
Oila vazifalarini bajarilishi bir-biri bilan bog’liq xolda ro’y beradi. Masalan, 
oilada farzandlarning sog’-salomat tug’ilishi ona salomatligiga, ona salomatligi va 
tug’ilgan farzandning sog’-salomat o’sishi esa oilaning iqtisodiy vazifasining 
bajarilish darajasiga, ya’ni moddiy ta’minlash darajasiga nihoyatda bog’liqdir. Oilada 


- 28 - 
tug’ilgan farzandning yetuk inson bo’lib shakllaiishi olaning ta’lim tarbiyasiga, bola 
dunyoqarashini shakllantirilishi, ya’ni oilaning ijtimoiy vazifalarini bajarilishi bilan 
uzviy bokliq bo’ladi. O’z navbatida oilada farzandlar miqdorining oshib borishi ham 
oilaning iqtisodiy vazifalarini bajarilish darajasiga ta’sir etadi. Boshqacha qilib 
aytganda, oilada istiqomat qilayotgan oila a’zolarini ko’payib boishi oilaning moddiy 
imkoniyatini ko’tarishni, ya’ni oilaning iqtisodiy vazifasini bajarish darajasini 
tezlashtirishni talab etadi. Yoki oilaning ijtimoiy vazifasini olib ko’raylik. Oilada 
farzandga berilgan ta’lim tarbiya uning dunyoqarashining shayulanishida, xayotga, 
yashashga bo’lgan munosabatlarida asosiy omildir. 
Farzand oila muxitida katta bo’lar ekan, uning barcha xulq atvori, atrof 
muxitga, oilaga bo’uian munosabati, kelajakda o’zining oila qurishi, farzandldr 
ko’rishi xaqidagi fikrlari shakllanib boradi. Agar oilaning ijtimoiy vazifasi ijobiy 
bajarilsa, ya’ni bolada oilaga, ota-onaga, keksalarga xurmat, o’zaro yordam kabi 
xislatlar shakllansa, u kelajakda oila qurgach, o’zi xam farzandlarini xuddi shunday 
tarbiyalashga intiladi. Demak, yangi avlodning oila qurishida, yangi oilaning 
shakllanishida oiladagi ijtimoiy vazfalarning bajarilishi asosiy omillardan bo’lib 
xizmat qiladi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin