- 32 -
uchun ma’lum imtiyozlar va yetarli miqdorda yerlar bo’lib berilar edi.
Bu xol
yevropadan boshqa qit’alarga, ayniqsa Amerika, Avstraliya, Yangi Zellandiyaga
ko’chib ketishni kuchaytirdi. XVI asr o’rtalaridsan to ikkinchi jaxon urushi
boshlangunga qadar Yvropadan boshqa qit’alar 70 milliondan ortiqroq aholi ko’chib
ketgan. Boshqa rayonlarga xan Yevropadan, ayniqsa, ko’p aholi ko’chib ketgan. Agar
1870 –yi8llargacha Emigrantlar ko’proq G’arbiy va shimoliy Yevropa mamlakatlari
(Buyuk
Britaniya,
Irlandiya,
Germaniya,
Skandinaviya
mamlakatlari
va
boshqalar)dan ketgan bo’lsa XIX asrning oxirlaridan boshlab, emigrantlar soni
bo’yicha Janubiy va sharqiy Yevropa mamlakatlari (Italiya, Avstriya-Vengriya,
rossiya kabilar) birinchi o’ringa chiqib oldi. Buning nasosiy sabablari ana shu
mamlakatlar qishloq xo’jaligida kapitalizmning rivojlaninshi va dexqonlarning
qishloqlashuvida edi. Bu davrga kelganda transport aloqalarnining rivojanishi xam
ko’chib ketishni ancha osonlashtirdi. XIX asrning oxiri
va XX asrning boshlarida
AQSHda arzon ishchi kuchiga talab oshib bordi. Janubiy va sharqiy yevropa
mamlaktlatlari eas ana shunday arzon ishchi kuchi yetkazib beruvchi rayonga aylanib
qoldi.
XVIII asr va XIX asrlardagi emigratlar ko’proq Amerika (AQSH, Kanada)ga
ko’chib borgan bo’lsalar, XIX asrdan boshlab yana janubiy Amerika mamlakatlari
(ayniqsa Argentina, Braziliya)ga ko’plab ko’chib bordilar. Chunki shimoliy
mamlakatlarda kapitalizm umumiy krizisning kuchyishi natijasida ishsizlar ko’paya
boshladi, yerlarning narxi qimmaqlashib ketdi, keyinchalik AQSH Kanada
mamlakatlariga ko’chib kelish to’xtatildi. Bu davrlarda asosan Inglizlar va Britaniya
orollarida yashovchi boshqa millat vakillari Avstrliya yangi Zellandiya, Janubiy
Afrikaga ko’plab ko’chib bordilar. Shimoliy Afrika mamlakatlariga Jazoirga –
fransuzlar va ispanlar xam ko’plab yevropaliklar ko’chib bordilar. Shunday qilib,
XVX va XIX asrlardagi eng yirik migrassiya yevropadan boshqa joylarga ko’chib
ketish bilan bog’liq qit’aning o’z ichida yoki ayrim
mamlaktlarning ichidagi
migrassion xarakatlar uncha katta emas edi. Maslan XIX asrning ikkinchi yarmida
ya’ni Rossiyada kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanib borishi va krepostniklik
xuquqining bekor qilinishi munosabati bilan mamlakatning Yevropa qismidan Osiyo
qismi (Sibir, Qozog’iston, O’rta Osiyo )ga ko’chib o’tish ancha kuchaydi. 1861-1914
yillar davomida rossiyaning g’arbidan 5 millionga yaqin aholi (asosan Ruslar,
Ukrainlar, Beloruslarb Tatarlar, Mordvalar) kuchib o’tdi. XIX asr XX asrning
boshlarida Xitoydan Janubiy-Shaqiy Osiyo mamlakatlari Malaziya, Tayland,
Indoneziya va boshqalar)ga Yaponiyadan Gavayi orollariga, AQSH ga va ayniqsa,
Shimoliy-Sharqiy Xitoy (manchjuniya) xamda Koreyaga, Xindistondan, Shrilankaga,
Janubiy va
Sharqiy Afrika mamlakatlariga, Janubiy Sharqiy Osiyo (Birma,
malaziya)ga va boshqa joylarga aholi ko’chib o’tdi. Aholining mamlakatlararo va
qit’alararo migrassion xarakatlari natijasida juda ko’p davlatlarda (aynisa Amerika
qiasida) etnik tartibi xilma-xillanib ketdi. Xozir AQSH, Kanada , Braziliya,
Argentina , Avstraliya, Yangi Zellandiya kabi mamlaktlarda yashayotgan 300
milliondan ortiq aholining oltidan besh qismi yevropaliklar avlodlaridir. Faqat AQSH
ning o’zidagina barcha aholining 90 foizi yevropadan yoki ularning avlodlari
xisoblanadi. Yevropaning ayrim davlatlaridan ko’chib borgan xalqlar xozir xam
aloxida yashahsga harakat qiladilar. Masalan, Aqshning Shimoli-Sharqida asosan
- 33 -
buyuk britaniya va Irlandiyadan ko’chib kelganlar edi. Nyuyorkda ko’pchilikni
italyanlar va yaxudiylar tashkil etadi. Braziliyaning sharqiy rayonlarida asosan
portugaliyadan ko’chib kelganlar, Argentinaning sharqida esa Ispaniyadan kelganlar
Yashaydi va hokazo.
Birinchi va ikkinchi jahon urushlari juda katta migrasion harakatlarga sabab
buldi.Urush davom etib turgan paytdagi migrasion harakatlar vaqtincha migrasiyadir.
Chunki aholining xarbiy harakatlar zonasidan qochib xavf –
xavfsizroq rayonlarga
ko’chishi urush paytidagi qonuniy bir xoldir. Urush tugagandan so’ng chegaralarning
o’zgarishi yangi davlatlarning tuzulishi va boshqalar doimiy migrasion harakatlarga
sabab bo’ladi. Ikkinchi jahon urushi boshlanmasdan avval sharqiy va janubiy Sharqiy
Yevropa
mamlakatlari
xududida
Yevropa
mamlakatlar
(asosan
Polsha,
Chexoslavakiya, Vengriya, Ruminiya, Sobiq Yugoslavakiya) 12 millionga yaqin
nemislar yashar edi. Urushning Germaniyaning mag’lubiyati bilan tugashi va
yevropada yangi konferensiyaning qaroriga muvofiq nemislarning deyarli xammasi
Germaniya, va qisman Avstriya hududiga ko’chib o’tdi. Xozirgi paytda sharqiy
yevropa mamlakatlarida (asosan ruminiya va vengriyada 800 mingga yaqin nemislar
yashaydi). Urush davrida va undan so’ng Sharqiy yevropa mamlakatlari o’rtasida
qaysi millatga mansubligiga qarab aholi ayirboshlash ham bo’ldi. Bu chegaralarni
aniqlash va o’zgartirish yoki o’z aholisi milliy tarkibining mumkin qadar bir xil
bo’lishini ta’minlash maqsadida ko’rilgan chora edi. Ana shunday aholi ayirboshlash
Bolgariya bilan Ruminiya,
Polsha va Rossiya, Chexoslovakiya va hakozalar o’rtasida
bo’ldi. Ikkinchi jahon urushining siyosiy va harbiy yakunlari bilan bog’liq bo’lgan
migratsion harakatlar Osiyoda ham kuzatildi. Bu esa imperialistik Yaponiyatining
urushda taslim bo’lishi va u ilgari bosib olgan rayonlardan yaponlarning o’z yurtiga
qaytishi bilan bog’liq edi.
1956 yilgacha Yaponiyaga milliondan ortiqroq yaponlar ko’chib keldi (asosan
xitoy va Koreya xududidan). Ammo ikkinchi jahon urushidan keyingi Osiyoda eng
kata migratsion harakatlar Hindiston va Pokiston davlatlarining tashkil topishi bilan
bog’liqdir. Ma’lumki, bu ikkita davlatga ajralish u yerda yashovchi aholining diniy
e’tiqodiga qarab amalga oshirildi. Natijada Hindiston ko’chib o’tdi. Ikkinchi jahon
urushidan keyin qit’alararo migratsiya yanada kuchaydi. 1946-1961 yillarda
yevropadan 6,9 millionga yaqin aholi boshqa qit’alarga ko’chib ketdi. Italiyadan 1,1
million kishi – asosan Argentina, AQSh va Venesuelaga. Buyuk Britaniyadan (950
ming kishi – ko’proq Kanada, Avtraliya va AQSh ga), Ispanidan (500 mingdan
ortiqroq kishi Argentina va Venesuelaga) ko’plab kishilar ko’chib ketdi.
Shunday qilib ikkinchi jahon urushidan keyin 60-yillarning boshlarigacha
yevropa boshqa mamlakatlariga muxojirlar beruvchi qit’a bo’lib keldi. Faqat keyingi
yillardagina yevropada emigratsiya birmuncha susaydi.
Ayrim hollarda esa, yevropa
boshqa qit’alar bilan migratsion aloqalarda xatto ijobiy migratsion balansga ega bo ’la
boshladi. Chet davlatlardagi aholining migratsion harakati haqidagi qisqacha obzorni
tugatar ekanmiz, migratsiya oqibatlariga qisqacha to’xtalib o’tish zarur. Migratsiya
oqibatida Biron davlat aholisi ko’payadi yoki kamayadi, bundan tashqari, aholining
yosh, jinsiy tarkibi o’zgaradi. Bu esa bir qancha oqibatlarga olib keladi. Ma’lumki,
migratsion harakatlarda ko’pincha yosh va o’rta yosh aholi (eng sifatli mehnat
resurslari) ishtirok etadi. Bu esa, emigrantlar ketgan mamlakat mehnat resurslari
- 34 -
soning kamayishi, tarkbining yomonlashuviga sabab bo’lsa, immigrantlar qabul
qilgan davlat mehnat resurslari tarkibini har tomonlama yaxshilaydi. Migratsion
harakatlarda mehnatga yaroqli yoki o’rta yashar kishilar orasida ko’proq
erkaklar
ishtirok etadi. Shuning uchun ham olimlar emigratsiyaning oqibatini urushlar oqibati
bilan tenglashtiradilar. Chunki ko’p emigrantlar yo’qotgan mamlakatlar urushlardagi
singari, o’zining yo shva o’rta yoshdagi, asosan erkak mehnat resurslaridan judo
bo’ladi. Bu esa shu mamlakatda aholining bundan keyingi takror barpo qilinis hi
hamda iqtisodiyotga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: