Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I


AHOLINING NIKOH VA OILAVIY TARKIBI



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/51
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134020
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
AHOLINING NIKOH VA OILAVIY TARKIBI. 
Aholining nikohda turish tarkibi-aholining jinsiy va yosh guruhlarining 
nikohda turish holati bo’yicha taqsimlanishi. Nikoxda turishi asosan yosh guruhlari 
bo’yicha o’rganilganligi uchun ham ko’p adabiyotlarda aholining «nikoh-yosh 
tarkibi» ham deyiladi. Aholining nikoh holati bo’yicha asosiy manba aholi ro’yhati 


- 37 - 
ma’lumotlari hisoblanadi. Aholi ro’yhati o’tkazilayotganda aholi nikohda turuvchilar 
va 
nikohda 
turmaydiganlar 
guruhiga 
ajratib 
ro’yhatga 
olinadi. 
Nikohda 
turmaydiganlar guruhiga bo’ydoqlar, bevalar va ajralganlar kiradi. 
Aholining nikohda turishi aholi takror barpo bo’lishi va oilalar shakllanishida 
asosiy demografik omil sifatida ahamiyatlidir. 
Aholining oilaviy xolati va tarkibi demografik jarayonlarga bevosita ta’sir 
ko’rsatadi. 
Ma’lumki, jamiyatda insonlar oila muxitida oila a’zosi bo’lib, turli guruhlarda 
guruh a’zosi bo’lib yoki o’zlari alohida yolg’iz holda yashaydilar. Aholining bunday 
guruhlarga bo’linib yashashi uning oilaviy holatini bildiradi. 
Aholining oilaviy holati haqidagi ma’lumotlar aholi ro’yhati o’tkazish yo’li 
bilan to’planadi. O’zbekiston statistikasida aholi oilaviy holati bo’yicha uch guruhga 
ajratilgan va aholi ro’yhati dasturiga kiritilgan. 
1. Oila bilan birga oila a’zosi bo’lib yashovchilar. 
2. Oiladan alohida, lekin oila bilan muntazam aloqani saqlab qolgan 
holda yashovchilar. 
3. Yolg’iz yashovchilar. 
O’zbekistonda aholining oilaviy xolatiga oid to’laroq statistik ma’lumotlar 
1939 yilda o’tkazilgan aholi ro’yhatlari ma’lumotlaridan boshlab mavjuddir. Ushbu 
ma’lumotlar ko’rsatishicha 1939 yilda O’zbekiston aholisining 93,3 foizi oila a’zosi 
bo’lib, oila bilan birga 6,7 foizi esa oiladan alohida yashaganlar. Agar bu 
ko’rsatkichlar 1989 yil o’tkazilgan aholi ro’yxati ma’lumotlari bilan solishtirilsa 
respublika aholisining oilaviy tarkibida katta ijobiy o’zgarishlar bo’lgani ma’lum 
bo’ladi. Chunki 1939-1989 yillarda aholining oila a’zosi bo’lib, oila muxitida 
yashovchi qismi 2 foizga ko’paydi va jami aholining 95,3 foizini tashkil etdi. Yolg’iz 
yashovchilar esa, deyarli ikki marta kamaydi. 
Aholining oilaviy tarkibi deganda oila a’zosi bo’lib yashovchi aholining oila 
turlari bo’yicha taqsimlanishi tushuniladi1. Axolining oilaviy tarkibini ifodalovchi 
asosiy ko’rsatkichlar aholining oila kattaliklari, ya’ni oilada yashovchi kishilar 
miqdoriga qarab va oilaning ijtimoiy guruhlari bo’yicha taqsimlanishidir. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin