Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/51
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134020
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

NAZORAT SAVOLLARI:
1. Aholi migratsiyasi nima?
2. Aholi moyatniksion harakati nima?
3. Ichki migratsiya deganda nimani tushunasiz?
4. Migratsiyaning iqtisodiy sabablari nimalar?
5. Tashqi migratsiya deganda nimani tushunasiz?
6. «Xalqlarning buyuk ko’chish davri» qaerda ro’y bergan?
7. Migratsiyaning siyosiy sababi nimalarda namoyon bo’ladi?
8. Tashqi migratsiyada qanday hodisalar kuzatiladi?
9. Emigrantlar va immigratlar kimlar?
10. Qaysi davrlarda yevropa migratsiya markaziga aylandi?
 
 
AHOLINING DEMOGRAFIK TARKIBI 
 
 
R E J A:
1. Aholi soni.
2. Aholi tarkibi to’g’risida tushuncha.
3. Aholining jinsiy tarkibi.
4. Aholining yosh tarkibi.
Tayanch iboralar: demografik tarkib, real aholi soni, doimiy aholi soni, jinsiy 
tarkibi, yosh tarkibi.
AHOLI SONI VA AXOLINING YOSH-JINSIY TARKIBI. 
Aholi soni - ma’lum hudud yoki aholi guruhidagi kishilarning miqdoriy 
ifodasidir. Demografiyada aholi soni, eng umumiy va asosiy ko’rsatkich bo’lib, aniq 
bir davrdagi aholi miqdorini anglatadi. Statistik manbalarda aholi soni ma’lum bir 
chisloga (1-yanvar.1 iyul yoki 31 dekabr) keltiriladi. Masalan, O’zbekeiston aholisi 
1991 yil 1 yanvarda 20708,2 mingni, 2000 yil 1 yanvarda esa 24487,7 mingni tashkil 
etdi. Bu ko’rsatkichlarni butun yil uchun qabul qilib bo’lmaydi, chunki yil davomida, 
ya’ni 1 yanvardan 31 dekabrga qadar aholi soni tug’ilish va o’lim hisobiga muntazam 


- 35 - 
o’zgarib turadi. 
Har bir xudud aholi sonini o’rganganda, uni doimiy (shu hududda doimiy 
ro’yxatga olingan) va mavjud real (tekshirilayotgan davrda shu hududda ma’lum 
muddat yashayotgan) aholiga ajratiladi. 
Demografik gadqiqotlar olib borishda nazariy aholi soni, hamda mavjud, real 
aholi sonidan foydalaniladi. Nazariy aholi soni o’zgarmas -stabil, aholi sonidir. Stabil 
aholi soni lotincha 51a’shz so’zidan olingan bo’lib, doimiy, o’zgarmas degan 
ma’noni bildiradi. Aholi takror barpo bo’lishining maxsus koffio’ientlarini 
hisoblaganda stabil aholi sonidan foydalaniladi, turli demografik modellarni tuzganda 
nazariy aholidan foydalaniladi, ya’ni, o’rganilayotgan davr aholi soni o’zgarmas deb 
qabul qilinadi. 
Real, mavjud aholi soni ma’lum bir ma’muriy xududning, davlatning 
o’rganilayotgan davrdagi mavjud aholi sonidir. Masalan, O’zbekiston davlatining 
aholi soni, Farg’ona vodiysining aholi soni va x.k. 
Demografik koeffitsientlarni xisoblaganda odatda o’rtacha yillik aholi sonidan 
foydalaniladi. Chunki demografik jarayon butun yil davomiga ya’ni 1 yanvardan 30 
dekabrgacha qadar bo’lgan mudldtga hisoblanadi. Aholi soni esa yuqorida qayd 
etilgandek yil boshiga- 1 yanvarga olinadi. Ma’lum kalendar yilga o’rtacha yillik 
aholi soni hisoblash uchun shu, kalendar yilining boshidagi va keyingi kalendar 
yilning boshidagi aholi soni qo’shilib ikkiga bo’linadi va o’rganilayotgan yil uchun 
o’rtacha aholi soni aniqlanadi. Buning uchun 1999 yil 1 yanvardagi va 2000 yil 1 
yanvardagi aholi sonlarini qo’shib ikkiga bo’linadi. (R1999+R2000:2) 
Aholi soni xaqidagi aniq ma’lumotlar aholi ro’yhati o’tkazish yo’li bilan 
to’planadi. Aholi ro’yxatlari orasidagi davr uchun, esa har yilgi tug’ilish, o’lim va 
migratsiya jarayonlarini e’tiborga olgan xolda aholi soni maxsus uslublar yordamida 
hisoblanadi. 
Demografik jarayonlarni o’rganishda aholining yosh-jinsiy, nikoh va oilaviy 
tarkibi muxim omil xisoblanadi. 
Ahoteining jinsiy tarkibi nikohga kirish va aholining oilaviy tarkibining 
shakllanishida asosiy demografik zamindir. Demografiyada jinslar munosabatini 
aniqlashda ikki xil ko’rsatkich qo’llaniladi. 1. Jami aholi tarkibida jinslar 
salmog’ifoiz hisobida. Masalan, 2000 yil O’zbekistonda jami aholi 24582,8 ming 
kishini tashkil etadi. Ulardan erkaklar 12232,7 va ayollar 12350,1. Ushbu 
ko’rsatkichlar asosida jami aholi tarkibida erkaklar 49,8 foizni, ayollar esa 50,2 foizni 
tashkil etishini aniqlash mumkin. 
Aholi jinsiy tarkibini o’rganishda aniq ko’rsatkich har 1000ta erkaklarga 
nisbatan ayollar soni, yoki har 1000 ta ayollarga nisbatan erkaklar soni ifodasidir. 
Ushbu ko’rsatkich orqali ma’lum hudud jami aholisining va aholi yosh guruhlari (0-
9,10-19,20-29...) jinsiy tarkibi o’rganiladi. Misol tariqasida, yuqorida keltiril1^an 
ma’lumotlardan foydalanib, ayollar sonini erkaklar soniga bo’lamiz va natijani 1000 
ga ko’paytiriladi.2000 yilda O’zbekistonda har 1000 ta ayolga 991 erkak to’g’ri kelar 
ekan, yoki erkaklar ayollardan kamroq ekan. Ana shunday uslub bilan aloxida yosh 
guruhlari uchun ham ayollar va erkaklar nisbati aniqlanadi 
Aholi yosh tarkibi uch asosiy omil ta’sirida shakllanadi; 1)Yangi 
tug’ilganlardagi jinsiy nisbat: 2) O’limdagi jinsiy farq. 3) Aholi migratsiyasidagi 


- 36 - 
jinsiy farq. 
Aholining yosh tarkibi-ijtimoiy-iktisodiy va demografik jarayonlarni o’rganish 
maqsadida aholining yosh guruhlarga bo’tshnishidir. Aholi yosh guruhlari va 
demografik jarayonlar o’zaro uzviy bog’liq holda shakllanadi. Aholi tarkibida yoshlar 
(0-9, 101-19,20 - 29 yoshida) salmog’ining yuqoriligi nikoh va tug’ilish kabi 
demografik jarayonlarga ijobiy ta’sir etadi. Ayni paytda tug’ilish yuqori bo’lgan 
hududlarda bolalar, yoshlar salmog’i yuqori bo’ladi. Tug’ilish darajasi past bo’lgan 
hollarda esa aholi tarkibida qariyalar (60 yosh va undan yuqori) salmog’i yuqori va 
o’lim hollari ko’proq sodir bo’ladi. Demografik nuqtai nazardan yondashganda 
aholining bugungi yosh tarkibi kechagi aholi takror barpo bo’lishining natijasi va 
kelajakdagi demografik rivojlanishning asosi bo’lib xizmat qiladi. 
Aholi yosh tarkibini o’rganganda aholining alohida har bir yoshlarga 
(0,1,2,3,4,5 . . .100 va undan yuqori) besh yillik yosh guruhlariga (10-14 , 15-19...) va 
uch yirik-yirik guruhlariga (0-14, 15-59, 60 va undan yuqori) ajratiladi. 
Aholi yosh tarkibi demografiyada asosiy o’rganish ob’ekti sifatida o’z kelib 
chiqish va rivojlanishiga ega. Ushbu rivojlanishni quyidagi yo’nalishlarga ajratish 
mumkina) alohida yosh guruhlari va ularni nisbatlarini statistik tahlili: b) aholi yosh 
tarkibining shakllanish qonuniyatlari va ularning demografik rivojlanishning omili 
sifatidagi o’rni: v) aholi yosh tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni o’zaro 
bog’liqligi. 
Aholi sonining o’sib borishida uning yosh tarkibi asosiy omil hisoblanadi. XX 
asrning o’rtalarida iqtisodiy rivojlangan davlatlarda aholi takror barpo bo’lishi 
tug’ilish darajasiniig nisbatan pastligi va aholi umumiy tarkibida bolalar salmog’ining 
kamligi bilan harakterlanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa ana shu davrda nisbatan 
yuqori tug’ilish va aholi tarkibida bolalar salmog’ining yuqoriligi harakterli edi. 
Tug’ilish yuqori va uni nazorat etish darajasi past bo’lgan sharoitda aholining yosh 
tarkibi, aholi soni o’sib borishiga bevosita ta’sir etadi. 
XX asrning boshlarida shved olimi G.Sundberg tomonidan aholi yosh 
tarkibining uch turi ajratilgan 1) Progressiv yosh tarkibi-aholi tarkibida bolalar (0-14 
yosh) salmog’i yuqori bo’ladi va aholi o’sishiga olib keladi. 
2) Statsionar yosh tarkibi-aholi tarkibida bolalar va qariyalar (60 yosh va undan 
yuqori) salmog’i deyarli teng bo’ladi, bunday yosh tarkibi aholi o’sishida asosiy omil 
bo’la olmaydi. 3) Regressiv yosh tarkibi-aholi umumiy sonida qariyalar salmog’i 
bolalarga nisbatan yuqori bo’ladi, aholi takror barpo bo’lishi qisqarib aholining qarish 
jarayoni ro’y beradi. 
Aholining qarish jarayoni-tug’ilishning kamayib ketishi va aholi o’rtacha umr 
ko’rishi muddatini uzayish hisobiga aholi tarkibida qariyalar (60 yosh va undan 
yuqori) salmog’ini oshib borishidir. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin