OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARGʻONA FILIALI
Axborot
texnologiyalari kafedrasi
Kompyuter injiniringi yoʻnalishi
Himoyaga ruhsat
Kafedra mudiri
A.G. Abdukadirov
«__________ » 2017 y.
Pochta aloqasi korxonalarida VPN tarmog‘ini
tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
mavzusida
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Bitiruvchi: _____________________ Maxmudov A.A.
Rahbar: ________________________ Sottiboyev N.I.
Taqrizchi: _______________________
Ishanov Yu.U.
HFX maslaxatchisi: _______________ S.S. Sobirov
Fargʻona 2017
ANNOTATSIYA
Bitiruv malakaviy ishida “Pochta aloqasi korxonalarida VPN tarmog‘ini
tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari mavzusi bo‘yicha qilingan ishlar bayon
etilgan.
Tarmoq turlari, tarmoqdasturlarini oʻrnatish ishlah samaradorligin oshirish
usullari bayon etilgan. Kirish qismida kompyuter
va axborot texnologiyalari,
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar
uzatishni, Internet xizmatlariga kirib
borishni rivojlantirish va zamonaviylashtirish haqida fikrlar bayon etilgan.
1-bobda sanoat korxonalarining ijobiy ko‘rsatkichlarini
ortishi haqida va
tarmoq operatsion tizimlari haqida ma’lumotlar keltirilgan
2-bobda tarmoqlarning xarakteristikasi va ularning qo‘llash xususiyati,
NetWare tarmog‘I, Server tizimlari, Unix operatsion tizimi, tarmoqni tashkil etishda
kabellarni
ahamiyati, Wi-Fi tarmog‘i va uning afzalliklari haqida ma’lumotlar
keltirilgan. Pochta aloqasi korxonalarida VPN tarmog‘ini tashkil etish xususiyatlari
oʻrganilgan.
3-bobda himoyalangan virtual xususiy tarmoqlar va ularning turkumlanishi.
himoyalangan korporativ tarmoqlarni qurish uchun
VPN echimlar hamda kanal va
seans sathlarda himoyalangan virtual kanallarni qurish bayon qilingan.
Mehnat muhofazasi bo‘limida kompyuter bilan ishlash qoidalari va talablar
keltirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati hamda ilovalar keltirilgan.