MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………..
1. BOB. SANOAT KORXONALARINING IJOBIY
KO‘RSATKICHLARINI ORTISHI, TARMOQ OPERATSION
TIZIMLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR
1.1. Sanoat korxonalarining ijobiy ko‘rsatkichlarini ortishi…………..….
1.2. Tarmoq operatsion tizimlari haqida ma’lumotlar……………………..
2. BOB. TARMOQLARNING XARAKTERISTIKASI VA ULARNING
QO‘LLASH XUSUSIYATI, NETWARE TARMOG‘I, SERVER
TIZIMLARI. UNIX OPERATSION TIZIMI, WI-FI
TARMOG‘I VA UNING AFZALLIKLARI
2.1. Tarmoqlarning xarakteristikasi va ularning qo‘llash xususiyati...............
2.2. NetWare tarmog‘I, Server tizimlari. Unix operatsion tizimi…………….
2.3. Tarmoqni tashkil etishda kabellarni ahamiyati……..……..……………..
2.4. Wi-Fi tarmog‘i va uning afzalliklari…………………...…......................
2.5. Pochta aloqasi korxonalarida VPN tarmog‘ini tashkil etish…………….
3. BOB. HIMOYALANGAN VIRTUAL XUSUSIY TARMOQLAR VA
ULARNING TURKUMLANISHI. KORPORATIV
TARMOQLARNI QURISH UCHUN VPN ECHIMLAR
3.1. Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlarni qurish konsepsiyasi ………
3.2. Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlarning turkumlanishi …...............
3.3. Himoyalangan korporativ tarmoqlarni qurish uchun VPN echimlar…….
3.4. Kanal va seans sathlarda himoyalangan virtual kanallarni qurish……..
Mehnat muhofazasi…………………………………………………………
Xulosa…………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………..……..…
Ilovalar…………………………………………………………………………
KIRISH
Insoniyatning XX asrdagi eng buyuk kashfiyotlaridan biri elektron hisoblash
maishinalarining, ya’ni komyuterlarning ixtirro qilinishidir deb bemalol ayta olish
mumkin. Buning ham o‘ziga yarasha birmuncha sabablari bor albatta. Dastlabki
kompyuter XX asrning ikkinchi yarmi oxirlarida ixtiro qilingan bo‘lsa hozirgi kunga
kelib, ya’ni oradan 60 yildan ziyodroq vaqt o‘tib uning beshinchi avlodlari ixtiro
qilindi. Yana shuni ham bemalol ayta olish mumkinki hozirgi kunga kelib
jamiyatimizni har bir sohasini kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilishimiz
mumkin emas. Chunki hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari, avtomatika kirb
bormagan xalq xo‘jaligining biron-bir sohasi qolmadi.
Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar
tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni rivojlantirish va
zamonaviylashtirish Respublikamizda ham ustuvor o‘rinlarga chiqmoqda.
Iqtidorli yoshlar ishtirokida respublikada Internet-festivallar, Internet-forumlar
o‘tkazish odat bo‘lib qoldi, shaharlar va kishloqlarda Internet tarmog‘idan jamoa bo‘lib
foydalanish punktlari soni tobora ko‘paymoqda, axborot xizmatlari turlari sezilarli
darajada kengaymokda, ularning servisi yanada intellektualroq bo‘lib bormoqda.
Mamlikat Prezidenti Islom Karimov 2001 yil may oyida Oliy Majlisning
Ѵ
sessiyasida so‘zlagan nutqida kompyuterlashtirish ia axborot texnologiyalarini ishlab
chikarishga, maktablar va oliy o‘kuv yurtlari dasturlariga, odamlarning kundalik
turmushiga joriy etish bo‘yicha O‘zbekistonning yuksak darajalarga erishishi yuzasidan
aniq vazifalarni qo‘ydi.
Jamiyatni kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha
vazifalarni xal etish uchun 2002 yil 30 mayda O‘ebekison Respublikasi Prezidentining
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish to‘g‘risida» gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning
amalga oshirilishi axborotlashtirishning milliy tizimlari barpo egilishini, iqtisodiyotga va
jamiyatning xar bir a’zosi xayotiga kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari
ommaviy joriy etilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi, jahon bozorida mamlakatimiz
iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini oshiradi.
Prezident Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror kabul qildi va
2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish dasturini tasdiqladi, ularda telekommunikatsiyalar va malumotlar uzatishni
rivojlantirish, resurslardan foydalanish, Internet tarmog‘ida o‘z saytlarini yaratishning
maqsadli yo‘nalishlari belgilandi.
Iqtisodiyot tarmoqlari va jamiyatning axborotni tezkor ayirboshlashga, jahon
axborot resurslariga kirib borishga bo‘lgan yuqori ehtiyoji, ta’lim jarayonlarini va
kishilarning kundalik turmushini kompyuterlashtirish zaruriyati, shuningdek axborot va
ma’lumotlar bazasi saqlanishini ta’minlash ehtiyoji ushbu muhum karorlar qabul
qilinishi uchun asos brldi.
Dasturda telekommunikatsiyalarning yangi ob’ektlarini qurish nazarda tutilgan.
Jumladan, 2005 yilda xalqaro kanallar sonini ancha qo‘paytirish, ularni 100 foiz
rakamlashtirish mo‘jallangan, mintaqaviy darajada kanallar soni 50 mingtagacha
ko‘payadi va raqamlashtirishning 72 foiziga erishiladi. Axborotni ayirboshlashni
avtomatlashtirish 98 foizga etadi.
Agar bugungi kunda 62 oliy ukuv yurtidan faqat 40 tasi, 531 kollej va litseydan 22
tasi Internet tarmog‘iga kirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, 2010 yilda Internet tarmog‘iga kirib
borish imkoniyatiga ega bo‘lgan maktablar, litseylar va kollejlar soni 10-15 baravar
ko‘payadi.
Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i sezilarli darajada rivojlanadi. Joriy yilning
oxirdayoq kamida 235 ta yangi ma’lumotlar uzatish uzellari barpo etiladi. 2010 yilda
esa Internetdan jamoa bo‘lib foydalanish portlari soni 45 000 tani tashkil etadi. Aholi
orasida foydalanuvchilar soni 55,6 mintadan 3321 mingtaga o‘sadi yoki oilalar-ning
deyarli 60 foizi ushbu jahonga mashhur va rivojlangan axborot tarmog‘i xizmatlaridan
foydalanadi. Respublikaning barcha aholi punktlari, shuningdek boshqaruv organlari va
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchdan ikki qismi Internetga ulanadi.
Dasturiy vositalarni ishlab chiqish, mamlakatmiznin kunda kompyuter texnikasi va
buyumlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari birinchi darajali vazifalar
etib belgilangan. Bu munosabat bilan kompыoterlar va ular uchun butlovchi buyumlar,
dasturiy vositalar keltirish, uqitish va axborot xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha bir qancha
soliq va bojxona imtiyozlari joriy etiladi.
Qabul qilingan xujjatlarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida
kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni rivojlantirish va takomillashtirishning aniq
vazifalari oldinga ko‘yilgan va maksadli yo‘nalishlari ifodalar berilgan. Jumladan
Toshkent elektrotexnika aloqa instituti Toshkent axborot tvxiologiyalari universitetiga
aylantirildi. Ushbu universitetda yangi mutaxassisliklarning, keng doirasi bo‘yicha
kadrlar tayyorlash tizimini ancha kengaytirish nazarda tutimoqda. Bundan tashqari, o‘kuv
yurtlarining moddiy-texnik va ilmiy-tadqiqot bazasini kengaytirish yuzasidan
kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Farmonda va Xukumat qarorida belgilangan dasturiy chora- tadbirlarning amalda
ruyobga chiqarilishi boshkaruvning barcha tarmoq va mintaqaviy organlariga, iqtisodiyot
va madaniyatning barcha sohalariga, umuman jamiyatga daxldordir. Ushbu vazifalarni
amalga oshirish uchun maxsus Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlaitrish bo‘yicha muvofiklashtiruvchi Kengash tashkil etildi. Joriy
yilda Kengashga 2016 yilgacha bulgan davrda t
ѳlѳkommunikatsiyalar va ma’lumotlar
uza
TUІSHNING
milliy tarmogini rivojlantirish; davlat boshkaruviga elektron texnologiyalarni
joriy etish; elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni tayyorlash topshirildi.
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Uzbekiston aloqa va
axborotlashtirish agentligiga aylantirildi, unga respublikada axborotlashtirishni rivojlantirish
bo‘yicha qo‘shimcha funksiyapar yuklandi. Axborot xizmatlari soxasini rivojlantirish uchun
shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur normativ-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqish
maqsadida Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish
markazi tashkil etiladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyoti samardorligi o‘sishida
telekommunikatsiyalar, kompyuter va axborot texnologiyalarining faol roli oshishini,
odamlarning faoliyati va turmushi texnik qurilmalar va xizmatlarning eng zamonaviy
turlari bilan jihozlanishini ta’minlash, respublikaning jahon jarayonlariga muvaffaqiyatli
integratsiyalashuvi imkonini boradi.
Dostları ilə paylaş: |