Международный научный журнал № 4 (100), часть 2
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
938
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MULTIMEDIADAN
FOYDALANISH
Turdiyev Azamat Gʻayratovich
Termiz davlat pedagogika instuti maktabgacha taʼlim fakulteti maktabgacha
taʼlim metodikasi kafedrasi
G.D.Durmanova
Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish
milliy markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim
texnologiyalari” kafedrasi katta o’qituvchisi
Hozirgi kunda barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodning intellektual
salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga
yetkazish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Asosan maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarning yuksak bilim egalashida multimedia ta’limi ham muhim o’rinda
turadi. Multimedia ta’limi orqali biz bolalarda milliy qadiryatlarni video rolik shaklida
jonlantirishimiz ham mumkun. Ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan
keng foydalanish, an’anaviy o’qitish usullariga nisbatan samarali va yuqori natijalarga
olib kelmoqda. Hozirda ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari,
kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari ta’lim jarayonining muhim negizi
bo’lib, yoshlarning yangi axborotlarga bo’lgan talablarini qondirishga xizmat qilmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya olayotgan katta va maktabga
tayyorlov guruhlarida aynan 5–7 yoshli bolalar tarbiyalanadi. Ulardagi intellektual
salohiyatni shakllantirishning boshlang‘ich davri ham xuddi shu yoshdan boshlanadi
aynan shu sababli hozirgi kunda maktabgacha ta’limda multimedia ta’limiga alohida
e’tibor qaratilmoqda.
Barkamol avlodni voyaga yetkazishda zamonaviy o’qitish metodlari, innovatsion
texnologiyalar, multimedia vositalarining o’rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik
texnologiya va pedagog mahorati va pedagog tajriba bilan bir qatorda, interfaol
metodlar, multimedia vositalari barkamol avlodni bilimli, yetuk malakaga ega
bo’lishlarini ta’minlaydi.
Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini
multimedia vositalari asosida tashkil etishga alohida ahamiyat berilyapti. Multimedia
vositalariga, birinchi navbatda, elektron darsliklar, kompakt disklar, video-audio
tasmalar, turli taqdimotlar kiradi. MTTda multimedia texnologiyasidan
foydalanishdagi masalalardan yana biri ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini
oshirish metodikasini ishlab chiqish, unga mos ishlanmalar yaratish hamda amaliyotga
joriy qilish zarurligidir. Multimedia ta’lim vostitasining afzaliklari qanday va biz
multimedia ta’limni qanday qilib maktabgacha ta’lim muassasalarida qo’lashimiz
mumkin degan savol paydo bo’lishi tabiiydir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida
multimediani turli xil mashg’ulotlarda qo’lash mumkin. Masalan, tabiat bilan
Международный научный журнал № 4 (100), часть 2
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
939
tanishtirishda, elementar matematik ta’savurlarini shakilantirishda hamda xorijiy
tilda mashg’ulotlarini tashkil etishda multimedia vositalari yuqori natijalar beradi.
Mashg’ulot jarayoni bolalarni zeriktirib qo’ymaydi va ularni mashg’ulotga bo’lgan
qiziqishlarini yanada ham ko’proq oshirishda keng imkoniyatlarni yaratib beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimediani qo’llashdan ko’zlangan maqsad
bolalarga qisqa vaqt ichida ko’proq va samarali ta’lim berishdan iboratdur. Hozirgi
vaqtda bolalarning kompyuter va gadjetlarga qiziqishlari juda yuqori.
Shu tufayli pedagoglar ulardan tog’ri va unumli foydalanib, bolalarni yo’naltiri,
qiziqishlaridan kelib chiqan holda ta’lim tashkil etilsa, bolalarning qiziqishlari yanada
ham ortadi. Masalan, bolalarga multimedia ta’limidan foydalanib ularga til o’rgatish
mashg’ulotlarni qiziqarli qilib tashkil etish mumkun. Ayniqsa, turli ranglardan
foydalangan holda bolalarning ta’savuri kengaytirib, ularning diqqatini tortish,
ularning tilga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortirish mumkin. Jumladan, bolalarda
fasilar to’grisida tasavvurlarini shakllantirishda qo’l keladi. Bolalarda bahor fasli
haqidagi tushunchalarni shakllantirishda bahor faslinini ko’rsatish bilan birgalikda
undagi yashilik, daraxtlar va gularning rangi, bahor faslida nishonlanadigan
bayramlarni havola qilish imkoniyati mavjud.
Maktabgacha ta’lim tashkilotkarida tayyorlov guruhida multimediali
mashg’ulotlarni olib borish maktabga tayyorlash jarayonida tasavvurlarini boyitadi,
ularning talim faoliyati to’g’risidagi tasavvurlarini shakilantiradi natijada ta’lim
jarayonidagi qiyinchiliklarni yengib o’tishlari uchun zamin tayyorlaydi, shu bilan birga
bolalarning inovatsion texnologiyalar bilan ishlash ko’nikmasi multimedia ta’limini
tashkil qilish orqali shakilantirib boriladi.
Shunungdek, multimedia ta’limidan zamonaviy, inovatsion ta’limning bir shakli
sifatida mashg’ulotlar jarayonida to’g’ri foydalanish maktabgacha ta’limda faoliyat
olib borayotgan tarbiyachilarning ham inovatsion texnologyalardan foydalanish
bo’yicha ko’nikma va malakalarini shakilantirishga xizmat qiladi.
Multimedia va gipermedia texnologiyalari kuchli taqsimlangan ta'lim resurslarini
birlashtiradi, ular bolani idroki shakllanishi va namoyon bo'lishi uchun muhitni
ta'minlaydi. Multimedia va telekommunikatsiya texnologiyalari tizimda prinsipial
jihatdan yangi uslubiy yondashuvlarni ochadi. Multimedia - zamonaviy texnik va
dasturiy vositalardan foydalangan holda interaktiv dasturiy ta'minot nazorati ostida
vizual va audio effektlarning o'zaro ta'siri, ular matn, ovoz, grafik, fotosuratlar,
videolarni bitta raqamli tasvirda birlashtiradi.
Kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning ushbu qiziquvchanlik xususiyatini
oshiradi. Natijada, ularning aqliy rivojlanishi shakllana boradi. Multimediali
kompyuter o’yinlari tarbiyalanuvchilarning qiziquvchanlik xususiyatini oshirishi
quyidagilar asosida namoyon bo’ladi:
1) ekranda ko’rsatiladigan o’yin obyektiga animasiya samarasi berilgan bo’lishi
va ular doimiy ravishda harakatlanib, jilolanib turishida;
2) tovushda;
Международный научный журнал № 4 (100), часть 2
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
940
3) musiqada;
4) animatsiyada;
5) multifikasiyada;
O’yin davomidagi ushbu "kompyuterli" psixologik-pedagogik ta’sirlar yosh
bolalarning faqat qiziquvchanlik xususiyatini oshiribgina qolmasdan, balki bilim
olishga bo’lgan ishtiyoqini ham oshiradi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum
bo’ldiki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyasini shakllanishida axborot
texnologiyalari ya’ni, multimedialardan foydalanish uni MTTlarda samarali qo’llash
hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.
Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter savodxonligini
shakllantirish metodikasi shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy
texnik vositasi hisoblanadi. MTTlarning ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishda
qo’shimcha vositalar - kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar
talab etiladi. Multimedia vositalaridagi ta’lim-tarbiya materiallari dinamik xarakterga
ega bo’lib, ular animatsiya bilan berilgan bo’ladi. Ta’lim tizimida foydalanib
kelinayotgan an’anaviy ko’rgazmali materiallar statik xarakterga ega. Masalan,
tarbiyachi A harfini an’anaviy usulda o’rgatish mobaynida, bolaga uning qog’ozdan
yoki kartondan yasalgan shaklini ko’rsatadi (statik vosita). Mutimedia vositasida
ko’rsatilganda A harfi kompyuter (monitor) ekranida tebranib, bolalarning diqqatini
o’ziga jalb etadi (dinamik vosita). Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim
vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal
rivojlanayapti. MTTlarda ta’lim- tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi
to’liq ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini
multimedia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham
ta’kidlab o’tish kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus
muassasadan tashqari, har bir MTT tarbiyachilarining o’zlari tayyorlashi mumkin
bo’lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini (DVD-disk) qo’llash mumkin. DVD
video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha afzalliklarga ega. Diskdan
foydalanib, o’rganiladigan materialni bosqichlar bo’yicha to’la, ba’zi hollarda alohida
elementlarini ko’rish mumkin, zarur bo’lganda material qayta namoyish etiladi. DVD
video diskda sxemalar, rasmlar, grafiklar ham joylashtirilgan bo’ladi. Multimedia
texnologiyasining didaktik vositalari ta’limning didaktik talablariga to’la mos keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1. https://saarj.com/wp-content/uploads/paper/ACADEMICIA/2021/FULL-
PDF/ACADEMICIA-OCTOBER-
2021/10.352%2C%20Turdiyev%20Azamat%20Gayratovich.pdf
2. https://caajsr.uz/storage/app/media/volume-1-issue-1.pdf
Dostları ilə paylaş: |