45
4-BOB. ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING MAQSAD VA
VAZIFALARI
4.1.
Ishlab chiqarish jarayonlarining shakllanishi
4.2.
Ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy funksiyalari
4.3.
Korxonani ishlab chiqarish faoliyati
4.4.
Ishlab chiqarish strukturasi
4.1. Ishlab chiqarish jarayonlarining shakllanishi
Ishlab chiqarish jarayoni boshlang‘ich
xomashyo va materiallarning
bosqichma-bosqich iste’mol qilinishga yoki keyinchalik qayta ishlash holatiga,
belgilab qo‘yilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot ko‘rinishiga kelishdir.
Ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarish bilan iste’mol chegarasida tugaydi va
shundan keyin ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sarflanishi boshlanadi.
Iste’mol inson hayotining zururiy shartidir, iste’mol ko‘lami texnik va ijtimoiy
rivojlanish sur’atining o‘sishi bilan ortib boradi. Shu bilan bir qatorda iste’mol
mahsulotlarning assortimenti va miqdor o‘lchamlari cheklangan. Iste’mol
uchun
yaroqsiz bo‘lgan mineral va organiq moddalardan iste’mol mahsulotlari ishlab
chiqarishni tashkil etish zaruriyati tug‘iladi. Shu tariqa moddiy ishlab chiqarish
yo‘lga qo‘yiladi.
Jamiyat ishlab chiqarish jarayonini va uning tashkil etilishini o‘zgartirmay
turib,
mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahvolni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Ishlab chiqarish korxonasi jamiyat rivojlanishining va iqtisodiyotining asosiy
harakatlantiruvchi kuchidir. Korxonaning ichki ishlab chiqarish rejalarini va
faoliyatini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga majbur etish ishlab
chiqarish jarayonining
susayishiga, hatto to‘xtab qolishiga olib keladi. Uni o‘zgartirishiga faqat mashina va
qurilmalarni, jihozlarni, asbob-uskunalarni, texnologiyalarni
almashtirish orqali
erishish mumkin. Ma’lumki, bunday o‘zgartirishlar katta sarf harajatlar qilinishi va
muayyan vaqtni talab etadi.
Ishlab chiqarishni chuqur tahlil qilmay turib, uning tashqi shakli va ish
uslublarini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ishlab chiqarishni
rivojlanish qonunlari bilan
46
taqsimlash tarmoqlari bog‘liq.
Ishlab chiqarish korxonasida asosan tabiat qonunlari ustuvor bo‘lib, ular
belgilagan texnologiyalar bazasida yangi tizimni tashkil etadi.
O‘z navbatida texnologiyalar tabiiy xomashyo, materiallar va energiyaning
kimyoviy, fizik va boshqa xususiyatlaridan foydalana olishga asoslanadi.
Qo‘llanilayotgan texnologiyalar va ishlab chiqarishning tashkil etilishi, dastavval har
bir xol uchun ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etayotgan
tabiat qonunlari va
kuchlariga bog‘liq.
Bu holda jarayon korxonalarda bosqichlar bo‘yicha ishlab chiqiladi va amalga
oshiriladi, masalan; tog‘-kon korxonalarida temir rudasini qazib chiqarish, rudadan
metall eritib olib, undan tayyor mahsulot yasash va h.k.
Moddiy ishlab chiqarish tarkibiga quyidagi asosiy jihatlar kiradi: malakali
tayyorlangan xodimlar; mehnat vositalari (mashinalar,
mexanizmlar, asbob-
uskunalar, inshootlar); mehnat predmetlari (xomashyo, materiallar, tabiiy resurslar);
energiya (elektr, issiqlik, mexaniq, yorug‘lik).
Ishlab chiqarish jarayonining texnik va tashkiliy-iqtisodiy xarakteristkalari
mahsulot turi,
ishlab chiqarish hajmi, qo‘llanilayotgan
texnikalar va
texnologiyalarning turlari, ixtisoslashish darajasi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: