Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti


Ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy funksiyalari



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

4.2. Ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy funksiyalari 
Ishlab chiqarish davomiyligi yaxlit buyum bo‘yicha, shuningdek, uni tashkil 
etuvchi qismlari bo‘yicha belgilanadi. 
Biroq alohida olingan qismlar va detallarni tayyorlash uchun ketgan vaqtlar 
yig‘indisi shu buyumni ishlab chiqarish sikli davomiyligidan ortib ketadi. Bunday 
hol buyumni tashkil etuvchi qismlarning parallel tayyorlanishi evaziga yuz beradi. 
Masalan, tikuvchilik fabrikasida bitta ko‘ylakni tikish ishlari birdaniga bir nechta 
joyda ko‘plab ishchilar tomonidan amalga oshirilib, ularning har biri faqat bir ishni, 
jumladan: ko‘ylak yengini, cho‘ntagini tikish, tugmasini qadash va hokazo ishlarini 
bajaradilar. Bir ko‘ylakni tikish bo‘yicha ishlab chiqarish sikli (uning qismlari talab 
etilishini kutish vaqtlari bilan birga), aytaylik, 8 soatni tashkil qilsa, bitta ko‘ylakni 


47 
ishlab chiqarish siklining davomiyligi 2 soatdan oshmaydi. 
Buyum qismlari bo‘yicha sikl davomiyligini hisobga olish zaruriyati, avvalo 
ishlab chiqarishni tashkil etish va iqtisodiy shart-sharoitlar bilan asoslanadi. 
Birinchidan, yaxlit buyumni tayyorlash uchun uning qismlarini tayyorlash 
davomiyligini bilish zarur, ikkinchidan, rejalashtirishni amalga oshirish ko‘rsatkich 
sifatida ishlatiladi. Uchinchidan, ishlab chiqarish siklining davomiyligi korxona 
iqtisodiyotiga, dastavval aylanma vositalarning aylanma tezligiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Foyda olish uchun mahsulot tayyorlab, uni iste’molchiga sotish kerak. Buning 
uchun asosiy fondlar (binolar, qurilmalar, mashinalar, inshootlar)dan tashqari 
korxona aylanma vositalariga ega bo‘lishi shart bo‘lib, ularga xomashyo, 
materiallar, jamlovchi qismlar, yonilg‘i zahiralari, omborlardagi tayyor mahsulotlar, 
hisob raqamidagi pul mablag‘lari kiradi.
Ko‘rsatilgan korxonalarning teng daromadli bo‘lishiga erishish uchun ularning 
mahsulotlari aylanma mablag‘ aylanmaning tezligiga teskari proporsional bo‘lishi 
shart. 
Kapitalni bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa oqib o‘tish siklining uzoq davom 
etishi tufayli daromadlilikni tarmoqlar bo‘yicha tenglashtirishni har doim ham iloji 
bo‘lavermaydi. Shu boisdan zamonaviy rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni 
ayrim sohalarini, avvalo, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan quvvatlash amaliyoti 
tatbiq etilmoqda. Mahsulotni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan barcha komponentlar 
yetarli miqdorda mavjud bo‘lgan va texnik soz bo‘lgan taqdirdagina korxonaning 
asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalarining faoliyati normal yuritilishi mumkin. 
Ish joylariga materiallar, yonilg‘i, energiya, asbob-uskunalar muntazam 
yetkazib berilishi, qurilmalarning o‘z vaqtida ta’mirlanishi, binolarning 
yig‘ishtirilishi ishlab chiqarishni amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin