Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti


 Boshqaruv ob’yektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

5.1. Boshqaruv ob’yektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon 
sifatida 
 
Jamiyat paydo bo‘lgandan buyon va sivilizatsilashgan darajaga o‘tgandan beri 
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot tizimiga, shu jumladan mahsulotlarni va boshqa 
buyumlarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga tayangan holda rivojlangan. Odamlar 
jamoasidan farqli o‘laroq tabiat ham, texnika ham, ongli jarayonni boshqarish 
bo‘yicha hech qanday ish olib borolmaydi.
Boshqaruv har qanday sohada u qurilish bo‘ladimi, sanoat bo‘ladimi yoki 
qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxona bo‘ladimi muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Demak boshqaruv – bu chuqur tahlilni, ishlanmalarni va ma’lum 
maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yishga qaratilgan, makon va zamonda to‘xtovsiz amalga 
oshiriladigan maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir. Lekin boshqaruv biror narsa yoki 
birov tomonidan boshqarilsagina vujudga keladi. Bu asnoda boshqarish haqidagi 
fan, boshqaruv sub’yekti va ob’yekti tushunchasini kiritadi. 
Boshqaruv sub’yekti - bu jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lib, hukumat 
organlari tomonidan va amaldagi qonunchilik bo‘yicha berilgan vakolatlar bo‘yicha 
ta’sir o‘tkazish imkonitiga ega bo‘ladi.
Boshqaruv ob’yekti – bu boshqaruv sub’yektining ta’sir o‘tkazish (boshqaruv 
ta’siri) ob’yekti bo‘lib, huquqiy va jismoniy shaxslar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, 
ishlab chiqarish va xo‘jalik tizimlari boshqaruv ob’yekti bo‘la oladi. 
Ko‘rib turganingizdek, ikkala holatda ham boshqaruv haqida, bir guruh 
insonlarni boshqaruv vakolatlariga ega bo‘lgan boshqa bir guruh insonlar tomonidan 


51 
boshqarish to‘g‘risida, gap boryapti. Aynan insonlar, ularning ishlab chiqarish 
xo‘jalik va boshqa jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlari boshqaruvning 
predmeti hisoblanadi, ya’ni zamonaviy menejmentning asosidir. Menejment, 
boshqaruv sub’yekti va ob’yektisiz, ham fan sifatida, ham xo‘jalik amaliyotida 
o‘zining mazmuni va mohiyatini yo‘qotadi. 
Yetarlicha katta «armiya» odamlar ishlaydigan qurilish sohasi ham, albatta, 
bu fikr mulohazalardan mustasno emas. Ayniqsa qurilishda boshqa sohalarga 
nisbatan boshqaruv sub’yekti va ob’yekti yaqqolroq gavdalanadi: masterlar yoki 
brigadirlar ishchilarni boshqaradi, prorab yoki katta prorablar brigadirlarni 
boshqaradi, uchastka boshliqlari prorablarni boshqaradi va h.k. Ya’ni qurilish 
boshqaruvi ham butun ijtimoiy ishlab chiqarishda amal qiladigan barcha qonun va 
qoidalarga bo‘ysunadi. Shuning uchun qurilish boshqaruvi ijtimoiy ishlab chiqarish 
boshqaruvining tarkibiy va ajralmas qismi hisoblanadi. 
Boshqarish jarayoni, qaysi darajada bo‘lmasin davriy va bir vaqtning o‘zida 
uzluksiz hisoblanadi. Uzluksizlik bir vaqtning o‘zida va ketma-ket amalga 
oshiriladigan ko‘plab sikllarni bajarishda vujudga keladi. Boshqarish sikli 
maqsadlarni ishlab chiqishdan boshlanadi va ularga erishish bilan yakunlanadi. 
Bunday siklning asosiy bosqichlari quyidagilar hisoblanadi: 
• maqsadlarni rejalashtirish; 
• qabul qilingan qarorlarni yoki maqsadli funksiyalarni tartibga solish; 
• erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash; 
• yangi boshqaruv qarorlarini tanlab olish va belgilab olish. 
Bu hamma sikllar uchun asosiy bo‘lib boshqarish ta’siri hisoblanadi. Aynan 
ta’sir qilish - boshqaruvning asosidir. Ta’sir qilish, ya’ni boshqaruv ta’sirini 
o‘tkazish samarali bo‘lishi uchun quyidagi asosiy shartlarga rioya qilish lozim: 
1. Boshqaruvchi yoki boshqariluvchi tizimlar singari boshqaruv ob’yekti va 
sub’yekti o‘zaro bir-biriga sabab-oqibat munosabatlari orqali bog‘liq bo‘lishi kerak. 
2. Boshqarayotgan tizimda boshqarish maqsadi aniq bo‘lish kerak. 
Boshqarayotgan tizim boshqarish ob’yektining holati haqidagi axborotlarni - 


52 
faoliyat natijalari, muhitning o‘zgarishi kabilarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega 
bo‘lishi kerak.
3. Boshqarish ob’yekti boshqarish ta’sirlarni qabul qila olish, o‘zlashtirish 
va qo‘yilgan vazifani mazmuniga mos ravishda bajara olish qobiliyatiga ega bo‘lish 
kerak. 
Bu shartlarni rioya qilish imkoniyatlarini ko‘proq boshqaruvchanlik 
ta’minlaydi, ya’ni boshqarish tizimining ishonchliligi. Boshqarish ob’yekti qancha 
murakkab bo‘lsa, boshqarish organining qobiliyati shuncha yuqori bo‘lish kerak. 
Agar bog‘liqlik buzilsa boshqaruvchanlik ham pasayadi, ishlab chiqarish tizimi 
boshqarilmaydigan yoki zaif boshqarish bo‘lib qoladi, natijada ishlab chiqarishning 
foydasi ham kamayadi. 
Boshqaruvchanlikni normal holatga keltirish mumkin. Boshqarish normasida, 
odatda, boshqarish samaradorligini ta’minlash sharti bilan bitta rahbar yoki 
boshqaruv organiga bo‘ysunadigan ishlovchilar yoki bo‘linmalar soni belgilanadi. 
Bu qonuniyatlardan bir qator oqibatlar kelib chiqadi. 
1. Oddiy boshqaruv organlari yordamida murakkab ob’yektlarni 
boshqarish mumkin emas. 
2. Boshqaruv samaradorligi boshqarish apparati xodimlari miqdoriga 
bog‘liq bo‘lar ekan, boshqaruv xizmatining optimal miqdoriga erirish lozim. 
3. Ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy tuzilmasida boshqaruv 
darajalarining ratsional tabaqalashuviga erishishi kerak. 
Qurilish boshqa moddiy ishlab chiqarish sohalar kabi dinamik (o‘zgaruvchan) 
va ochiq tizim bo‘lib, tashqi muhit bilan, ya’ni har xil sohadagi korxonalar va 
tashkilotlar bilan yakuniy qurilish tovarlari yaratilishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki 
bilvosita aloqaga kirishuvchi tizimdir. O‘zgaruvchanlik qurilishda bir paytning 
o‘zida funksional va rivojlanish jarayonlarinig borishida namoyon bo‘ladi.
Bu esa o‘z navbatida bir qator qonuniyatlarga rioya etishni talab qiladi. Bular 
qatoriga qo‘yidagilarni kiritsa bo‘ladi: 
a) boshqaruvning ob’yektivligi ya’ni boshqaruv ta’siri insonlarning irodasi 
va tafakkuridan qat’iy nazar namoyon bo‘ladi. 


53 
b) boshqaruvning zaruriyligi – sabab-oqibat munosabatlarining vujudga 
kelishi. Bunda bir hodisaning o‘zgarishi boshqa bir hodisaning o‘zgarishini kelirib 
chiqarishi mumkin yoki keltirib chiqaradi. 
v) Boshqarish jarayonida boshqarish ta’sirining vazifasi. 
g) Boshqarish qonuni, tabiat, jamiyat va ong rivojlanish qonuni bilan 
mosligi. 
Boshqarishning ob’yektiv zarurligi mavqe teoriyasi kabi va xo‘jalik 
amaliyotida ham albatta belgilangan qonuniyatlarni, shartlarni, sub’yekt bilan 
oyu’ekt boshqarishning o‘zaro nisbatlari ramkalar bilan chegaralab 
qo‘yish 
mumkin emas. 
Boshqarish fan sifatida ko‘p jixatlarni o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
• Tashkilot boshqarmasi va ish boshqarmasi. 
• Texnologiya boshqarmasi ya’ni informatsion ta’minlash boshqarmasi va
qarorlarning qabulqilinishi. 
• Kadrlar boshqarmasi metodlari va boshqarish usuli. 
• Ishlab chiqarilayotgan tovar sifatining boshqarmasi. 
• Loyiha tizim boshqarmasi va h.k. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bu jihatlar har bir soha bo‘yicha 
o‘zgarishga uchrashi yoki yechim usullariga ega bo‘lishi mumkin. Va bu tomondan 
qurilishni boshqarish undagi boshqarish maqsad funksiyalari umumjamiyat ishlab 
chiqarishini boshqarishdagilari bilan bir xil bo‘lsada, boshqa sohalardan o‘zining 
ixtisoslashishi va birinchi navbatda ishlab chiqarishni tashkillashtirish va ishlab 
chiqariladigan mahsulot xususiyatlaridan kelib chiqib sezilarli darajada farq qiladi. 
Boshqarish qonuni, tabiat, jamiyat va ong rivojlanish qonuni bilan mosligini 
quyidagi sxema tarzida ko‘rish mumkin. 


54 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin