55
Gap shundaki, bu maqsaddan tashqari ishchilarga ish haqi to‘lash, qurilish
materiallari va qurilmalar harajatlarini to‘lash, soliqlarni to‘lash, qurilishning yuqori
sifatini ta’minlash va boshqa shu kabi masalalar ham hal qilinadi. Shuning uchun
qurilishda boshqarish ko‘p maqsadli xususiyatga ega bo‘ladi.
Har bir maqsadga ma’lum talablar qo‘yiladi, ularga
quyidagilarni kiritish
mumkin:
• Maqsadning ilmiy va amaliy asoslanganligi;
• Maqsadning aniqlanganligi, ifodalanganligi va yo‘naltirilganligi;
• Amalga oshirish imkoniyatlari va sharoitlarini hisobga olinishi, ya’ni
qo‘yilgan maqsad amalga oshiriligi darajasi.
Amaliyotda qo‘yilgan maqsad uni bajarish usullari sifatida namoyon
bo‘ladigan masalalar bilan aniqlashtiriladi. Shuning uchun boshqaruv yechimlarini
aniqlashda maqsad
va masalalar yonma-yon keladi, bir birini to‘ldiradi. O‘z
mohiyatiga ko‘ra esa masala (masalalar) – bu yechilishi kerak bo‘lgan masalalar,
shuningdek bu yechim uchun zarur bo‘lgan sharoitlar to‘plamidir.
Qurilishda boshqarishning asosiy masalalari quyidagilar:
• ilmiy-texnik progressni tezlashtirish va ishlab chiqarishga mahalliy va
xorijiy qurilish amaliyotining zamonaviy yutuqlarini tadbiq qilish;
• mashina texnikasi va zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llash va shu
asosda qurilishda qo‘l mehnati hissasini qisqartirish;
• qurilayotgan binolar industrial darajasini oshirish, ular sifatini oshirish va
qurilish muddatlarini qisqartirish;
• resurslar tejamkorligini ta’minlash va har qanday yo‘qotish
va noishlab
chiqarish harajatlarini kamaytirish;
• kapital qurilishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash.
Boshqarish maqsad va masalalardan uning vazifalarini farqlash kerak.
Boshqarish vazifalari boshqarish mexnizmining taqsimlanishi jarayonidagi
boshqarish faoliyati turlaridan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, boshqarish,
tizim sifatida, faqat boshqarish vazifalari bajarilgan holdagina muvaffaqiyatli amal
qiladi.
56
Ilmiy tasniflashga muvofiq qurilishdagi boshqarish
vazifalariga quyidagilar
kiradi:
1. Rejalashtirish qurilish ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadi va
masalalari tizimini aniqlab olish;
2. Prognozlashtirish - qurilish amal faoliyati va rivojlanishning ehtimoliy
maqsadlarini aniqlash;
3. Tartiblash - qurilish sanoati korxonalari va tashkilotlari faoliyatidagi
chetlanishlarni yo‘qotish jarayoni;
4. Tashkillashtirish – boshqaruvchi va boshqariluvchi
tizim elementlarini
asoslash va tanlab olish, shuningdek ular orasida mutanosiblikni o‘rnatish;
5. Nazorat – faoliyatning joriy ko‘rsatkichlari va o‘rganilgan masala va
dasturlarning mos kelish darajasini aniqlash;
6. Hisob va tahlil – ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash,
shuningdek, xulosalar chiqarish va ishlab chiqarish tizimi faoliyatini baholash.
7. Ijobiy yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash.
Yuqoridagi umumiy vazifalardan tashqari qurilishda ishlab chiqarish sikllari,
qurilish jarayonlari, yo‘nalganligi – faoliyat ko‘rsatish va perspektiv rivojlanishga
qaratilgan, aloqalar – ichki va tashqi va boshqa qurilishni
boshqarishning maxsus
funksiyalari umumiylarini to‘ldiradi va rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: