Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti


fondlarining o‘rtacha yillik qiymati



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

fondlarining o‘rtacha yillik qiymati (F
sr
) belgilanib, u quyidagi formula asosida 
aniqlanadi:
12
2
1
Т
Ф
Т
Ф
Ф
Ф
в
п
н
ср

+
=
;
bu yerda: 
F
n 
– asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati; 
F
p
– yil davomida kelib tushgan (foydalanishga topshirilgan) asosiy ishlab 
chiqarish fondlari qiymati; 
F
v
– yil davomida ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo‘q qilingan) asosiy 
fondlar qiymati; 
T
1
- foydalanishga topshiriluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari amalda 
bO‘luvchi o‘rtacha muddati (oylarda), qabul qilingandan keyingi oydan boshlab; 
T
2 
– ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo‘q qilingan) asosiy ishlab chiqarish 
fondlari foydalanilmaydigan O‘rtacha muddat (oylar) chiqarilgan oydan to yil 
oxirigacha). 
Qurilish korxonasida asosiy vositalarni boshlang‘ich yoki tiklanish qiymati 
bo‘yicha baholashdan tashqari eskirish summasi ham hisobga olinadi. Asosiy ishlab 
chiqarish fondlarining jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin. 
Qurilish korxonasi asosiy ishlab chiqarish fondlarini qayta ishlab chiqarish, 
ya’ni jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy fondlarning o‘rnini iqtisodiy 
to‘ldirish uchun korxona bu vositalar qiymatidan amortizatsiya ajratmalarni ayirib 
tashlaydi hamda bu ajratmalar keyinchalik xarajatlar sifatida mahsulot tannarxiga 
kiritiladi. 
6.3. Qurilish materiallari korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan 
foydalanish va ularning korxona faoliyatidagi ta’siri 
Hozirgi bozor sharoitlarida korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan 
asosiy fondlar ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga 


80 
faol ravishda ta’sir ko‘rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun xalq xo‘jaligi miqyosida 
asosiy fondlar mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi. 
Asosiy fondlar - korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab 
chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o‘zining natural-moddiy holatini 
yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o‘tkazib 
beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga O‘tkazish jarayoni 
amortzitsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag‘lar esa amortizatsiya 
ajratmalari deb ataladi. 
Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o‘z mohiyatiga 
ko‘ra, korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashkil qilib, ularning tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
-ishlab chiqarish binolari va inshoatlari; 
-uzatish qurilmalari; 
-quvvat mashinalari va uskunalari; 
-ishchi mashinalar va uskunalar; 
-transport vositalari; 
-o‘lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari; 
-foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab 
qo‘yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha 
mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin