83
Korxona asosiy fondlarining turlar bo‘yicha tuzilmasi, ko‘p jihatdan kapital
qo‘yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va
qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish
bilan avvaldan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Asosiy fondlarning turlar bo‘yicha
tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiya qilish darajasi ham
katta ta’sir o‘tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda
va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o‘rta
korxonalarga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar
harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo‘lib, natijada ishlab
chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.
Korxona faoliyatiga
ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy fondlarning yoshi,
birinchi o‘rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi katta ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo‘yicha guruhlashda taxminan
quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan
15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va
uskunalarning ekspluatatsiya muddati qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning ishlab
chiqarish quvvatlari shunchalik past bo‘ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib
qolish va talofatlar ko‘payadi hamda aksincha. Bundan tashqari, korxona asbob-
uskunalaridan uzoq vaqt mobaynida foydalanilganida ta’mirlash uchun ham ko‘p
xarajatlar sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: