7
strategiyasida bino-inshootlar, yangi sanoat ob’yektlarini barpo etish, temir yo‘l va
avtomobil, turar-joylar qurishni jaddalashtirish bo‘yicha qurilish sanoatiga
iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch – lokomotivi sifatida alohida urg‘u
berilgan
[1]
.
Turar joy majmualarini, ijtimoiy soha va muhandislik infratuzilma
ob’yektlarini qurish va kapital rekonstruksiya qilish, shuningdek, sanoatning
bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha
investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli
ishlar natijasida qurilish ishlari hajmi 2018 yil bilan taqqoslaganda 19,0 foizga o‘sdi.
Qurilish tarmog‘ining YaIM o‘sishidagi ijobiy hissasi 1,0 foiz bandni tashkil qildi.
Shuningdek, uning YaIMdagi ulushi ham 2017 yildagi 5,7%dan 2019 yilda 6,4%ga
yetdi (1.1-rasm). Mazkur holatni ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda
ham kuzatish mumkin (1.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: