Korxonaning asosiy jihatlari.
Qurilish sanoati korxonalarining quyidagi asosiy jihatlari mavjud:
Ishlab-chiqarish va texnik jihatdan yagonaligi - tayyorlanadigan mahsulot va
ishlab chiqarish jarayonlarining umumiyligi bilan belgilanadi.
17
Mazkur holat korxonaning barcha bo‘linmalarining o‘zaro bog‘liqligi va teng
nisbatga ega ekanligi bilan belgilanadi. Korxonalarning ishlab chiqarish va texnik
jihatdan yagonaligini belgilovchi asosiy omil – uning tarkibida umumiy, xizmat
ko‘rsatuvchi va asosiy ishlab chiqarishning, kadrlarning turli kasbiy tarkibining
hamda xomashyo, material va yarimtayyor mahsulotlarning mavjudligidadir.
Iqtisodiy jihatdan yagonaligi – korxonaning barcha bo‘linmalari yagona
ishlab chiqarish rejasi asosida harakatlanishi, umumiy moddiy, texnik va moliyaviy
resurslarga, umumiy hisob raqami, tugallangan hisobga olish va hisobot topshirish
tizimiga, korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining umumiy iqtisodiy
natijalariga – daromadga, rentabellik, banklar va iste’molchilar bilan umumiy
moliyaviy munosabatlarga ega ekanligi bilan belgilanadi.
Tashkiliy jihatdan yagonaligi – shaxsiy va ishlab chiqarish qiziqishlariga
ko‘ra
birlashgan,
yagona
ma’muriy-texnik rahbariyat va boshqaruvga
bo‘ysunadigan insonlar jamoasidan iboratligi bilan ta’minlanadi. Korxona yagona
rahbar tomonidan boshqariladi, jamoatchilik tashkilotlari va mehnat jamoasi ishlab
chiqarish va texnik masalalarni hal etishda qatnashadilar.
1.3 . Korxona faoliyatining omillari
To‘liq mustaqil faoliyat yuritish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
korxona o‘zining faoliyatini mustaqil amalga oshiradi. Korxonaning o‘zi tashkiliy-
huquqiy shaklni, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va assortimentini, hamkorlik
qiladigan kontragentlarini, mehnatga haq to‘lash, narh-navoni belgilash, olingan
daromadni taqsimlash masalalarini hal qiladi. Korxona tomonidan ishlab chiqarish,
ijtimoiy faoliyatini amalga oshirish va ish haqi to‘lash jamoa tomonidan ishlab
topilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Mahsulotlarni sotishdan olingan
mablag‘lar hisobiga korxona moddiy harajatlarini qoplaydi. Bunda daromad yoki
foyda korxona xo‘jalik faoliyatining umumlashtirilgan ko‘rsatkichi bo‘lib
hisoblanadi. Foyda yoki daromad ikki qismga bo‘linadi.
18
Birinchi qism mehnat jamoasi tomonidan budjet, bank va boshqa tashkilotlar
oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun ishlatiladi. Ikkinchi qismi korxonaning
faoliyat yuritishida foydalaniladi, mehnatga haq to‘lash uchun turli fondlar tashkil
etiladi, ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladigan fondlar va zahira fondlari
yaratiladi. Demak, jamoa qanchalik yaxshi ishlasa, korxona ko‘proq daromad oladi,
korxona ishchilarining ham turmush farovonligi ortadi.
Qonuniylik va to‘liq ma’suliyat tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
korxona mustaqil faoliyat yuritish asnosida o‘zining xo‘jalik faoliyati natijalari
uchun to‘liq moddiy javobgarlikka ega bo‘ladi. Korxona qonunchilik tomonidan
ko‘zda tutilgan shartnoma, kredit, soliq majburiyatlari va boshqa turdagi
qoidalarning buzilishi uchun javob beradi. Korxona o‘z tashabbusi bilan barcha
qarorlarni qabul qilish huquqiga ega, agar mazkur qarorlar mavjud qonunchilikka
zid kelmasa. Korxona davlat standartlari va qurilish me’yorlari talablariga mos
tarzda ma’lum sifatga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishi lozim. Korxona
fuqarolar huquqlarini bajarishga, qabul qilingan majburiyatlarni bajarishga, ishlab
chiqarish va mehnat intizomini ta’minrlashga to‘liq ma’suldir. Korxona faoliyati
boshqa korxona va tashkilotlarning me’yorda ko‘zda tutilgan ish sharoitlariga va
fuqarolar hayot sharoitiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasligi lozim.
O‘z-o‘zini boshqarish tamoyili – mehnat jamoasi yoki korxona rahbari
tomonidan barcha asosiy ishlab chiqarish, texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga
doir masalalarni mustaqil yechishni ko‘zda tutadi. Har bir ishchi, korxona mulkdori
hayotining farovonligi, korxona oladigan daromad darajasi qabul qilingan
qarorlarning to‘g‘riligi, asoslanganligi va o‘z vaqtida amalga oshirishiga to‘g‘ridan
to‘g‘ri bog‘liq
Texnologik maxsuslashganlik turli texnologik jarayonlarda turli mahsulot
(buyum, konstruksiya) ishlab chiqarilib, maxsuslashganlikning bunday turi turli
beton qorishmalari ishlab chiqarish, sun’iy yengil to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish va
hokazolarga xosdir.
19
Mahsulot turiga ko‘ra korxonalarning maxsuslashganligi buyumli va
predmetli maxsuslashganliklarga bo‘linadi.
Buyumli maxsuslashganlikda turli xil texnologik jarayonlar mavjudligida
belgilangan alohida tur buyumlari keng ko‘lamda ishlab chiqarilishi tushuniladi.
Bunday tur maxsuslashganlik asbosement, yog‘och qayta ishlash, yig‘ma temir-
beton korxonalariga ko‘proq xos, chunki bu korxonalar alohida detall, yarim tayyor
mahsulot, materiallar ishlab chiqarishga maxsuslashgan (masalan, mineral plitalar,
alohida tur duradgorlik mahsulotlari).
Predmetli maxsuslashganlik, yagona tip binolarni yig‘ish imkonini beradigan
komplekt mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga xos. Bunda bu korxonalar
ichida texnologik yoki buyumli maxsuslashganlikka asoslashgan alohida sex yoki
bo‘limlar mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, predmetli maxsuslashganlikga uy-joy
qurilish kombinatlari kiradi. Bu korxona mahsulotlari turli binolarni yig‘ish
imkonini beradi. Buyumli maxsuslashganlikni predmetli maxsuslashganlikdan farqi
shundaki, buyumli maxsuslashgan korxonalar keng miqdorda belgilanmagan
haridorga mahsulot chiqaradi, predmetli maxsuslashgan korxonalar esa ma’lum bir
ob’yektni yig‘ish uchun to‘plam mahsulotlar turlarini ishlab chiqaradi.
Kombinatlashganlik
deb,
texnologik
jarayonlarning
xomashyo
va
chiqindilarning umumiyligiga hamda hududiy yaqinlikka ega bo‘lgan mahsulot
ishlab chiqarishni birlashtirilishiga aytiladi. Birlashish harakteriga qarab, qurilish
materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarishda kombinatlashganlik
asosan uchta ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: xomashyoni ketma-ket qayta ishlash
bo‘yicha, ishlab chiqilgan chiqindilarni qo‘llash bo‘yicha va xomashyoni kompleks
qayta ishlash bo‘yicha.
Xomashyoni ketma-ket qayta ishlash bo‘yicha kombinatlashganlik asosan
uysozlik kombinatlariga, zavod qurish kombinatlari va qishloq qurish
kombinatlariga xos. Bu birlashmalar tarkibida yarim tayyor mahsulot ishlab
chiqarish, buyum va konstruksiya ishlab chiqarish, qurilish montaj va ishlab
chiqarish ta’minot korxonalari mavjud.
20
Chiqindilarni qo‘llash bo‘yicha kooperatsiyalashganlikda bir korxonadagi
ishlab chiqarish chiqindilarini xomashyo sifatida qo‘llanilib tayyor mahsulot ishlab
chiqarish asosida birlashadilar. Masalan, metallurgiya kombinatlarining asosi ishlab
chiqarishi metall prokati bo‘lsa, ishlab chiqarish natijasida chiqindi – shlak hosil
bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pgina metallurgiya kombinatlari ichida shlak asosida
mahsulot (sement, shlak to‘ldiruvchi, pemza, mineral paxta va h.k. ) ishlab
chiqaruvchilar mavjud.
Xomashyoni kompleks qayta ishlash bo‘yicha kombinatlashganlik qurilish
materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarishda keng tarqalgan.
Masalan, yog‘ochni qayta ishlash kombinatlarida, yog‘och kesish, duradgorlik
mahsulotlari, mebelsozlik, faner, va dsp ishlab chiqarish korxonalari mavjud.
Ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra qurilish korxonalari ishlab chiqarish darajasiga
qarab, mayda, o‘rta va yirik korxonalarga bo‘linadilar. Masalan, yig‘ma beton va
temir-beton buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishda yiliga 50 ming m
3
dan
ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish korxonalari yirik hisoblanadi. O‘rta korxonalarga
20-50 ming m
3
, kichik korxonalarga 20 ming m
3
dan oz mahsulot ishlab chiqaruvchi
korxonalar kiradi.
Konsentratsiya harakteriga qarab korxonalar bir yagona sistemaga, yirik
mexanizatsiyalashgan va avtomatazatsiyalashgan ishlab chiqarishni tashkil etilishi
asosiga ko‘ra saralanadi.
Texnologik va agregat konsentratsiya, qismli yoki predmetli maxsuslashganli,
bir turli ishlab chiqarishga ega bo‘lgan korxona yoki texnologik bo‘linmalarning
quvvatini oshirilishi. Ishlab chiqarishning texnologik konsentratsiyalanishi
maxsuslashganlikni va xususan samaradorlikni oshirilishiga asos bo‘ladi.
Tashkiliy – xo‘jalik konsentratsiya, kooperatsiyalanish va kombinatlashganlik
bazasida, ularni texnik qayta qurollanish asosida, markaziy boshqaruvga ega bo‘lgan
ishlab chiqarish birlashmalarni tuzilishi. Bularga yirik ilmiy ishlab chiqarish
birlashmalari misol bo‘la oladi.
21
Faoliyat turiga qarab korxonalar ko‘chmas va harakatlanuvchi bo‘ladi.
Ko‘chmas korxonalar asosan katta quvvatga ega bo‘lib yirik iqtisodiy hududlarda
faoliyat ko‘rstadilar.
Dostları ilə paylaş: |