Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Korxonaning faoliyat yuritish tamoyillarini ko‘rsatib bering.
2. Qurilish kompleksining yuqori rivojlangan moddiy texnik bazasi nechta
bo‘limdan iborat?
3. Qurilish materiallari sanoatining tarmoq tarkibi nimalarni tashkil etadi?
4. Samaraning samaradorlikdan farqi nimada?
5. Korxonalar qanday sinflarga bo‘linadi?
6. Qurilish sanoati korxonalari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha qanday turlarga
bo‘linadi?
29
2-BOB. QURILISH MATERIALLARI KORXONALARI IQTISODIYOTINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA JIHATLARI 2.1. Qurilish materiallari va konstruksiyalari sanoati tarmoqlarining sinflarga bo‘linishi. 2.2. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan va foydalaniladigan asosiy turdagi qurilish materiallarining zamonaviy holatining tahlili. 2.3. Qurilish materiallari sanoatining rivojlanish sharoitlari, qurilish materiallari bozorini rivojlanishni tahlil qilish. 2.1. Qurilish materiallari va konstruksiyalari sanoati tarmoqlarining sinflarga bo‘linishi Iqtisodiy vazifasiga ko‘ra qurilish materiallari sanoati “A” toifadagi vositalar
ishlab chiqarishiga mansub va og‘ir sanoatning sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Sohalar bir nechta tarmoqlarga bo‘linadi. Qurilish mayeriallari sanoati tarkibiga bir
nechta ishlab chiqarish turlari kiradi:
- sement;
- asbestosementli mahsulotlar;
- yumshoq, to‘shama va suvdan himoya materiallari;
- devor materiallari;
- qurilish keramikasi;
- polimer xomashyosidan tayyorlangan qurilish materiallari va buyumlari;
- norudaviy qurilish materiallari;
- tabiiy toshdan qurilish va bezak materiallarini tayyorlash va ularga ishlov
berish;
- g‘ovakli to‘ldiruvchilar;
- ohak, gips va mahalliy bog‘lovchi materiallar;
- issiqlikdan himoya materiallari;
- asbestli;
- nometall rudasidan;
- shisha;
30
- sanitar-texnik jihozlar tayyorlash korxonalari shular jumlasidandir.