Korxonalarni sinflarga bo‘linishi.
Korxonalar faoliyat yuritish sharoitlari, maqsad va tavsiflariga ko‘ra turlicha
bo‘ladi. Korxona faoliyatini chuqurroq o‘rganish uchun korxonalar turli
ko‘rsatkichlarga ko‘ra sinflarga ajratiladi.
Korxonaning muhim tavsiflaridan biri uning avvalambor ishchilar soni bilan
belgilanadigan o‘lchamlaridir. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha korxonalar: - tarkibida 50
nafar ishchisi bo‘lgan korxonalar – mayda, 50 dan 500 nafargacha ishchisi bo‘lgan
korxonalar – o‘rtacha, 500 nafardan ortiq ishchisi bo‘lgan korxonalar – yirik, 1000
nafardan ortiq ishchisi bo‘lgan korxonalar – o‘ta yirik korxonalar sirasiga kiradi.
25
Korxona o‘lchamlarini ishchilar soniga ko‘ra aniqlash boshqa tavsiflar – ishlab
chiqarish, oldi-sotdilar, korxona aktivlari hajmini aniqlash bilan to‘ldirilishi
mumkin. Korxonalar o‘lchamlari ularning qaysi tarmoqqa mansubligi bilan bevosita
bog‘liq. Masalan, metallurgiya va mashinasozlik korxonalari yirik va o‘ta yirik
korxonalar sirasiga kiradi. Yengil, oziq-ovqat, neft qazib chiqarish sanoati
korxonalari – asosan o‘rtacha kattalikdagi korxonalar, yog‘ochni qayta ishlash,
tikuvchilik, savdo sanoati korxonalari – o‘rtacha va kichik korxonalarga mansub.
Iqtisodda yirik korxonalar yetakchi rol o‘ynaydi. Rossiya iqtisodiyoti hozircha
mayda va o‘rta biznesning past ulushi bilan tavsiflanadi.
Kichik korxonalarning yaratilishi bozor munosabatlarining rivojlanishi, tovar
ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini paydo bo‘lishi hamda iqtisodiy
muhit shakllanishining zaruriy sharoiti bo‘lib hisoblanadi. kichik korxoanalar
iste’molchilar talablarining o‘zgarishiga tezkor tarzda munosabat bildirish
qobiliyatiga ega, ular texnologik yangiliklarni tez o‘zlashtira oladilar. Dunyoning
nisbatan rivojlangan mamlakatlarida kichik korxonalar faoiyatiga ishchi
o‘rinlarining 50-70% ga o‘sishi bevosita bog‘liqdir.
2017-2021 yillar davrida iste’molchilar sonini o‘sishi, investitsiyalar
tarkibidagi o‘zgarishlar, mahsulotning raqobatbardoshligini hamda mehnat
unumdorligining ortishi, texnologiya va uskunalarning yangilashi tufayli kichik va
o‘rta xususiy korxonalar sonining ortishi kutilmoqda. Sanoat va qurilish sohasida
ishlab chiqariladigan mahsulotlarning ko‘payishiga mazkur sohalarni davlat va
hukumat tomonidan har tomonlama qo‘llab quvvatlanishi vositasida erishish
mumkin.
Kichik va o‘rta xususiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashning ustuvor
yo‘nalishlari quyidagilardir:
- raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ishlab chiqarish
faoliyati;
- qurilish va bezak materiallarini ishlab chiqarish;
- oziq-ovqat mahsulotlari, xalq iste’moli hamda bolalar uchun mo‘ljallangan
tovarlarni ishlab chiqarish;
26
- qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash va b.
Qurilish sanoati korxonalari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha quyidagi turlarga
bo‘linadi:
Sohalar turiga qarab, ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra sinflarga bo‘linish ham
turlichadir. Masalan, yig‘ma beton va temirbeton buyumlari va mahsulotlari ishlab
chiqarishda yirik korxonalarga yillik ishlab chiqarish quvvati 50 ming m
3
, o‘rtacha
korxonalarga – 20 mingdan 50 ming m
3
, kichik korxonalarga esa yillik ishlab
chiqarish quvvati – 20 ming m3 gacha bo‘lgan korxonalar mansub.
Mulkchilik shakliga ko‘ra xususiy, davlat, munitsipalitet (oʻzini-oʻzi idora
qiluvchi jamoa), kooperativ (sheriklik, hamkorlik) va boshqa korxonalar mavjud.
Moliyaning mansubligiga ko‘ra milliy, xorijiy va qo‘shma korxonalar
mavjud. Milliy korxonalarga mablag‘i o‘z mamlakatidagi tadbirkorlarga tegishli
korxonalar kiradi. Xorijiy korxonalarga mablag‘i xorijliklarga tegishli bo‘lgan
hamda to‘liq yoki qisman xorijiy talbirkorlar tomonidan nazorat qilinadigan
korxonalar kiradi.
Xorijiy kompaniyalarni tashkil etish va ularning faoliyati har bir mamlakat
qonunchiligi bilan belgilanadi, mazkur qonunlarda kompaniyalarning ro‘yhatdan
o‘tishi, ularning huquqiy jihatlari, ularga solinadigan soliq miqdori, mazkur
mamlakatning mehnat qonunchiligiga bo‘ysunishi va h.k. keltiriladi. Xorijiy
korxonalar aksionerlik jamiyati yaratish yoki mahalliy firmalarning aksiyalari
paketlarini sotib olish orqali amalga oshiriladi, bu holda mablag‘ xorijiy tadbirkorlar
tomonidan nazorat qilinadi. Xorijiy kompaniyalar, odatda, tashkil qilingan
mamlakatda mavjud xorijiy bosh kompaniyalarning filiallari sifatida ro‘yhatdan
o‘tkaziladi. Mablag‘lari bo‘yicha aralash deb, mablag‘i ikki va undan ortiq
yirik
oʻrta
kichik
27
mamlakatlar tadbirkorlariga tegishli bo‘lgan korxonalarga ataladi. Mablag‘lari
aralash kompaniya uning muassislaridan biri joylashgan mamlakatda ro‘yhatdan
mavjud qonunchilikda ko‘zda tutilgan qoidalarga asoslanib o‘tkaziladi, bunda
korxonaning shtab-kvartirasi joylashgan joyi belgilovchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Mablag‘lari bo‘yicha aralash korxonalarni qo‘shma tadbirkorlik faoiyatini amalga
oshirish maqsadida tashkil etiladi va ular qo‘shma korxonalar deb ataladi. Mablag‘i
bir nechta mamlakatlar tadbirkorlariga tegishli bo‘lgan korxonalar ko‘p millatli
korxonalar deb ataladi.
Korxonalar ishlab chiqariladigan mahsuloti turi va ixtisosligi bo‘yicha
sinflarga ajratiladi. Ixtisoslashuv – ishlab chiqarishdagi jamoatchilik mehnatini
bo‘linishini tashkil etishning shakllaridan biridir. Qurilish mahsulotlari va
konstruksiyalarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuvning
uchta turi mavjud: detalli, predmetli va texnologik.
Detalli ixtisoslashuv korxonada alohida tayyor mahsulotlar, materiallarni
ommaviy tarzda ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. Mazkur ixtisoslik sohalarni mos
ravishda bog‘lovchi, devor, temirbeton va boshqa materiallar, buyumlar va
konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalarga bo‘linishini ta’minlaydi.
Predmetli ixtisoslashuv - namunaviy bino va inshootlarni barpo etishda
ishlatiladigan mahsulotlar komplektlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga xos.
Predmetli ixtisoslashuv uy qurish, qishloq qurilishi kombinatlari uchun xos bo‘lib,
ular turar joy binolari, ishlab chiqarish sexlari, qishloq xo‘jaligi inshootlarini montaj
qilishda qo‘llaniladigan buyumlar komplektlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, predmetli ixtisolashuvga ega korxonalar
ichidagi texnologik liniyalar detalli ixtisoslashuvga ega.
Texnologik ixtisoslashuv - ma’lum texnologik bosqichlarni mustaqil ishlab
chiqarishga tadbiq etishdan iborat. Masalan, tovar betoni, armatura elementlari
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlar shular jumlasidandir.
Faoliyat yuritish turiga ko‘ra statsionar (turg‘un) va ko‘chma korxonalar
farqlanadi.
28
Ko‘chma korxonalar – qurilish-montaj tashkilotlarining manevroioigini
oshirish maqsadida qo‘llaniladi.
Korxonalar tashkiliy- huquqiy shakllariga ko‘ra sinflarga ajratiladi. Rossiya
Federatsiyasi Fuqarolari Kodeksiga asosan, tijorat tashkilotlari yuridik shaxslar
tomonidan faqatgina quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilishi mumkin:
o‘rtoqlik xo‘jaliklari, jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat va
munitsipal unitar korxonalari.
Dostları ilə paylaş: |