15
Maxsuslashganlik tavsifiga ko‘ra korxonalar ishlab chiqarish texnologiyasiga,
chiqarayotgan mahsulot turiga, bir birlashmada turli ishlab chiqarishlarning
kooperatsiyalashganligi va kombinatlashganligiga qarab saralanadi.
Rivojlangan bozor iqtisodida uchta xo‘jalik yurituvchi sub’yekt: uy sharoitida
ishlab chiqarish, korxona va davlat birga faoliyat
yuritadi va ular jamoaviy
tadbirkorlik bilan shug‘ullanadilar. Jamoatchilik mablag‘i (mulki)ning asosiy
qismini o‘zida jamlagan asosiy xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar –
korxonalardir.
Korxona deganda jamoatchilik ehtiyojlarini qondirish va daromad olish
maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun
mavjud qonunchilik asosida yaratilgan mustaqil xo‘jalik faoliyatini yurituvchi
sub’yekt tushuniladi. Aynan korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayoni kechadi,
ishchining ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita aloqasi o‘rnatiladi.
Korxona
ishchi o‘rinlarini taqdim etadi, oylik ish haqi to‘laydi va soliqlar to‘lash orqali davlat
ijtimoiy dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevraldagi PQ-4198-sonli
va 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-sonli Qarorlari qurilish materiallari sanoatini
rivojlantirish istiqbollari va strategiyasini belgilab berdi.
Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ayni kunda yurtimizda 10 mingga yaqin
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritmoqda. O‘tgan
yillarda 120 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda
ularning soni 180 tadan oshadi.
Soha bo‘yicha 2016 yilda 6 trln. 831 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan,
2019 yilda esa bu ko‘rsatkich 16,8 trln so‘mga yetkazildi.
Ta’kidlash joiz, qurilish sohasida xususan, qurilish
materiallarini ishlab
chiqarishga investitsiyalarni keng jalb etish orqali mahsulot turlarini ko‘paytirish va
sifatni oshirishga, eng muhimi bugungi kundagi ustuvor vazifa aholini ish bilan
ta’minlash kabi vazifalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2016 yilda 360 mln dollar
investitsiya sohaga jalb qilingan bo‘lsa, o‘tgan 2019 yilda ushbu ko‘rsatkich 1 mlrd
332 mln dollarga yetkazildi. Uning 680,4 mln dollari xorijiy investitsiya va kreditlar
hisobiga to‘g‘ri keladi.
16
Olib borilayotgan ishlar va kiritilayotgan investitsiyalar mahsulot sifatini
oshirish orqali sohaning eksport salohiyatini ham oshirmoqda.
Bugunga kelib
keramik plitkalar, santexkeramika mahsulotlari, gulqog‘oz, quruq qurilish
aralashmalari, pishgan g‘isht, tabiiy toshdan
yasalgan pardozbop plitalar, ohak,
polipropilen quvurlar, deraza oynasi, fitinglar kabi qurilish materiallarini eksport
qilmoqda. 2016 yilda 55,3 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilingan bo‘lsa, 2019
yilda 2,3 barobar ko‘p qurilish materiallari jahon bozoriga chiqarildi.
Ta’kidlash joiz, Respublikada oxirgi 3,5 yilda
amalga oshirilgan loyihalar
natijasida, bugungi kunda keramik plitka, gipsokarton, shifer, sement, ohak, bazalt
armaturasi, temir-beton mahsulotlari, bezakli oyna, devorbop va noruda materiallar
kabi asosiy turdagi qurilish materiallari bo‘yicha ichki talabni to‘liq qoplash va
eksportga ushbu mahsulotlarni sotish imkoniga ega bo‘lgan ishlab chiqarish
quvvatlari yaratilgan. Birgina 2016 yilning o‘zida umumiy qiymati 153,2 mln dollar
bo‘lgan jami 21 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 42 taga
yetkazildi. Hududlarda qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish borasida
ham bir qator ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, 2019 yilda jami 757 ta investitsiya
loyihalari foydalanishga topshirildi.
Qurilishning asosi bo‘lgan sement mahsulotini ishlab chiqarish borasida ham
tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda mamlakatimizda sement ishlab
chiqarishga ixtisoslashtirilgan 29 ta korxona bo‘lib,
ularning yillik quvvati yil
oxiriga qadar 20 mln. tonnani tashkil qiladi. Bunda “Qizilqumsement”,
“Ohangaronsement”, “Quvasoysement”, “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatlari
singari yirik ishlab chiqaruvchilarning hissasi katta. 2020-2021 yillarda yana 10 dan
ortiq yangi sement zavodlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur korxonalar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo,
Surxondaryo, Toshkent,
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: